Elektr ta’minot


Download 1.66 Mb.
bet3/8
Sana05.10.2023
Hajmi1.66 Mb.
#1692815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Avtomobil va traktorlarning elektr jihozlari DOSTON

Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr energiyaning asosiy manbai sifatida o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki iste’molchilarining tobora ko‘payishi, katta shahar ko‘chalaridagi transport harakati qatnovining nihoyatda tig‘izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt ishlash vaqtining ortishi, generatorlarning quvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini bermaydi.

  • Uzoq vaqt davomida avtomobillarda elektr energiyaning asosiy manbai sifatida o‘zgarmas tok generatorlari ishlatildi. Avtomobillardagi elektr toki iste’molchilarining tobora ko‘payishi, katta shahar ko‘chalaridagi transport harakati qatnovining nihoyatda tig‘izlashganligi natijasida avtomobil dvigatellarining salt ishlash vaqtining ortishi, generatorlarning quvvatini va maksimal aylanishlar chastotasini oshirish ehtiyojini tug‘dirdi. O‘zgarmas tok generatorining jiddiy kamchiliklari va tuzilishining o‘ziga xos tomonlari bu masalani hal qilish imkonini bermaydi.

O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi.

  • O‘zgaruvchan tok generatorlarining tuzilishi o‘zgarmas tok generatorlariga nisbatan sodda, quvvati bir xil bo‘lgan holda, gabarit o‘lchamlari va massasi 2-3 marta kichik, chidamlilik va ishonchlilik darajasi ancha yuqori. Ularda qimmatbaho rangli metall bo‘lgan mis o‘zgarmas tok generatoriga nisbatan ~ 3 baravar kam ishlatiladi. O‘zgaruvchan tok generatorlarida kollektor yo‘q, murakkab yakor chulg‘ami o‘rniga o‘ralishi oson bo‘lgan stator chulg‘amlari ishlatiladi. Uyg‘otish chulg‘ami ham yaxlit bitta g‘altakdan iborat. O‘zgarmas tok generatorlarining solishtirma quvvati (ya’ni 1 kg massasiga to‘g‘ri keladigan quvvat) 45 Vt/kg dan oshmagan holda, o‘zgaruvchan tok generatorlaridagi bu ko‘rsatkich 150 Vt/kg dan ortib ketdi.
  • Generator quyidagicha ishlaydi. Elektromagnit uyg‘otish prinsipiga asoslangan o‘zgaruvchan tok generatorlari o‘z-o‘zini uyg‘otish xususiyatiga ega emas. Bunday generatorlarni ishga tushirish uchun dastlabki daqiqalarda uning uyg‘otish chulg‘amiga akkumulatordan cho‘tka va mis halqalar orqali tok beriladi. Uyg‘otish chulg‘amidan o‘tayotgan tok ta’sirida uning atrofida magnit oqimi hosil bo‘ladi (1.3 -rasm). Magnit oqimi 7 ning asosiy qismi rotorning tumshuqsimon o‘zagining birinchi bo‘lagi 3 orqali havoli tirqishni kesib stator 5 tishchalari va o‘zagiga o‘tadi, so‘ngra havoli tirqishni yana bir bor kesib, rotorning tumshuqsimon o‘zagining qarama-qarshi qutblangan ikkinchi bo‘lagi 4 ga o‘tib, uyg‘otish chulg‘ami vtulkasi 1 orqali tutashadi. Magnit oqimining qolgan qismi 8 o‘zakdan tashqariga taralib ketadi.
  • Rotor aylanganda statorning har bir tishchasi ostidan rotorning dam musbat, dam manfiy qutb-langan tumshuqsimon uchliklari o‘tadi, ya’ni stator chulg‘amlarini kesib o‘tayotgan magnit oqimi yo‘nalishi bo‘yicha ham, qiymati bo‘yicha ham o‘zgarib turadi. Natijada, statorning faza chulg‘amlarida o‘zgaruvchan elektr yurituvchi kuch induksiyalanadi va uning qiymati quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
  • Ef= 4,44  kch f  W  F . (1.1)
  •  
  • Bunda kch- chulg‘am koeffitsienti, f- induksiyalangan EYUK chastotasi, W- statorning bitta faza chulg‘amlaridagi o‘ramlar soni, F - magnit oqimi.
  •  
  • O‘z navbatida
  • F=pn/60 
  • Bunda p - juft qutblar soni, n -aylanishlar chastotasi.
    • 1.3-rasm. Generatorning magnit tizimi

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling