- Amaliy mashg’ulot
Mavzu: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish, joriy ta’mirlash va diagnostika qilish postlarida ishlatiladigan jihozlar.
Ishdan maqsad:
Texnik xizmat ko’rsatish va joriy ta’mirlash ishlari mazmuni hamda ularda ishlatiladigan jihozlar.
Diagnostika turlarida ishlatiladigan texnologik jihozlar
II. Ishning mazmuni: Amaliy mashg’ulot ishi kafedraning maxsus jihozlangan xonalarida yoki ilg’or avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish stansiyalari (ATXKS) birida o’tkaziladi. Bunda talabalarga avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda bajariladigan ishlar - Kundalik texnik xizmat ko’rsatish (KXK), TXK-1, TXK-2, JT, MXK, MT da bajariladigan ishlar mazmuni va ularda ishlatiladigan jihozlar bilan tanishtirish.
III. Jihozlar: Avtomobil, yuvish – tozalash quritish jihozlari, ko’tarish qarash qurilmasi, kalitlar to’plami, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash uchun ixtisoslashtirilgan jihozlar, moylash – to’ldirish jihozlari.
V. Umumiy ma’lumotlar: Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatishda bajariladigan ishlar. Kundalik texnik xizmat ko’rsatishda (KXK) bajariladigan ishlar. Kundalik texnik xizmat ko’rsatishda quyidagi ishlar bajariladi:
nazorat ishlari;
tozalash-yuvish ishlari;
yonilg'i moylash materiallari va boshqa suyuqliklar sathini tekshirish va to'ldirish;
Nazorat ishlari. Avtomobilni ko’z bilan tekshirib uni tashqi nosozliklari aniqlanadi, uni komplektliligi, kabina, platforma, oyna, orqani ko’rish ko’zgusi, quyoshga qarshi himoya, old va orqa nomer belgisi, eshik mexanizmlarini sozligi, dvigatel va yukxona kapotlari, g'ildirak, shina, yoritish va ogohlantirish asboblarini ko’zdan kechiriladi.
Tozalash-yuvish ishlari. Kabina va platformani (kuzovni) tozalash. Avtomobilni yuvish va quritish, lozim bo'lganda sanitariya ishlov berish. Orqani ko’rish ko’zgusini, faralarni, podfarniklarni, burilish ko’rsatkichlarini, orqa fonarlar va stop-signal, kabina oynasi hamda nomer belgisini artish.
Do'stlaringiz bilan baham: |