Avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bilan shug‘ullanuvchi ta’lim tashkilotlari haydovchi-yo‘riqchilarini qayta tayyorlash to‘g‘risida shartnoma №2385
Download 1.19 Mb. Pdf ko'rish
|
MAMADALIYEV YUSUBJON
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Qayta tayyorlash uchun belgilangan to‘lov va hisob-kitob tartibi 2.1.
1. Shartnoma predmeti
1.1. Ijrochi avtomaktablar haydovchi-yo‘riqchilarini (bundan buyon matnda tinglovchi deb yuritiladi) qayta tayyorlash, buyurtmachi esa qayta tayyorlash bilan bog‘liq harajatlarni to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. 1.2. Qayta tayyorlash kurslarida o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv-mavzu reja va dasturlar asosida olib boriladi. 2. Qayta tayyorlash uchun belgilangan to‘lov va hisob-kitob tartibi 2.1. Bir nafar haydovchi-yo‘riqchini qayta tayyorlash bazaviy hisoblash miqdorining 4,5 barobari miqdorida QQS siz 1 350 000,00 (bir million uch yuz ellik ming) so‘mni tashkil etadi. 2.2. Shartnomaning umumiy narxi ________________________________________________________________________ _________________________________________so‘mni tashkil etadi. 2.3. Buyurtmachi shartnoma qiymatining 100 % to‘lovini oldindan pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiradi. 2.4. Tinglovchi tinglovchilar safidan chiqarilgan hollarda qayta tayyorlash uchun to‘langan to‘lov buyurtmachiga qaytarilmaydi. 3. Tomonlarning huquq va majburiyatlari 3.1. Tinglovchilar o‘quv mashg‘ulotlari boshlanishidan oldin Akademiyaning ichki tartib-qoidalari bilan tanishtiriladi. 3.2. Tinglovchilar quyidagi huquqlarga ega: a) o‘quv dasturida nazarda tutilgan bilimlarni egallash; b) o‘quv jarayonini yanada yaxshilash, qayta tayorlash va malaka oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha Akademiya rahbariyatiga takliflar kiritish; v) ma’naviy-ma’rifiy va madaniy tadbirlarda qatnashish; g) qayta tayorlash bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot hamda maslaxatlar olish; d) Akademiya axborot-resurs markazi, o‘quv xonalari va kompyuter texnika vositalaridan foydalanish; e) tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 3.3.Tinglovchilar quyidagilarga majbur: a) ta’lim dasturlarining talablarini bajarishga; b) o‘quv mashg‘ulotlariga o‘z vaqtida qatnashishga; v) o‘quv dasturlarida nazarda tutilgan imtihon (test)larni topshirishga; g) nazariy bilimlari, kasbiy ko‘nikmalari va mahorat darajasini oshirishga; d) o‘quv jarayonida berilgan topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarishga; e) Akademiyaga tegishli bo‘lgan mulklarni asrab-avaylash, ichki tartib qoidalariga qat’iy rioya etishga; j) tinglovchilar qonunchilik hujjatlariga muvofoq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishlari mumkin. 3.4. Ijrochi quyidagi huquqlarga ega: a) ichki tartib qoidalaridan kelib chiqqan holda tinglovchilarni qonunchilikda nazarda tutilgan ayrim huquq va erkinliklaridan cheklash; b) O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan tartibda va shartlar asosida o‘qishni amalga oshirish uchun shartnoma tuzish va uni bekor qilish; v) tinglovchi bilan yuzaga kelgan nizolarni tomonlar kelishuvi yoki sud tartibida hal qilish. 3.5. Ijrochi quyidagi majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi: qayta tayyorlash jarayonini sifatli tashkil qilish; mashg‘ulotlarni soha bo‘yicha yuqori malakaga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchi va amaliyotchi mutaxassislar tomonidan o‘tkazilishini ta’minlash; tinglovchilarni o‘quv materiallari, texnik vositalar, kompyuter texnikalari va axborot-resurs markazidan foydalanishiga imkoniyat yaratish; qayta tayyorlash kurslari yakuniy sinov imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi sertifikat berish. 3.6.Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi tomonidan o‘quv kurslarini bitiruvchilariga elektron sertifikatlar (QR- kod elementlarini nazarda tutuvchi) Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining mahsus veb-sayti (http://elektron.akadmvd.uz/) orqali taqdim etiladi. Download 1.19 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling