Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi
rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash joyi rasm
Download 1.5 Mb.
|
Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashda bajariladigan ishlar tarkibi
rasm. Avtomobil kuzovini ta’mirlash joyi
rasm. Payvandchilik mintaqasi Bu ustaxonaga kuzov barcha agregatlar, osma qismlardan ajratilgan holda keltiriladi. Kuzovni ta’mirlash tunukasozlik uchastkasidan boshlanadi. Bu joyda urilib shikastlangan kuzovlar maxsus stendlarda vintli, gidravlik tortmalarda tortilib to’g’rilanadi, korroziyaga uchrab chirigan joylari va deformatsiyalanib to’g’rilashning iloji bo’lmagan qismlari avtogen yoki pnevmatik keskichlar yordamida kesib tashlanadi. Olib tashlangan joylarga ehtiyot qismlar yoki maxsus tayyorlangan yamoqlar payvandlanadi. Payvandlash karbonat angidrid himoyali muhitda, yarim avtomatik elektryoyli qurilmalarda bajariladi. Kuzov panellari va o’zaklarining yorilgan va uzilgan joylari ham shu usulda ulanadi. Kesishda esa avtogen usuli bilan bir qatorda pnevmatik yuritmali aylanma keskichlar qo’llanadi. Kuzov detallarini bir-biriga ulashda kontakt nuqtali elektr payvandlash usullari ham qo’llanadi. To’g’rilangan va ulangan kuzovning payvandlangan choklaridan tozalanadi va, ayniqsa, maxsus asboblar yordamida qo’l zarbasi bilan obdon tekislanadi. Uzil-kesil to’g’rilangan, nafis holgacha tekislangan va tozalangan kuzov bo’yashga tayyorlash uchastkasiga o’tkaziladi. Bu joyda kuzov sirtidan bo’yoqlari iloji boricha qirib, sidirib tashlanadi, jilvir qog’oz bilan ishqalanib tozalanadi. Notekis joylari va tirqishlari maxsus shuvoq - shpaklevka bilan tekislanadi va kuzov bo’yash uchastkasiga o’tkaziladi. 20-rasm. Bo’yash-quritish kamerasi Bo’yash joyi alohida yopiq germetik kamera bo’lib, u ishonchli havo so’rish va haydash asosida ishlovchi ventilyator bilan jihozlanadi. Bu kamerada kuzov sirtiga, avvalo, homaki bo’yoq - grunt sepiladi, shovqinga va korroziyaga qarshi ishlov beriladi va maxsus purkagich pistoletlarda bo’yoq sepiladi. Nitroemalli bo’yoqlar tez, 20 minut ichida, 18÷200 S oddiy haroratda quritiladi, agar sintetik emal bo’yoqlari ishlatilsa, quritish uchun kuzovni 110÷1300 S haroratli kamerada 30÷50 minut ushlab turishga to’g’ri keladi.Bo’yoqlarni tayyorlash, rang va jilosini aniqlashni avtomobil pasportidagi kod belgisi asosida komp’yuterlar yordamida yoki maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan mutaxassislar bajaradilar. Kuzov majmuasining yana bir uchastkasi - armatura uchastkasi bo’lib, bu joyda eshik, kapot, yukxona oshiq- moshiqlari, qulflari, oynalarni ko’tarish -tushirish mexanizmlari va hoshiyalari ta’mirlanadi. SHuningdek, kuzov majmuida alohida, o’rindiqlar va suyanchiqlarni ta’mirlovchi va radiator, benzobaklarni kavsharlovchi mustaqil uchastkalar ham bo’lishi mumkin. Avtomarkazlar va ATXKSlarida ma’muriy- maishiy xonalar qatori albatta mijozlar uchun alohida xona, ehtiyot qismlar omborlari va savdo do’konlari, salonlari bo’lishi shart. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling