Avtomobil yo'llarini qurish va tamirlash ishlarida tannarxning pasaytirishning asosiy yo'llari


Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda ishlar tannarxini pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari


Download 39.87 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi39.87 Kb.
#1500152
1   2   3   4   5
Bog'liq
AVTOMOBIL YO\'LLARINI QURISH VA TAMIRLASH ISHLARIDA TANNARXNING PASAYTIRISHNING ASOSIY YO\'LLARI

3.Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlashda ishlar tannarxini pasaytirishning asosiy yo‘nalishlari
Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash qiymatini pasaytirish rejalashtirish, loyihalashtirish, qurilish materiallari ishlab chiqarish va qurilish-montaj ishlarini yaxshiroq bajarish hisobiga erishiladi.
Smeta qiymatini pasaytirishga quyidagilar hisobiga erishiladi:
-rejalashtirish bosqichida - qurilishning ishlab chiqarish bazasini hudud bo‘yicha rasional joylashtirish va ishlab chiqarish quvvatlarini optimal belgilab olish, ishlab chiqarishni konsentrasiyalashtirish, ishlab chiqarishning bo‘limlarini bir maromda ishlashini ta’minlash;
-loyihalashtirishda - hajmiy-rejaviy va konstruktiv jihatdan eng maqsadga muvofiq yechimlarni tanlash.
Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash ishlarining tannarxini pasaytirishni ta’minlovchilar:
-rejalashtiruvchi organlar - qurilishni rasional joylashtirish va konsentrasiyalashtirish; qurilish ob’yektlarini rasional tanlash; qurilishning muddatlari va moliyalashtirishni yillar bo‘yicha optimal taqsimlanishini belgilash orqali;
-yo‘l quruvchi va yo‘l ta’mirlovchi tashkilotlar – samaraliroq ishlab chiqarish faoliyati hisobiga ishlarning tannarxini pasaytirish orqali amalga oshiradilar.
Qurilish-montaj ishlari tannarxini rejalashtirishning asosiy vazifalari ishlar tannarxini pasaytirishning mavjud bo‘lgan real imkoniyatlarini izlab topish, yo‘l qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlariga tannarxni pasaytirish bo‘yicha to‘g‘ri topshiriqlarni to‘g‘ri belgilash va bu topshiriqlarni bajarishning konkret yo‘llarini aniqlashdan iborat.
Tannarxni pasaytirish bo‘yicha topshiriqlar foyda rejasiga muvofiq ravishda bevosita qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. Tannarxni pasaytirish bo‘yicha topshiriqlarning real bo‘lishligi va imkoniyat darajasidan past bo‘lmasligi uchun uni qurilish tashkilotiga rejalashtirilgan yil uchun belgilangan boshqa topshiriqlar, ishga tushiriladagan qurilish ob’yektlari, ishlari hajmi va mehnat unumdorligini ko‘tarish bo‘yicha qo‘yilgan topshiriqlar bilan o‘zaro muvofiqlashtirish kerak.
Avtomobil yo‘llarini qurish va ta’mirlash tannarxini pasaytirishga quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha tashkiliy-texnikaviy tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish hisobiga erishiladi:
-taraqqiyparvar mehnat vositalari va predmetlarini ishlab chiqarishga joriy etish;
-yo‘llar va yo‘l inshootlari qurilishi va ta’mirlash texnologik tizimlarini takomillashtirish;
-moddiy va mehnat resurslari sarfini qisqartiruvchi rezervlarni izlab topish va joriy etish;
-ishlab chiqarish bo‘limlari, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar va butun tashkilot faoliyatini optimal rejalashtirish va boshqarishning ilg‘or uslublari va tizimlarini joriy qilish;
-mehnatni tashkil etishning taraqqiyparvar usullarini joriy etish;
-iqtisodiy ishlarning uslublari va shakllarini takomillashtirish.
Tannarxni rejalashtirish to‘g‘ridan-to‘g‘ri kalkulyasiya qilish va omillar bo‘yicha uslublarida amalga oshiriladi.
Xarajatlarni kalkulyasiya qilish rejada ko‘zda tutilgan materiallar sarfi, mehnat va qurilish mashinalarining mashina smena sarfining ishlab chiqarish me’yorlari va bu resurslar uchun reja hisob-kitob narxlari asosida amalga oshiriladi.
Bunda o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan tashkiliy-texnikaviy tadbirlar natijasida erishiladigan bu uslubning amaliy hisob-kitoblarda qo‘llanilishi ishlab chiqilgan yiriklashtirilgan me’yorlar va asoslangan reja hisob-kitob narxlarining yo‘qligi sababli chegaralangan.


Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki , mamlakat iqtisodiyotida asosiy ahamiyatga ega bo’lgan avtomobil yo’llarini to’g’ri loyihalasak , qursak va ekspluatatsiya qilsak ishlar to’g’ri bajariladi va yo’llar uzoqqa yetadigan bo’ladi . Albatta bu ishlar yo’l xo’jaliklarida bajariladigan hisob-kitob ishlari va smeta ishlarini olib borish bilan amalga oshiriladi . Smeta ishlarini olib borishda bozor iqtisodiyotiga asoslangan muhitda , raqobatbardosh xom-ashyolarni va mashina mexanizmlardan foydalanishni nazarda tutish kerak. Chunki smeta ishlarini mukammal qilish ish bitmaydi , smeta ishlarida nazarda tutilgan barcha texnikalar eng zamonaviy va innovatsion bo’lishi kerak.


Download 39.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling