Texnik stansiyalarda vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyasini takomillashtirish


Download 417.08 Kb.
bet1/3
Sana18.11.2023
Hajmi417.08 Kb.
#1785453
  1   2   3
Bog'liq
PRIZENTASIYA STIPENDIYA


Taqdimot
Ta’labgor: Daminov Shahriyor Asomiddin o‘g‘li
Ilmiy rahbar: Butunov Dilmurod Baxodirovich
Mavzu: Texnik stansiyalarda vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyasini takomillashtirish
Kirish: Assalomu alaykum hurmatli komissiya a’zolari ruhsatingiz bilan o‘zimni qisqacha tanishtirsam so‘ngra ilmiy ishim va uning mazmuni haqida qisqacha tanishtirib o‘taman. Men Daminov Shahriyor Asomiddin o‘g‘li Toshkent davlat transport universiteti “Transport tizimlari boshqaruvi” fakulteti 2-bosqich magistratura ta’labasiman, 2022-2023 o‘quv yili magistratura bosqichi uchun qabul natijalariga ko‘ra davlat granti asosida magistraturaga qabul qilindim va semestrlar davomida barcha fanlarni a’lo baholarga o‘zlashtirib kelmoqdaman. Ilmiy rahbarim “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi professor v.b, PhD dotsent Butunov Dilmurod Baxodirovich. Magistrlik dissertasiyam mavzusidan kelib chiqib magistratura ta’labalari o‘rtasidagi O‘zbekiston Respublikasi davlat Prezidenti Stipendiyasi tanlov bosqichida “Texnik stansiyalarda vagon oqimlarini tashkil etish va boshqarish texnologiyasini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy ishim bilan qatnashmoqdaman.
Ushbu taqdimot mobaynida birinchi bo‘lib ilmiy ishimning dolzarbligi va ushbu ish bo‘yicha hozirgi kungacha erishilgan amaliy natijalar bilan ham tanishtirib o‘taman. Hozirgi kunda O‘zbekiston temir yo‘llari AJ tasarrufida 270 dan ziyod turli vazifadagi stansiyalar o‘z ish foliyatini yuritib kelmoqda va har birining ish faoliytidan kelib chiqib muhimlilik darajasi yuqori, mening magistrlik dissertasiyasiga tanlagan mavzumda texnik stansiyalarning ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish va amaldagi mavjud texnologiyalarni takomillashtirish asosida temir yo‘l transportining asosiy ish ko‘rsatkichlarini oshirish masalasi ko‘rib chiqilgan.
Texnik stansiyalar temir yo‘l transporti yuk tashish jarayonida tashish ishlarining sifat ko‘rsatgichlarini belgilab beradi. Texnik stansiya o‘z ichiga saralash va uchastka stansiyalarini qamrab oladi va ish faoliyatining xususiyatiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Saralash va uchastka stansiyalari yuk tashish jarayonida vagon oqimlarini to‘g‘ri tashkil etib, ularni manzili bo‘yicha jo‘natilishi taqsimotining eng samarali variantini aniqlab vagonlarni saralash, harakat tarkibiga texnik xizmat ko‘rsatish va yo‘nalish bo‘yicha yangi poyezd tuzish kabi amallarni bajaradi. Agarda mavjud statistik ma’lumotlarga qaraydigan bo‘lsak tashish jarayonida ma’lum bir yuk jo‘natilgan stansiyadan toki uni qabul qiluvchi manzil stansiyagacha bo‘lgan jarayonda: yо‘lda yurgan vaqti 11%, oraliq stansiyalarda turish vaqti 5%, yuk ortish va tushirish stansiyalarida turish vaqti 50%, texnik stansiyalarda turish vaqti 34% ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Ya’ni bu yerda vagonlarning umimiy turish vaqtining 84% texnik stansiyalarga to‘g‘ri kelmoqda.

Ma’lumki texnik stansiyalar ichida ish hajmining kо‘pligi bо‘yicha saralash stansiyalari yetakchi о‘rinni egallaydi. Saralash stansiyalari temir yо‘l tarmog‘ida vagonlar oqimini samarali tashkil etish bо‘yicha asosiy tayanch punkti hisoblanadi. Temir yо‘l tarmog‘ida saralash stansiyalarining soni kamligiga qaramay ular tashish rejasining bajarilishini belgilab beradi. “О‘zbekiston temir yо‘llari” AJda ish hajmining kо‘pligi bо‘yicha “Chuursoy” saralash stansiyasi yetakchi о‘rinda turadi. “Chuqursoy” stansiyasining sxematik kо‘rinishi 1-rasmda keltirilgan.
1-rasm. “Chuqursoy” saralash stansiyasining sxematik kо‘rinishi

Download 417.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling