Avtonom invertorlar. Reja


Yoyni vakkumda so’ndirish


Download 1.82 Mb.
bet10/48
Sana16.06.2023
Hajmi1.82 Mb.
#1490110
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48
Bog'liq
Avtonom invertorlar

Yoyni vakkumda so’ndirish. Vakuumdagi gaz atmosfera bosimidagi gazga qaraganda o’nlab marta yuqori elektr mustahkamlikka ega. Agar uzgich kontaktlari vakuumda ajratilsa tok birinchi marta noldan o’tgan paytidayoq oraliqning elektr mustahkamligi tiklanadi va yoy so’nadi.

  • Yoyni yuqori bosimli gazlarda so ’ndirish. 2 MPa va undan yuqori bosimda havo ham yuqori elektr mustahkamlikka ega. Bu narsa siqilgan havoli yoy so’ndiruvchi ixcham qurilmalar qurish imkonini beradi. Bu usulda havodan tashqari yana yuqori mustahkamlikka ega bo’lgan gazlar ham ishlatiladi. Misol uchun elegaz (SF6) havo va vodorodga nisbatan yuqoriroq bo’lgan elektr mustahkamlikka ega. Undan uzgichlarda keng foydalaniladi.



    Nazorat savollari

    1. Elektr yoyi nima?

    2. Elektr yoyning so’ndirish usullari?




    Adabiyotlar




    1. Imomnazarov A.T. elektromexanik tizimlarning elementlari. Oliy o’quv yurtlari uchun darslik, - Toshkent.:, “Ta’lim”, 2009., -185b.

    2. Imomnazarov A.T. sanoat korxonalri va fuqarolik binolarining elektr jihozlari, - Toshkent.:, “ILM ZIYO”, 2006., -185b.

    3. Бойко В.И. и др., Схемотехника электронных систем. Микропроцессоры и микроконтроллеры. Учебник,-С-Петербург.:, БХВ 2004.

    4. Браславский И.Я. Асинхронный полупроводниковый электропривод с параметрическим управлением. –М.:, Энергоатомиздат, 1998.



    MA’RUZA-12
    TRANZISTORLI KUCHLI KOMMUTATORLAR


    Bipolyar tranzistorlar
    Bipolyar tranzistor deb o‘zaro ta’sirlashuvchi ikkita p-n o‘tish va uchta elektrod (tashqi chiqishlar)ga ega bo‘lgan yarim o‘tkazgich asbobga aytiladi. Tranzistordan tok oqib o‘tishi ikki turdagi zaryad tashuvchilar - elektron va kovaklarning harakatiga asoslangan.
    Bipolyar tranzistor p-n-p va n-p-n o‘tkazuvchanlikka ega bo‘lgan uchta yarim o‘tkazgichdan tashkil topgan (12.1 a va b-rasm). Endilikda keng tarqalgan n-p-n tuzilmali bipolyar tranzistorni ko‘rib chiqamiz.
    Tranzistorning kuchli legirlangan chekka sohasi (n+ - soha) emitter deb ataladi va u zaryad tashuvchilarni baza deb ataluvchi o‘rta sohaga (r - soha) injeksiyalaydi. Keyingi chekka soha (n - soha) kollektor deb ataladi. U emiitterga nisbatan kuchsizroq legirlangan bo‘lib, zaryad tashuvchilarni baza sohasidan ekstraksiyalash uchun xizmat qiladi (12.2- rasm). Emitter va baza oralig‘idagi o‘tish emitter o‘tish, kollektor va baza oralig‘idagi o‘tish esa -kollektor o‘tish deb ataladi.


    12.1 – rasm.


    Tashqi kuchlanish manbalari (UEB, UKB) yordamida emitter o‘tish to‘g‘ri yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa – teskari yo‘nalishda siljiydi. Bu holda tranzistor aktiv yoki normal rejimda ishlaydi va uning kuchaytirish xossalari namoyon bo‘ladi.




    12.2 – rasm.

    Agar emitter o‘tish teskari yo‘nalishda, kollektor o‘tish esa to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan bo‘lsa, u holda bu tranzistor invers yoki teskari ulangan deb ataladi. Tranzistor raqamli sxemalarda qo‘llanilganda u to‘yinish rejimida (ikkala o‘tish ham to‘g‘ri yo‘nalishda siljigan), yoki berk rejimda (ikkala o‘tish teskari siljigan) ishlashi mumkin.



    Download 1.82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   48




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling