9-Ma’ruza Xorijiy davlatlar temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi Ма’ruzachi: PhD, prof. v.b. Butunov Dilmurod Baxodirovich REJA 1) Yevropa, Osiyova MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi 2) Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining tutgan o‘rni Yevropa, Osiyova MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi - Davlat iqtisodiy taraqqiyotining muxim shartlaridan biri tovar va xizmatlarning jaxon boxoriga izchillik bilan kirishidan iboratdir. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni kursatadiki, transport aloqalari jaxon bozoriga kirib borishini jadallashtirishning muxim omilidir.
- O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi elon qilingandan so‘ng transport majmuasi aloqalariga etibor kuchaydi. O‘zbekiston geografik o‘rni dengizlar, bandargoxlar va yirik transport tarmoqlariga bevosita chiqish yo‘llarining yo‘qligini etiborga oladigan bo‘lsak, transport chiqish tizimlari va aloqalarini rivojlantirish bilan bogliq muaommolar va masalalarni xal etish ustuvor strategik ahamiyat kasb etishi ma’lum bo‘ldi. O‘zbekiston Yevropa va Sharqiy Osiyoning quruqlikdagi va xavo yo‘llari orqali o‘tadigan muxim chorraxalarida joylashganligi tufayli tranzit tashishda istiqbolli xalqaro transport punkiti xisoblanadi.
Yevropa, Osiyova MDH davlatlari temir yo‘llari tuzilmasi va vazifasi - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov EKO ishtirokchi mamlakatlari hukumatlari va davlatlari rahbarlarining 1998 yilning mayida Olmaota shahrida bo‘lib o‘tgan beshinchi uchrashuvida va “Buyuk ipak yo‘li” xududi davlatlari rahbarlarining Baku shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvida so‘zlagan nutqlarida uchrashuv ishtirokchilarining e’tiborini o‘zaro aloqalarning rivojlangan, zamonaviy tizimni shakllantirish masalalariga qaratdi.
- Zamonaviy tizimni shakllantirish masalasi juda murrakab va ko‘plab savollar yechimini talab kiladi. Masalan:
- -transport yo‘laklardagi, temir yo‘l va avtomobil trassalarini zamonaviy talablarga ko‘ra yangilash;
- -transport bo‘g’inlarini texnik tomondan ta’mirlash;
- -avtomobil, temir yo‘l, xavo va dengiz transportda harakatdagi texnikalarni zamonaviy vositalar bilan ta’mirlash;
- -xalqaro yuk tashishdagi me’yoriy xujjatlarni muvofiqlashtirish va yangilarini qabul qilish.
- Bozor munosabatlariga o‘tish sharoitida yangi texnika oldingiga qaraganda tezroq kirib keladi, xalqaro konkurentsiya texnologik ustunlikni tez orada moliyaviy ustunlikka aylantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |