Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron jixozlarni keng ko’lamda ishlatilishi bilan bevosita bog’liqdir


Download 27.36 Kb.
Sana17.02.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1206382
Bog'liq
hasanov



Avtomobilsozlikni rivojlanish istiqbollari avtomobillarda elektr va elektron jixozlarni keng ko’lamda ishlatilishi bilan bevosita bog’liqdir. Xozirgi zamon avtomobillarining elektr jixozlari ishchi jarayonlarni avtomatlashtirish, xarakat xavfsizligini va xaydovchilar ish sharoitini yaxshilash tadbirlarini ta’minlovchi murakkab tizim bo’lib, avtomobillarni samarali ishlatish darajasi ko’p jixatdan aynan elektr jixozlarning ishonchliligiga bog’liq bo’ladi.
Elektr energiya dastlab, 1860 yilda ichki yonuv dvigatellarida yonilg’i aralashmasini o’t oldirish uchun ishlatilgan. Yonilg’i aralashmasini yuqori kuchlanishli elektr uchquni yordamida o’t oldirilishi, daqiqasini aniq rostlash va bu o’z navbatida ichki yonuv dvigatellarining (IYOD) quvvatini va tejamliligini sezilarli darajada oshirish imkonini berdi. Shuning uchun yonilg’ini elektr uchqun vositasida o’t oldirish boshqa usullarni siqib chiqardi va xozirgi kunda karbyuratorli dvigatellar uchun yagona sistema xisoblanadi.
Elektr energiya dvigatelni ishga tushirish, yoritish va turli xil asboblarni tok bilan ta’minlash uchun ishlatilishi avtomobillarda elektr ta’minot, ishga tushirish va yoritish tizimlarini vujudga keltirdi.
Elektr ta’minot tizimi akkumulyator batareyasi, generator va rele-rostlagichlardan iborat. Qariyb 50 yil davomida avtomobillarda asosan o’zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu soxada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o’tkazgichli to’g’rilagichlarga ega bo’lgan o’zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O’zgaruvchan tok generatorlari o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo’lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o’lchamlari nisbatan kichik bo’lgan xolda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va xokazo.
Avtomobil dvigatellarining ishga tushirish tizimi akkumulyator batareyasi, starter, kommutatsiya jixozlari, dvigatelni ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalardan tashkil topgan. Akkumulyator batareyasi avtomobil elektr jixozlarining zarur qismlaridan biriga aylandi. Avtomobillarda dizel dvigatellari qo’llanilishi ishga tushirish tizimining quvvati ancha oshirilishini talab qildi. Bu, o’z navbatida, sig’imi 200-250 Asoat bo’lgan, takomillashgan akkumulyator batareyalarni, quvvati 10-15 kVt gacha bo’lgan starterlarni ishlab chiqishga olib keldi.
Xozirgi zamon avtomobil dvigatellarida siqish darajasi, aylanishlar chastotasi o’sishi bilan birga tejamkorligini oshirish, chiqindi gazlarni zaxarliligini kamaytirish masalalariga bo’lgan talabning kuchayishi o’t oldirish sistemalaridagi yuqori kuchlanish qiymatini 1,5-2 baravar oshirish zaruratini tug’dirdi. Klassik yoki kontaktli o’t oldirish tizimining imkoniyati cheklanganligi sababli bu muammoni xal qilish uchun o’t oldirishning yangi sistemalari ishlab chikildi, xususan kontakt-tranzistorli, kontaktsiztranzistorli, mikroprotsessorli o’t oldirish sistemalari shular jumlasidandir.
Avtomobillarning yoritish tizimi bir tomondan xarakat xavfsizligini ta’minlashda katta axamiyatga ega bo’lsa, ikkinchi tomondan xaydovchi va yo’lovchilarga ma’lum qulaylik yaratish vazifasini xam bajaradi. Avtomobil transporti vositalarining soni ortib borishi va ularning xarakati tobora tigizlashishi yo’ltransport xodisalari keskin ko’payishiga olib keldi. Davlat avtomobil nazorati to’plagan ma’lumotlarga ko’ra bu noxush xodisalarning 60% dan ortiqrog’i ko’rinish yaxshi bo’lmagan sharoitlarda (ya’ni tun, tuman) sodir bo’ladi. Bu, avtomobillarda to’rt farali va yoritishni avtomatik rostlovchi sistemalar, tumanga qarshi faralar, galogen lampalar, qizil linzali lampalar joriy qilinishiga olib keldi. Yaqin kelajakda avtomobillarning yoritish tizimida yarim o’tkazgichli yorug’lik chiqaruvchi elementlar, suyuq kristallar va boshqa turdagi yangi yorug’lik jixozlarning ishlatish mo’ljallanmoqda.Avtomobil va uning asosiy qismlari ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat o’lchov asboblari aloxida axamiyatga ega. Nazorat o’lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaxo va mas’uliyatli agregat va qismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish sistemalari va xokazo) xolatini va meyorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Xozirgi vaqtda, xarakat xavfsizligini ta’minlash va xaydovchining diqqatini bo’lmaslik maqsa-dida nazorat o’lchov asboblarning ko’rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko’proq darak beruvchi turlarini o’rnatish maqsadga muvofiq deb xisoblanmoqda.
Avtomobillarda elektr va elektron jixozlari rivojlanishining keyingi bosqichlari elektron texnikasining taraqqiyoti bilan bevosita bog’likq bo’lib, u asosan avtomobillarning xarakat xavsizligini yanada to’laroq ta’minlashga, dvigateldagi ishchi jarayonlarni samaradorligini, tormoz tizimi ishonchliligini oshirishga yunaltirilmoqda. Masalan, xaydovchi xolatini uzluksiz kuzatib, zarurat bo’yicha avtomatik ravishda xarakat xavfsizligini ta’minlovchi choralarni amalga oshiruvchi diagnostika asbobini yaratish borasida izchil ish olib borilmoqda.
Elektronika va mikroprotsessor texnikasining kullanishi dvigatel va transmissiya ishini avtomatik boshqarish sistemalarini ishlab chiqish imkonini berdi. Xususan, xozirgi zamon avtomobillarida o’rnatilgan elektron antiblokirovkali tormoz sistemalari, dvigatelga yonilg’i miqdori aniq meyorda uzatilishini ta’minlovchi elektron tizimi shular jumlasidandir.
Shunday qilib, xozirgi zamon avtomobillarining elektr jixozlari, malakali xizmat kursatilishini talab qiluvchi, doimo rivojlanuvchi murakkab sistemaga aylandi. Avtomobillar meyorida va daromadli (rentabelli) ishlatilishi ko’p jixatdan elektr jixozlar shayligiga bog’liq. Xozirgi zamon avtomobillaridagi elektr jixozlarining narxi ancha baland bo’lib, avtomobil to’la qiymatini 25-30% ni tashkil qiladi. Elektr jixozlarni ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga ketadigan mablag’ xam taxminan shu ko’rsatkich doirasida bo’ladi. Demak, avtomobillar to’g’ri va daromadli ishlatilishini ta’minlash uchun ularning elektr va elektron jixozlari tuzilishini, ishlash prinsipini, tavsifnomalarini, ishlatilishining o’ziga xos tomonlarini xar tomonlama va chuqur o’rganish juda muximdir.
Avtomobillarning elektr jixozlarini quyidagi asosiy funksional sistemalarga bo’lish mumkin:
1. Elektr ta’minot tizimi (generator, kuchlanish relesi, akkumulyator batareyasi).
2. Ichki yonuv dvigatelini ishga tushirish tizimi (starter, akkumulyator batareyasi, ishga tushirishni yengillatuvchi moslamalar).
3. Ut oldirish tizimi (tok manbai,ut oldirish galtagi, uzgich-taqsimlagich, tranzistor kommutatori, o’t oldirish shamlari);
4. Nazorat-o’lchov asboblari va diagnostika tizimi (temperatura, bosim sezgich va ko’rsatkichlari, taxometr, spidometr, darak beruvchi lampalar va boshqa).
5. Yoritish va xabar berish tizimi (bosh yoritish faralari, avtomobil burilishi va tuxtashini kursatuvchi chiroqlar, oldingi va orqadagi fara osti chiroklar va xokazo).
6. Qulaylik yaratuvchi asboblar tizimi (oynatozalagichlar, isitgich elektrdvigatellari, konditsionerlar, oyna ko’targichlar va xokazo).
7. Dvigatel va transmissiyani avtomatik boshqarish tizimi.
8. o’tkazgichlar va kommutatsiya jixozlari.
Generator, starter, o’t oldirish apparatlari va nazorat-o’lchov asboblarning sezgichlari bevosita dvigatelga, qolgan jixozlar esa avtomobil kuzovi va shassisining tegishli joylariga o’rnatiladi. 1-rasmda avtomobil elektr jixozlarining umumiy sxemasi keltirilgan.

Generator 4 va akkumulyator batareyasi 2 bir-biri bilan paralel ulangan. Avtomobil xarakatlanayotganda iste’molchilar tokni generatordan, to’xtaganda yoki dvigatelni aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan kam bo’lganda esa, akkumulyator batareyasidan oladilar. Iste’molchilarni bir tok manbaidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada rostlab turish vazifasini kuchlanish relesi 5 bajaradi.Avtomobilni ishlatish jarayonida doimo ulab quyiladigan (yoritish, o’t oldirish, nazorat-o’lchov asboblari va xokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko’rsatuvchi yorug’lik darakchilari) iste’molchilar tokni umumiy zanjirdan oladilar.Dvigatelni ishga tushirish vaqtida katta tok (bir necha yuz amper) iste’mol qiladigan starter, kesimi ancha katta bulgan o’tkazgich bilan bevosita akkumulyator batareyasiga ulanadi. Qisqa vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste’mol qiladigan va qulaylik yaratadigan ba’zi asboblar (tovushli darakchi, sigaret tutatkich, radiopriyemnik, soat va xokazo) istisno tariqasida to’g’ridan-to’g’ri akkumulyator batareyasiga ulanadi.




Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling