Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining tutgan o‘rni - Boshqaruv darajasi va uning samaradorligi qabul qilingan boshqarishning tashkiliy tuzilmasiga to‘g’ridan to‘g’ri bog’liqdir.
- Boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi quyidagi talablarga javob berishi lozim:
- Tashish jarayonlarini ketishining yuqori tezkorligini, mustaxkamligini va nazoratning to‘liqligini ta’minlashi
- transport tashkilotlari barcha tsex va korxonalarining aniq ishlashlarini yo‘lga qo‘yish va ishlab chiqarish jarayonlarida to‘xtalishlar bo‘lmasligini ta’minlashi;
- boshqaruv organlarining bir biriga to‘g’ri bo‘ysunuvchanligini belgilash va ularni ishining yuqori samaradorligini ta’minlashi;
Poyezdlar harakat xavfsizligini ta’minlashda temir yo‘l boshqarmalari, markazlari va korxonalarining tutgan o‘rni - Yo‘naltirilgan boshqarish ishlab chiqarish jarayonlariga to‘g’ridan to‘g’ri ta’sir etish orqali tavsiflanib, boshqarishning barcha funktsiyalari bir shaxs tomondan amalga oshiriladi. Bunday xolatlarda ijrochilarga buyruqlar (yuqoriroq turuvchi boshliqlardan emas) to‘g’ridan to‘g’ri boshliqlaridan keladi. Bunda har bir topshirilgan ishga shaxsan javobgarlik printsipi saqlanib qoladi.
- Funktsional boshqaruv aloxida bo‘limlar yoki ishlab chiqarish ob’ektlar bo‘yicha funktsional yacheykalar (bo‘limlar va sektorlar)ning mavjudligi bilan ajralib turadi. Masalan, ko‘p xollarda temir yo‘llarni boshqarish xizmati bo‘limlari funktsional printsip bo‘yicha quriladi. Yo‘naltirilgan hamda funktsional printsiplarni birlashtirish nisbatan istiqbolli xisoblanadi. Bulardan tashqari bir qator boshqaruv tuzilmalari mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |