Avtomobillar va traktorlar alt va erganomikasi va dizayni


Download 241.21 Kb.
bet2/14
Sana08.04.2023
Hajmi241.21 Kb.
#1341231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Avtomobillar va traktorlar ALT va erganomikasi va dizayni AT IV

Persentil - antropometrik tekshirishlarga tortilgan hamma odamlar majmui hajmining yuzinchi bo‘lagi.
Agarda noraial taqsimot egri chizig‘ining ostida bo’lgan maydonni (1.1- rasmga qarang) 100 baravar qismga (foizlarga) bo‘linsa, tegishli persentil soni chiqadi, Ulardan har biri tartib raqamiga ega bo‘ladi. Birinchi persentil hissasiga hamma kuzatuv natijalarning 1% (antropometrik tavsifning eng kichik qiymati), ikkinchining hissasiga nazorat natijalarning 2% (antropometrik tavsifning qiymati bir oz ko‘proq) va hokazo to‘g‘ri keladi. Elliginchi persentil normal taqsimot qonunida o‘rta arifmetik o‘lchamga (matematik kutilmaga, modaga, medianaga) mos keladi.
Antropometrik tavsifni aniqlash tartibini misolda tushunti- ramiz (misoldagi hamma sonlar va tushunchalar shartli olingan).
Antropometrik tavsiflar normal taqsimot qonuniga bo‘ysunadigan tasodifiy kattaliklar bo‘ladi. Tasodifiy o‘lcham- ning normal taqsimot qonunini ifodalovchi grafik 1.1-rasmda ko‘rsatilgan. Abssissa o‘qi bo‘yicha tasodifiy kattalik x ning qiymati (bizning holda - antropometrik tavsifning sonli qiymati), ordinatalar o‘qi bo‘yicha - f{x) - tasodifiy o‘lchamning u yoki boshqa qiymatini paydo boiish ehtimoli (foizlarda yoki birlik boiaklarida) qo‘yiladi. O’rtacha, tasodifiy o‘lchamning hamma- sidan ko‘ra ehtimolli qiymati -matematik kutilma M taqsimot egri chizig‘ining maksimumiga to‘g‘ri keladi. Taqsimotning kengligi, uning gorizontal bo‘yicha cho'zilganligi tasodifiy o‘lchamning o‘zgaruvchanligini ko‘rsatadi, bu matematik kutilma M ga nisbatan qaysi biri o‘rtacha kvadratik og‘ish cr bilan ifodalanadi. Taqsimot egri chizig‘i ostidagi maydonlar tasodifiy kattalikning qanday miqdori bu zonaga tushishini ko‘rsatadi. M matematik kutilmaga nisbatan ±ct sohaga hamma tasodifiy o‘lchamlarning 68,25 %, ±2о sohaga - 95,45 %, ±3ct sohaga esa - 99,73 % qismi tushadi.
Antropometriyada birorta antropometrik tavsifning taqsimot egri chizig‘ining u yoki boshqa tegishli sohasiga tushish ehtimolini persentillarda baholash qabul qilingan.

Download 241.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling