Avtomobillarga texnik xizmat kо‘rsatuvchi stansiyalar (ATXKS). - Avtoservis xizmatini bajaruvchi asosiy va eng kо‘p tarqalgan korxonalaridir. Zamonaviy ATXKSlari yangi va ishlatilgan avtomobillar, ehtiyot qismlar va avtomobil materiallari bilan savdo qilish, avtomobillarga turli xildagi texnik xizmatlar kо‘rsatish, agregatlar, detallarni ta’mirlash, ishdan chiqqanlarini almashtirish, avtoavariyalar natijasida shikastlangan avtomobillar va ular kuzovlarining ishlash qobiliyatini tiklash ishlari bilan shu\ullanadilar. Shuningdek, mijozlar avtomobillarga, ularning murojatlariga asosan kо‘chalarda, yо‘llarda , avtomobillar turar va saqlash joylarida texnik yordam kо‘rsatish, mijozlarga avtomobilni texnik ekspluatatsiya qilish tо‘\risida konsultatsiya, maslaxat berish, ularni avtoservis axboroti bilan ta’minlash kabi xizmatlar ham ATXKS vazifalariga kiradi.
-
-
ATXKSlari о‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bо‘linadi (rasm 3). - ATXKSlari о‘zlarining ishlab chiqarish faoliyati, quvvati, bajarayotgan xizmat turlari va ma’muriy-tashkiliy tuzilishlariga qarab bir necha turlarga bо‘linadi (rasm 3).
- Odatda shahar stansiyalarida kо‘rsatiladigan xizmat turlari xilma -xilroq, bajariladigan ishlarning hajmi kattaroq bо‘lishi mumkin va shuningdek, bu stansiyalardan foydalanuvchi avtomobillarni tarkibi bir muncha barqaror bо‘ladi, ya’ni stansiyalar bir qadar doimiy mijozlarga ega bо‘ladi.
- Shaharlararo yо‘llar bо‘ylarida joylashgan stansiyalarda aksincha, xizmat turlari chegaralangan bо‘lib, ular asosan texnik yordam kо‘rsatish, mayda tamirlash ishlari, \ildiraklar shinalarini yamash, damlash, motor, tormoz, rul boshqarmasi tizimlari, elektr jihozlari asboblarida paydo bо‘lgan nuqson va nosozliklarni tuzatish va shuningdek, eng kо‘p, zarur bо‘ladigan ehtiyot qismlar va avtomateriallar savdosi bilan shu\ullanadilar.
Shuni aytish zarurki, mamalakatimiz yо‘llari bо‘ylarida joylashgan bunday ATXK stansiyalari aynan 90 yillardan boshlab tashkil etilib ishga tushirila boshlandi, ularning soni ham, xizmat kо‘rsatish darajasi ham hozircha real talablarga javob bera olmayapti. Ular asosan yengil avtomobillarga xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, yuk avtomobillari, avtobuslarning avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyati chegaralangan. Bunday holat shaharlar avtoservisiga ham taalluqlidir. Yо‘l bо‘ylari stansiyalariga xos bо‘lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida uzluksiz ishlashlaridir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat (kooperativ) mulklari asosida tashkil etilib ulardagi ishchi postlarning soni asosan 2-5 tadan iboratdir. - Shuni aytish zarurki, mamalakatimiz yо‘llari bо‘ylarida joylashgan bunday ATXK stansiyalari aynan 90 yillardan boshlab tashkil etilib ishga tushirila boshlandi, ularning soni ham, xizmat kо‘rsatish darajasi ham hozircha real talablarga javob bera olmayapti. Ular asosan yengil avtomobillarga xizmat kо‘rsatishga mо‘ljallangan, yuk avtomobillari, avtobuslarning avtoservis xizmatidan foydalanish imkoniyati chegaralangan. Bunday holat shaharlar avtoservisiga ham taalluqlidir. Yо‘l bо‘ylari stansiyalariga xos bо‘lgan yana bir holat ularning yil va sutka davomida uzluksiz ishlashlaridir. Bunday stansiyalar xususiy yoki shirkat (kooperativ) mulklari asosida tashkil etilib ulardagi ishchi postlarning soni asosan 2-5 tadan iboratdir.
- Chet el (ayniqsa A+Shda) avtoservisi faoliyatida yо‘l bо‘yi ATXKSlari kо‘pincha (70% i atrofida) yonil\i - moy quyish stansiyalari (AZS) bilan yonma-yon joylashgan bо‘ladilar va ba’zan ular bilan bir xо‘jalikni tashkil etadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |