Avtomobilsozlik” fakulteti “metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” kafedrasi
Download 130.82 Kb.
|
Avtomobilsozlik
VI. Ilova
Kirish Sohaning texnologik o‘lchashlari va asboblari fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog‘liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Texnologik o‘lchashlar aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq,ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tilda tushuntirsak texnologik o‘lchashlar- o‘lchashlar haqidagi fan deb tushunishimiz mumkin va uni o’rganish mumkin. Inson aql-idroki, zakovati bilan o‘rganayotgan, shakllantirayotgan hamda rivojlantirgan qaysi fanni, uning yo‘nalishini olmaylik, albatta o‘lchashlarga, ularning turli usullariga, o‘zaro bog‘lanishlariga duch kelamiz. Bu o‘lchash usullari va vositalari yordamida ularning birliligini, yagona o‘lchashni talab etilgan aniqlikda ta’minlash texnologik o‘lchashlar fani orqaligina amalga oshiriladi. SHu sababdan hozirdagi qaysi bir fan, ilmiy yo‘nalish, u hoh tabiiy, hoh ijtimoiy bo‘lmasin, albatta u yoki bu darajada texnologik o‘lchashlar bilan bog‘liq. Inson qo‘li etgan, faoliyati doirasiga kirgan ammo o‘lchashlar va ularning vositalari yordamisiz o‘rganilgan, izlangan hamda ko‘zlangan maqsadlarga erishish mumkin bo‘lgan birorta yo‘nalish yo‘q. Shuning uchun ham texnologik o‘lchashlar asoslarini bilish, uni o‘z mutaxassisligi doirasida tushunish va amaliy qo‘llash texnika va texnologiya soxalaridagi bakalavriat yo‘nalishlari bitiruvchilari uchun muhim omillardan biri bo‘lib hisoblanadi. Texnologik o‘lchashlar fani texnika, menejment va marketing sohalari yo‘nalishlarida bakalavrlar va muxandislar tayyorlashda o‘tilishi lozim bo‘lgan fanlardan hisoblanadi. Oliy ta’lim andozasidan kelib chiqib, ushbu fan talabalarda texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha zarur va etarli bo‘lgan asosiy tushunchalarni shakllantiradi. Texnologik o‘lchashlar asoslari fanini o‘rganishdan maqsadlar: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, menejment va marketing sohalaridagi ishlab- chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog‘liq bo‘lgan turli metrologik masala bilan shug‘ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifa esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida texnologik o‘lchashlar asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi texnologik o‘lchashlar, kvalimetriya, sifatni o‘lchash bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘rsatkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Shunig uchun biz bu fanni o’raganishimiz lozim. Bu fanning asosiy maqsadlari yuqorida takidlangandek bo’lib bu kurs ishimizda ishlab chiqarishdagi termometrlar va termoelektrik termometrlar haqida so’z yuritamiz. Bularni o’rganishda texnologik o’lchashlar fani juda zarur bo’ladi. Download 130.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling