Avtoservis xizmatida avtomobillarga txk ishlarining bajarilishi
Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish faoliyati
Download 0.5 Mb.
|
AVTOSERVIS XIZMATIDA AVTOMOBILLARGA TXK ISHLARINING BAJARILISHI
Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish faoliyati. Kafolatdan keyingi davrda servis xizmat ko’rsatish amaldagi avtomobillarga xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom va boshqa raxbariy va me’yoriy texnik talablar asosida amalga oshiriladi. Ikki bosqichlik texnik xizmat ko’rsatish (TXK-1 va TXK-2) ko’zda tutilgan yuk avtomobillari va avtobuslar “Avtomobil transporti xarakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” asosida kafolatdan keyingi davrda texnik xizmat amallarini ko’rsatilgan davriylikda o’tadilar. Ko’p bosqichlik (uch va undan ortiq) servis xizmat ko’rsatish ko’zda tutilgan yuk avtomobillari va avtobuslar zavod rahbariy Yo’riqnomasida ko’rsatilgan davriylikda belgilangan amallarni o’tadilar. Masalan: Mersedes-Bents – O 405 avtobusi Toshkent shahri sharoitida 15 000 km (SX- 15 000), 30 000 km (SX-30000), 45 000 km (SX-45 000) va 90 000 km (SX-90 000) davriylikda keltirgan amallar bo’yicha servis xizmatidan o’tadilar. Bir bosqichlik texnik xizmat ko’rsatish (Servis xizmati) ko’zda tutilgan yengil avtomobillar “Fuqarolar avtomobillariga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” hamda avtozavodlar tomonidan ishlab chiqarilgan “Avtomobillardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma”, “Avtomobil servis kitobchasi” asosida servis xizmat ko’rsatish amallarini o’tadilar. Firmaviy texnik xizmat ko’rsatish, odatda, o’zgarmas davriylik bilan o’tkazilishi rejalashtiriladi va uning davriyligi rivojlangan mamlakatlarda shaxsiy yengil avtomobillarning o’rtacha yurgan yo’li – 15 ming km.ga tenglashtiriladi. (VAZ-2110, 2112, Volvo-400, 700, 900, Matsda 626, KJA Motors-Spectra, Rio, Magentis Sportage, Carnival va boshq.). Og’ir ekspluatatsiya sharoiti uchun “Mazda” avtomobili TXK davriyligi 1,5 marta qisqartirilishi (10 ming km) tavsiya etiladi. Issiq iqlim sharoitida “VAZ”, “Neksiya” va boshqa rusumli avtomobillar uchun ham TXK davriyligi qilib 10 ming km tavsiya qilinadi. Servis xizmat ko’rsatish amallari “Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish bo’yicha Yo’riqnoma”ning “Texnik xizmat ko’rsatish reglamenti” bo’limida keltirilgan. Har xil yengil avtomobillarning texnik xizmat ko’rsatish reglamenti solishtirilganda (2.1-jadval) ularning davriyligi 10 ming km ni tashkil etib, amallar soni 20 dan 35 gachan bo’lib, shu jumladan almashtiriladigan detallar soni 2 dan 10 gachan tashkil etilishi ko’rilgan. Kelgusida firmaviy avtoservis yanada rivojlanib, mijozlarning ma’lumotlari kompьyuterga kiritilib, maxsus dastur asosida servis xizmat ko’rsatish davrlari grafigini bir necha yil oldindan tuzish, sarf xarajatlar xisoblanib, mijoz byudjetini oldindan rejalashtirish imkonini beradi.
Firmaviy avtoservisning navbatdagi dolzarb masalalari: - yangi markadagi avtomobillarga servis xizmati ko’rsatishni birinchilardan bo’lib tashkil etish; - xizmat turlarining yangilarni joriy qilish (avtomobil sotishda lizing usulini qo’llash, ijaraga berish, ishlatilgan avtomobillarni sotishga tayyorlash, sotish va ularga kafolatli xizmat ko’rsatish); - avtomobil tyuningini rivojlantirish – oldingi chiqqan modellarga keyingi modellarda qo’llanilgan rul gidrokuchaytirigichi, konditsioner, avtonavigator, akssessuarlar va boshqa yangiliklarni o’rnatish; - avtoservis sifati menejmenti tizimini rivojlantirish; - servis xizmat ko’rsatish me’yorlarini aniqlashtirish va ularni mijozlarga yetkazish (O’zbekiston sharoiti va uning mintaqalariga moslab servis xizmat ko’rsatish davriyligi va amallar sonini, xar 1000 km.ga to’g’ri keladigan joriy ta’mir solishtirma ish xajmini avtomobilning ekspluatatsion sharoitdagi ishonchliligi tadqiqotlari natijasida belgilash lozim); - avtomagistral yo’llar yoqasidagi avtoservisni rivojlantirish va boshqalar. Firmaviy avtoservis bilan bir qatorda mustaqil servis korxonalari va ustaxonalari ham rivojlanib bormoqda. Mijozlarni jalb qilish uchun arzonroq baxoda va tez xizmat qilish, ixtisoslashgan ishlarni bajarish (yuvish, moy almashtirish, kichik joriy ta’mir ishlari, shina ta’mir, kuzov pachoqlarini ta’mirlash va bo’yash va boshqalar) atrofida yaqin o’rnashgan mijozlarga kafolatdan keyingi davrdagi servis xizmatini ko’rsatish, magistral yo’llar yoqasida, markazdan uzoqdagi xududlarda servis xizmatini tashkil qila olish va boshqalar ularning asosiy afzalligi va keng tarqalganligining sababidir. O’zbekistonda firmaviy avto-servis xorijiy avtomobillar uchun asosan Toshkent shahrida, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun shahar va tuman markazlarida faoliyat ko’rsatayapti va uning ko’lami kengayib bormoqda. Horij tajribasida ham shunday, AQSH da barcha avtoservis xizmati ko’rsatuvchi korxonalarning 9 foizigina firma usulida ishlaydi, ular bajargan ishlarning ulushi 1996 yilda 16 foizni tashkil etgan Respublikamizda avtoservis tizimi yanada rivojlanmoqda, uning xizmatidan bir milliondan ortiq avtomobil egalari muntazam foydalanmoqdalar. Avtoservisning moddiy-texnika bazasini bugungi kun talablari darajasigacha rivojlantirish, sohada qonun ustivorligini ta’minlash, servis xizmati madaniyatini oshirish, tashkiliy-iqtisodiy isloxotlarni amalga oshirish, fan va texnika yangiliklarini ishlab chiqarishga joriy qilish avtoservis bo’yicha texnik siyosatni belgilovchi omillar bo’lishi lozim. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling