Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlari haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash to‘g‘risida shartnoma №2385


Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar


Download 1.19 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana21.06.2023
Hajmi1.19 Mb.
#1640556
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAMADALIYEV YUSUBJON

7. Korrupsiyaga qarshi qo‘shimcha shartlar
7.1. Taraflar mazkur shartnoma kuchga kirgan paytdan boshlab, o‘zlari, vakillari, xodimlari va ularning
nazorati ostida yoki ta’sir ko‘rsatadigan boshqa shaxslar tomonidan kelajakda, ushbu shartnomani tuzish
hamda bajarish bilan bog‘liq har qanday turdagi noqonuniy pul va boshqa imtiyozlarni taklif yoki talab
qilmaslikliklarini, (shuningdek, qabul qilmasliklarini) kafolatlaydilar.
7.2. Taraflar ushbu shartnomaning amal qilish muddati davomida o‘z vakillari, xodimlari va ularning
nazorati ostidagi yoki ta’sir ko‘rsatadigan boshqa uchinchi shaxslar tomonidan mazkur shartnomaning 7.3.
bandiga amal qilinishi borasida oqilona choralar qo‘rish majburiyatini oladilar.
7.3. Taraflar shartnomaning amal qilish muddati davomida quyidagi harakatlarni o‘zlari shu jumladan
uchinchi shaxslar orqali hech qanday shaklda amalga oshirmaslikni o‘z zimmalariga oladilar:


a) poraxo‘rlik-tijorat yoki boshqa turdagi noqonuniy ustunlikni olish yoki saqlab qolish maqsadida yuqorida
qayd etilgan shaxslar yoki boshqa shaxslar tomonidan qonunga xilof ravishda mulkiy foyda olish, berish,
o‘tkazish, ruxsat berish;
b) pora talab qilish yoki pora berishga undash, rad etilgan taqdirda tahdid bilan bog‘liq va bog‘liq
bo‘lmagan holatda pora talab qilish;
v) boshqaruv funksiyalarini bajaruvchi shaxs vakolatlaridan tashkilotning qonuniy manfaatlariga zid
ravishda o‘zi yoki boshqalar foyda olishi yoki zarar yetkazish maqsadida ishlatishi.
7.4. Korrupsiyaga oid har bir holat yuzasidan tegishli tarafni zudlik bilan yozma ravishda xabardor qilishi,
tashkilotda ishbilarmonlik etikasi qoidalariga rioya qilish, murosasizlikni targ‘ib qilishi shart.
8. Boshqa shartlar
8.1. Buyurtmachi o‘quv dasturlarini ishlab chiqish va qayta tayyorlash kurslariga mutaxassislarni jalb qilish
yuzasidan Ijrochiga takliflar kiritadi
8.2. Yakuniy sinov imtihonini topshira olmagan tinglovchilarga navbatdagi o‘quv guruhlari bilan birgalikda
yakuniy sinov imtihonini qayta topshirishga faqat bir marotaba imkoniyat beriladi. Tinglovchi berilgan
imkoniyat doirasida ham sinovni qayta topshira olmasa, belgilangan tartibda o‘quv kurslarida shartnoma
asosida qayta o‘qishni amalga oshiradi.
8.3. Boshlangan qayta tayyorlash kurslariga uzrli sabablarga ko‘ra kelmagan hamda kursni yakuniga
yetkaza olmagan tinglovchilarga o‘rnatilgan tartibda tegishli yo‘nalish bo‘yicha navbatdagi qayta
tayyorlash kurslarida o‘qishga ruxsat beriladi.

Download 1.19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling