“Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va 60711100 “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi


Download 217.89 Kb.
bet1/11
Sana26.09.2023
Hajmi217.89 Kb.
#1688189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
EM 2-kurs amaliyot dasturi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI


60712400 - “Avtomobilsozlik va traktorsozlik” va
60711100 - “Energiya mashinasozligi” bakalavr yo‘nalishi
2-kurs talabalari uchun ishlab chiqarish amaliyotini
o‘tkazish bo‘yicha
AMALIYOT DASTURI


Andijon – 2023

Kirish
Avtomobilsozlik sanoatini rivojlanishida avtomobillarni ishlab chiqarish alohida o‘rin egallaydi. Chunki davlatning iqtisodiy rivojlanishi og‘ir sanoat rivojlanishi bilan bog‘liq. Shuning uchun ham bo‘lajak bakalavrlar transport vositalarini ishlab chiqarish, ekspluatatsiya qilish va ta’mirlash usullari va metodlarini to‘liq bilishi zarur bo‘ladi. Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, jadal rivojlanish, davlat va ijtimoiy xayotining barcha sohalarini tubdan o‘zgartirish, bozor munosabatiga o‘ziga xos yo‘l tanlab, bosqichma-bosqich o‘tishi tamoyilini tutdi.
Xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlari faoliyati yangi bosqichiga o‘tishni o‘zaro manfaatdorlik tashqi iqtisodiy aloqalar asosida ko‘rmoqda. Xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy va siyosiy aloqalarning jadal rivojlanayotgan shu davrida respublika avtotransport sohasi taraqqiyoti muxum ahamiyatga ega.
Ma’lumki, o‘qitishning hozirgi uslublarida talabaga beriladigan ma’lumotlar miqdori o‘qituvchi talabadan oladigan ma’lumotlar miqdoridan bir necha marta ko‘pdir. Bu esa talabalar ijodiy faolligi sustligidan dalolat beradi.
Oliy ta’lim va ishlab chiqarish ob’ektlarini isloh qilishning asosiy yo‘nalishlarida yosh avlodni tarbiyalash va unga bilim berishni har tomonlama yaxshilash ta’kidlab o‘tilgan. Shu munosabat bilan o‘rganiladigan ma’lumotlarni taqqoslab, chuqur tahlil va talqin qilish hisobiga talabalarning fikrlash jarayoni va bilimlarni o‘zlashtirishi ustidan jiddiy tartibli nazoratni yo‘lga qo‘yish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Shunga ko‘ra dasturda uzviy ravishda ta’lim berish va amaliy ko‘nikma xosil qilish masalalarini kiritish muhim ahamiyatga molikdir. Bu amaliyot dasturida talabalarning ishlab chiqarish amaliyotining o‘tkazilishi amaliyot dasturida ko‘zda tutilgan topshiriqlarni to‘liq bajarilishi, amaliyot ob’еktining ichki mеhnat tartib qoidalariga bo‘ysunishi, mеhnat muxofazasi, xavfsizlik tеxnikasi va ishlab chiqarish sanitariyasi qoidalarini o‘rganishi va qat’iy rioya qilishi, bajarilgan ish va uning natijalari uchun shu korxona ishchilari qatori javobgarlik olishi, kundalik daftar yuritishi, chizmalar, tasvirlar va boshqalarni bajarilishi, amaliyot rahbariga barcha topshiriqlar bajarilgani haqida yozma ravishda hisobot bеrishi hamda amaliyot bo‘yicha sinov topshirishlari kerak bo‘ladi.

Andijon mashinasozlik institutining



Download 217.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling