Elektr ta’minot


Download 1.66 Mb.
bet1/8
Sana05.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1692815
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarning elektr jihozlari DOSTON

ELEKTR TA’MINOT

  • Elektr ta’minot tizimi generator, kuchlanish rostlagichi va akkumulyatorlar batareyasidan iborat. Juda uzoq muddat davomida avtomobillarda asosan o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Elektron sanoatning rivojlanishi va bu sohada erishilgan muvaffaqiyatlar avtomobillarda yarim o‘tkazgichli to‘g‘rilagichlarga ega bo‘lgan o‘zgaruvchan tok generatorlarini ishlatish imkonini berdi. O‘zgaruvchan tok generatorlari o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan bir qator afzalliklarga ega bo‘lib, xususan ularning ishlatish jarayonidagi ishonchlilik va chidamlilik darajasi ancha yuqori, o‘lchamlari nisbatan kichik bo‘lgan holda katta quvvatga ega, tannarxi ancha past va hokazo.

O’LCHASH

  • Avtomobil va uning asosiy qismlarining ishonchli ishlashini ta’minlashda nazorat-o‘lchov asboblari alohida ahamiyatga ega. Nazorat-o‘lchov asboblari avtomobilning eng qimmatbaho va mas’uliyatli agregat va qismlari ( dvigatel, generator, tormoz, yoritish-darak berish tizimlari va hokazo) holatini va me’yorida ishlashini nazorat qilib turish imkoniyatini beradi. Hozirgi vaqtda, harakat havfsizligini ta’minlash va haydovchining diqqatini bo‘lmaslik maqsadida nazorat-o‘lchov asboblarning ko‘rsatuvchi turlarini kamaytirib, ko‘proq darak beruvchi turlarini o‘rnatish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.

AKKUMULYATOR BATAREYALARI

  • Akkumulyator batareyasi-ichki yonuv dvigatelini ishga tushirishda elektrostartyorni tok bilan ta’minlash va generator ishlamayotganda yoki uning quvvati yetarli bo‘lmaganda avtomobildagi barcha iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlash vazifasini bajaradi. Akkumulyator elektr tokining kimyoviy manbai bo‘lib, u tashqaridan elektr toki berilganda kimyoviy energiyani yig‘ish (zaryadlanish) va uni elektr energiya ko‘rinishida tashqi iste’molchilarga uzatish (razryadlanish) qobiliyatiga ega bo‘lgan moslamadir. Energiyani bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga o‘tish jarayoni akkumulyatorning butun ishlash davrida uzluksiz davom etib turadi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling