Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi
rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti rasm
Download 1.5 Mb.
|
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi
rasm. Avtomobillarni diagnostikalash posti
rasm. Avtomobillarni komp’yuterli diagnostikalash rasm. Boshqariluvchi g’ildiraklarni o’rnatilish burchaklarini sozlash posti Diagnostika TX ko’rsatish va ta’mirlashning muhim elementi va nazorat ishlarining asosiy vositasi, usuli bo’lib, uni bilib qo’llanilsa, mehnat sarfi kamayadi va sifat, ish unumi oshadi, eng muhimi avtomobillar texnik holati yaxshilanadi. TXK, ya’ni profilaktik, to’satdan, kutilmaganda avtomobilda nosozliklar, buzilishlar sodir bo’lishi ehtimoli oldini olish ishlari texnik xizmat ko’rsatish postlarida bajariladi. Ma’lumki, bu ishlar qarov-nazorat, qotirish-mahkamlash, sozlash, moylash va mayda ta’mirlash ishlaridan iborat bo’lib, kerakli texnologik jihozlar bilan ta’minlangan postlarda maxsus chuqurlar ustida yoki ko’targichlar, estakadalarda bajariladi. TXK uchastkasining ayrim postlari, ba’zi ishlarni, masalan, moylash, oldingi g’ildiraklarning o’rnatish burchaklarini tekshirish va sozlash, motor gazlari zaharliligini me’yoriga keltirishga ixtisoslashgan bo’lishi mumkin. Bu uchastka postlarining ixtisoslashganligi yoki jami ishlarni bajarishga mo’ljallanganligi korxonaning quvvatiga, ishlar hajmi va ularni tashkil etish usuliga bog’liqdir. rasm. Avtomobillarga TXK va ta’mirlash postlari. rasm. Motor moylarini almashtirish posti rasm. Tizimlarni texnik suyuqliklar bilan ta’minlash posti Joriy ta’mirlash, ya’ni avtomobillar agregat, uzel va tizim qismlarida sodir bo’lgan buzilishlar, nosozliklarni tuzatish ishlari ta’mirlash, agregatlarni almashtirish postlarida bajariladi. Ko’p hollarda bu buzilishlar va nosozliklarni oddiy sozlash yoki qotirish bilan bartaraf etib bo’lmaydi, buning uchun nosoz agregat yoki uzel avtomobildan yechib olinadi va almashtiriladi yoki maxsus ustaxonalarda ta’mirlanadi. Ta’mirlash postlari ham maxsus jihozlangan chuqurlar, bir qancha tirgakli ko’targichlar yoki estakadalardan iboratdir. Ba’zan ta’mirlash ishlarini bajarishda avtomobilning ko’tarilishi va uning ostida ish bajarish talab etilmaydi, masalan, alangalatish chaqmog’i yoki karbyuratorni almashtirish maxsus ajratilgan oddiy postlarda bajarilishi mumkin. rasm. Avtomobillarni ta’mirlash postlari Ta’mirlash uchastkasi, shuningdek, ko’taruvchi va tashuvchi kranlar, qo’l yoki elektrik tallar bilan jihozlanadi va ko’chma domkratlar bilan ta’minlanadi. Ba’zan yengil avtomobillar kuzovlarining shikastlangan elementlarini (eshik, qanot, bamperlar va h.k.) to’g’rilashga yoki tekislashga, payvandlashga va joyida bo’yashga to’g’ri kelib qoladi. Avtomarkazlarda, yirik va o’rta quvvatdagi stantsiyalarda shu ishlarni bajarishga maxsus ajratilgan va jihozlangan postlar bo’ladi. Postlarda bajarilishi maqsadga muvofiq emas yoki mumkin bo’lmagan ta’mirlash ishlari, maxsus ta’mirlash-tiklash ustaxonalarda bajariladi. ASKlardagi bu ustaxonalarning tarkibi va soni shu korxonaning quvvatiga, yillik ishlar hajmiga bog’liqdir. Motor, uzatmalar qutisi, ilashish muftasi, oldingi va orqa ko’priklar, reduktor, rul mexanizmlari va boshqa uzellarni qismlarga ajratish va yig’ish, ayrim detallarga, masalan, tirsakli val, motor bloki va h.k.larga turli xildagi mexanik, elektrogal’vanik, chilangarlik kabi ishlovlar berish yoki almashtirish va sinash ishlari agregatlarni ta’mirlash va mexanika uchastkasida bajariladi. rasm. Agregatlarni ta’mirlash va mexanika ustaxonasi. Akkumulyatorlar batareyasiga TXK va ta’mirlash, zaryadkasini maromiga yetkazish yoki ular ta’mirlangandan so’ng yangidan zaryadlash, distillangan suv va elektrolit tayyorlash ishlari akkumulyator ustaxonasida bajariladi. Ta’mirlashga yaroqli akkumulyatorlar batareyasi korpusi avtomarkazlar, yirik ATXKSlari yoki maxsus ixtisoslashgan ustaxonalarda almashtiriladi yoki mastika quyib tuzatish, plastinka va separatorlarini almashtirish, qo’rg’oshinli setka va klemmalarini qalaylash, kavsharlash bilan ta’mirlanib ishlash qobiliyati tiklanadi. SHinalar bo’yicha ajratish-yig’ish, havo bosimini nazorat qilish, muvozanatlash, kamerani va mayda jarohatlangan shinalarni ta’mirlash hamda tashqi nazorat qilish ishlari shinalarni ta’mirlash ustaxonasida bajariladi. SHinalarni ajratish-yig’ish ishlari shina o’z muddatini o’tab bo’lgandan so’ng yoki kamera teshilganda bajariladi. Yig’ilgan shina me’yoriy havo bosimigacha damlanadi. Havo bosimini nazorat qilish har bir TXKda bajariladi. Yuk avtomobillar va avtobuslar shinalarini damlash paytida, zanjir halqasi chiqib ketib ishlovchini jarohatlashi mumkin. Bunday baxtsiz hodisalarni oldini olish maqsadida, ular maxsus metall qafaslarda damlanadi. rasm. SHinalarni ta’mirlash ustaxonasi Elektr va elektron bloklari, agregatlari (generatorlar, starterlar, turli uzatma elektromotorlari, va h.k.) va boshqa nazorat-o’lchov asboblarini tekshirib ko’rish va zarurat bo’lganda ta’mirlash ishlari elektrotexnika yoki elektr jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. SHuni ta’kidlash lozimki, bu jihozlarning nosozligini avtomobillarning o’zida ta’mirlash postlarida tozalash, qotirish va sozlash ishlari bilan bartaraf etilishi iloji bo’lmagan hollardagina ustaxonaga keltiriladi. Ta’mirlashga keltirilgan avtomobil jihozlari avval maxsus stendlarda tekshirilib ko’rilib, so’ngra qismlarga ajratiladi, yuviladi, tozalanadi, so’ngra quritiladi va saralanadi, ya’ni yaroqsizlari yangisiga yoki yaroqlisiga almashtiriladi, ba’zilari ta’mirlanadi va yana yig’ilib sinab ko’riladi. Benzonasos, karbyurator, injektorlarni qismlarga ajratish, yuvib tozalash, yaroqsiz detallarini almashtirish, qaytadan yig’ish, yaroqliligini tekshirib va sinab ko’rish ishlari yonilg’i bilan ta’minlash jihozlarini ta’mirlovchi ustaxonada bajariladi. rasm. Yonilg’i bilan ta’minlash apparatlarini ta’mirlash ustaxonasi. Avtoxalokat yoki zanglash, charchash yoki eskirish natijasida shikastlangan kuzovlar kuzovlarni ta’mirlash ustaxonasida ta’mirlanadi. Ushbu ustaxona avtoservis korxonasidagi barcha ustaxonalardan eng kattasi bo’lib, undagi ishlarning hajmi va murakkabligi ko’p vaqtni talab etadi. SHuning uchun bu ustaxonaning maydoni eng katta, undagi ishchilarning soni nisbatan ko’p bo’ladi. Kuzov ustaxonalari avtomarkazlarda, yirik ATXKSlari va shuningdek, shikastlangan kuzovlarni tiklashga ixtisoslashgan maxsus stantsiyalarda tashkil etiladi. Kuzov ustaxonalari bir necha mustaqil ishlab chiqarish uchastkalaridan, chunonchi: -tunukasozlik; -bo’yashga tayyorlash; -bo’yash va quritish; -armaturalarni ta’mirlash majmuidan iborat. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling