Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni
Download 241.21 Kb.
|
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV
“Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni” fanidan Amaliy mashg`ulotlar to’plami 1-Amaliy mashg`ulot Insoning dinamik antropometrik tavsiflar Hamma odamlar bo‘yi, gavda tuzilishi, tana qismlarining o’chamlari bilan farq qilishlarini har bir inson o‘z tajribasidan biladi. Har bir inson mislsiz, ikkita mutlaqo bir xil odamlami topish amri mahol. Shuning uchun ham transport vositasini loyihalash bilan shug‘ullanayotgan konstruktor unchalik oddiy bo‘lmagan masalani yechishi kerak. Haydovchining kabinadagi holatini aniqlovchi eng katta o‘lchamlarni tanlab olish oson, lekin u holda kabinaning o‘lchamlari, avtomobil yoki traktoming massasi, konstruk- siyaning material sig‘imi va bahosi albatta oshib ketadi. Bo‘yi kichik odam bunday kabinada ayrim noqulayliklarga duch keladi: u oyog‘i va qo'llari bilan boshqarish organlariga yetib borishi qiyin bo‘ladi, atrofni kuzatishda ham muammolar tug‘iladi. Albatta masalani boshqacha yechsa ham bo‘ladi, yetarlicha ko‘p kishilami tanlab olib, ularning gavda elementlarini oichash, o’lcham larning “o‘rtacha” qiymatlarini hisoblash va bu rna’lumotlar asosida haydovchining ishchi о‘mini o‘rtacha inson uchun loyihalash mumkin, lekin o‘lchamlari o‘rtachadan farq qiladigan odamlar - ular esa ko‘pchilik - konstruktordan norozi bo‘ladilar. Konstruktor haydovchi o‘rnini bo‘yi va jism proporsiyalari har qanday odamlar uchun eng katta qulaylikni ta’minlab joylashtirishi kerak. Buning uchun bu odamlarning parametrlarini ta’riflovchi aniq o‘lchamlarini bilishi kerak. “Inson - mashina - atrof-muhit” tizimning ishlab turish puxtaligi, ya’ni ko‘chalardagi va yoilardagi xavfsizlik bunga bog‘liq bo‘ladi. Inson jismining o‘lchamlari va uning qismlarini o'rganish bilan antropometriya (yunoncha «antropos» - inson va «metriya» - o‘lchash) shug‘ullanadi. Hamma odamlar har xil bo‘lgani uchun antropometriyada statistik usullar qo‘llanadi. 1-rasm. Tasodifiy o’lchamning normal taqsimot qonuni grafigi Antropometrik tavsiflar normal taqsimot qonuniga bo‘ysunadigan tasodifiy kattaliklar bo‘ladi. Tasodifiy o‘lcham- ning normal taqsimot qonunini ifodalovchi grafik 1-rasmda ko‘rsatilgan. Abssissa o‘qi bo‘yicha tasodifiy kattalik x ning qiymati (bizning holda - antropometrik tavsifning sonli qiymati), ordinatalar o‘qi bo‘yicha - f{x) - tasodifiy o‘lchamning u yoki boshqa qiymatini paydo boiish ehtimoli (foizlarda yoki birlik bo’laklarida) qo‘yiladi. O‘rtacha, tasodifiy o‘lchamning hamma- sidan ko‘ra ehtimolli qiymati -matematik kutilma M taqsimot egri chizig‘ining maksimumiga to‘g‘ri keladi. Taqsimotning kengligi, uning gorizontal bo‘yicha cho'zilganligi tasodifiy o‘lchamning O‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi, bu matematik kutilma M ga nisbatan qaysi biri o‘rtacha kvadratik og‘ish bilan ifodalanadi. Taqsimot egri chizig‘i ostidagi maydonlar tasodifiy kattalikning qanday miqdori bu zonaga tushishini ko‘rsatadi. M matematik kutilmaga nisbatan ± sohaga hamma tasodifiy o‘lchamlarning 68,25 %, ±2 sohaga - 95,45 %, ±32 sohaga esa - 99,73 % qismi tushadi. Antropometriyada birorta antropometrik tavsifning taqsimot egri chizig‘ining u yoki boshqa tegishli sohasiga tushish ehtimolini persentillarda baholash qabul qilingan. Download 241.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling