Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘L


Download 1.64 Mb.
bet1/41
Sana14.03.2023
Hajmi1.64 Mb.
#1267042
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
АВТОМОБИЛЛАРНИ БОШҚАРИШ


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGI
AKADEM IYA


AVTOMOBILNI BOSHQARISH VA HARAKATLANISHDA YO‘L HARAKATI XAVFSIZLIGI ASOSLARI

O‘quv qo‘llanma


Toshkent – 2014

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining Tahririyat-noshirlik hay’atida ma’qullangan

Ta qri zchi l a r :


O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB boshlig‘i polkovnik X.A.Saydaliyev;
Toshkent avtomobil yo‘llari instituti transport logistikasi va harakat xavfsizligi kafedrasi boshlig‘i, texnika fanlari nomzodi,
dotsent A.A. Nazarov


Mua l l i f l a r :


B.Sh.Umarov, Sh.Sh.Rizayev, M.X.Sayidov
Umarov B.Sh.
U-52 Avtomobilni boshqarish va harakatlanishda yo‘l harakati xavfsizligi asoslari: O‘quv qo‘llanma / B.Sh.Umarov, Sh.Sh.Rizayev, M.X.Sayidov. – T.: O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014. – 127 b.

O‘quv qo‘llanmada yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish asoslari, har xil yo‘l sharoitlarida haydovchining xatti-harakatlari va avtomobilni boshqarish texnikasi, xavfsizlik qoidalari bayon etilgan.


IIV Akademiyasining tinglovchi va kursantlari, professor-o‘qituvchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar va shu soha bilan qiziquvchi keng ommaga mo‘ljallangan.


BBK 39.808ya73

© O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi, 2014



KIRISH


O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so‘ng ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy o‘zgarishlar hayotga izchil joriy etila boshlandi. Respublikani bozor iqtisodiyotiga o‘tib borishi, xususiy mulkchilikda avtomobil sanoatining vujudga kelishi, chet ellar bilan teng huquqli iqtisodiy aloqalarning yo‘lga qo‘yilishi, fuqarolar moddiy farovonligi ortib borishi tabiiy ravishda avtomobil yo‘llarida va shahar ko‘chalarida harakat miqdorining ortib borishiga olib kelyapti. Mustaqillikdan avval Respublika bo‘yicha har 1000 nafar aholiga 35 dona yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, bugungi kunda bu ko‘rsatkich yanada ortib boryapti.


Darhaqiqat, Prezidentimiz Islom Karimovning 2010 yilda
«Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2011 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlari»ga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida: «O‘n yil oldin, ya’ni 2000 yilda mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotida transport xizmatining ulushi 7,7 foizni tashkil qilgan bo‘lsa, 2010 yilda bu raqam 37 foizga o‘sganini, o‘tgan yili 160 dan ortiq turdagi yangi tovarlar ishlab chiqarilgan bo‘lib, jumladan yangi rusumdagi «Spark» yengil hamda katta hajmdagi yuk tashiydigan
«MAN» avtomobillarining ishlab chiqarilishi ushbu yo‘nalishga davlatimiz rahbari tomonidan katta e’tibor qaratilayotganligini yaqqol isbotidir. 2010 yilda 50 mingta avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan «M-300» rusumidagi yengil avtomobil ishlab chiqarish o‘zlashtirildi. 2011 yilda esa 35 tadan ortiq yirik ishlab chiqarish korxonasi, shu jumladan «Jeneral motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda yiliga 225 ming dona avtomobil dvigatellari ishlab chiqaradigan korxona qurilib, yakunlash va foydalanishga topshirildi. Shuningdek, Toshkent shahrida ko‘p o‘rinli «Mersedes-Bens» rusumli
yo‘lovchi avtobuslarni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish vazifasi qo‘yilishi ham bu sohaga alohida e’tibor berilayotganidan dalolat beradi.
O‘tgan yilning o‘zida faqat avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish uchun 378 million dollarga teng bo‘lgan mablag‘ o‘zlashtirildi va 270 kilometrlik zamonaviy avtomobil yo‘li foydalanishga topshirildi. Bu 2011 yilga qaraganda 31,5 foizga ko‘p demakdir.
2011 yilda ushbu maqsadlar uchun 2010 yilga qaraganda 1,4 barobar ko‘p, ya’ni 547 million dollardan ortiq kapital quyilmalarini yo‘naltirish, xalqaro talab va standartlarga javob beradigan 302 kilometrlik avtomobil yo‘llarini foydalanishga topshirish ko‘zda tutilmoqda.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda aytganda, bizning asosiy maqsadimiz mamlakatning rivojlanish yo‘nalishini to‘g‘ri anglab olib, yaratilgan sharoitlardan unumli foydalanish hamda transport sohasida bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblangan yo‘l-transport hodisalarining oldini olishda har bir shaxsga yo‘llarda xavfsiz harakatlanish asoslarini o‘rgatish bilan birgalikda, «Avtomobil tayyorgarligi» fani orqali «B» toifadagi yuqori malakali haydovchilarni tayyorlashdan iboratdir.


Download 1.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling