Avtomobillar elektromobillardan ustunmi?
Download 12.76 Kb.
|
ESSE1
Esse Avtomobillar elektromobillardan ustunmi? Bugungi hayotimizni odamlar rmanzilini yaqin qiladigan avtoulovlarsiz tasavvur qilish qiyin. Ularning ancha mukammallashgan turi elektromobillar turli imkoniyatlari bilan ishqibozlarning qiziqishlarini tobora orttirmoqda. Haqiqatan ham, elektr energiyasi bilan quvvatlantiriladigan mashina benzin yoki gazda yuradigan avtomobildan qulaymi? Uning qanday afzalliklari bor? Avtomobillar inson hayotining barcha jabhasida beminnat xizmat qilib kelmoqda. Ammo ularning tabiatni ifloslantirayotgani rad etib bo‘lmas haqiqatdir. Shu yil qish-bahor mavsumida gaz va benzin quyish shoxobchalarida soatlab navbatda turgan avtomashina haydovchilarining elektromobillarga havasi ortgani ham bejiz emas, albatta. Hayot qarama-qarshiliklardan iborat bo‘lganidek, elektromobillarning o‘ziga xos qulayliklaridan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Avvalo, yo‘llarda deyarli ovoz chiqarmay harakatlanadigan elektromobillar avtoulovlarga nisbatan kamxarj. Ikkinchidan, ular motor moyi sarflamaydi, shuning uchun elektr dvigatellari tomonidan boshqariladi. Uchinchidan, o‘n to‘rt ming so‘mga to‘liq quvvatlantirilgan elektromobil 250 km yo‘l bosadi. Shuncha masofa bosib o‘tishi uchun avtomobilga ikki yuz qirq ming so‘m sarflab, o‘ttiz besh litr benzin quyish kerak bo‘ladi. Afzalliklari ko‘p bo‘lishiga qaramay , elektromobillarning ba‘zi noqulayliklarini ham inkor etib bo‘lmaydi. To‘g‘ri, ular o‘zidan zaharli gazlar chiqarmasligi jihatidan avtoulovlardan ustun, ammo quvvatlantirish uchun uzoq vaqt sarflanadi. Mening nazarimda, to‘liq yuz foiz quvvatlantirishga sakkiz-o‘n soat vaqt sarflash har qanday haydovchiga ma’qul kelavermaydi. Buning ustiga, elektromobillarning ehtiyot qismlari qimmat va kamyob. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, mashinalar benzin, gaz yoki elektr toki yordamida harakatlanishidan qat’i nazar, odamlar ehtiyojini to‘laqonli qondirishi, tabiatni ifloslantirmasligi, ulardan foydalanish odamlarga noqulayliklar tug‘dirmasligi lozim. Suqrot ta‘biri bilan aytganda , “Muhimi, faqat yashash emas, yaxshi yashashdir”. Download 12.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling