Avtoservis xizmatida avtomobillarga txk ishlarining bajarilishi


Avtotransport vositalari servisi tizimi haqida tushuncha


Download 0.5 Mb.
bet3/6
Sana16.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1498619
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
AVTOSERVIS XIZMATIDA AVTOMOBILLARGA TXK ISHLARINING BAJARILISHI

2. Avtotransport vositalari servisi tizimi haqida tushuncha
Dunyo amaliyotida avtomobilsozlik kompaniyalari o’zlari ishlab chiqargan avtomobillarni xaridorlarga sotish uchun texnik xizmat ko’rsatuvchi, ehtiyot qism va ashyolar bilan savdo qiluvchi korxonalar majmuasi bo’lmish avtoservis korxonalarini tashkil etganlar. Keyinchalik avtomobil parkining o’sishi bilan avtomobilsozlik kompaniyalaridan mustaqil servis korxonalari ham paydo bo’la boshlagan. Avtoservis korxonalarida avtotransport vositalariga texnik xizmat ko’rsatiladi, tijorat ishlari amalga oshiriladi va mijozlar bilan ishlanadi.
Servis tizimi tuzilmasi va me’yorlari.
Avtotransport vositalarining texnik shay holda bo’lishi avtoservis korxonalari tomonidan o’z vaqtida o’tkaziladigan texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash amallari orqali taminlanadi. Avtoservis ham rejaviy-ogohlantiruvchi tizimga asoslangan bo’lib, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash to’g’risidagi Nizomlarda va avtomobilsozlik kompaniyalarining o’z “Avtomobillardan foydalanish bo’yicha yo’riqnoma” va boshqa me’yoriy hujjatlarida o’z aksini topgan.
Servis tizimi tuzilmasi. Avtomobillar servisi 3 ta davrga bo’linadi:
- sotisholdi davri;
- kafolat davri;
- kafolatdan keyingi davr.
Avtomobillarga servis xizmati ko’rsatish avtomobilsozlik kompaniyalarning distribyuterlari yoki dilerlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, “Djeneral Motors Uzbekistan” (qisqacha “DJM Uz”) yopiq aktsiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar uchun “Kafolat siyosati va amallar bo’yicha Yo’riqnoma”sida [52] distribyuterlar yoki to’g’ridan-to’g’ri “DJM Uz”ga bo’ysinuvchi dilerlar uchun quyidagi asosiy ko’rsatmalar keltirilgan:
- atamalar ro’yxati;
- kafolat siyosati;
- kafolat amallari majmuasi;
- yangi avtomobillarni olish va saqlash;
- mahsulot haqida kompaniyalar ma’suliyati;
- mahsulot haqida ma’lumot.
Avtomobilning yurish qismi holatini tekshirish va zarurat tug’ilganda sozlash:
- shinalardagi xavo bosimi;
- g’ildiraklarni qotirilganligi;
1. Avtomobillarni yuvish, 2. Kafolatli xizmat ko’rsatish, 3. Texnik xizmat ko’rsatish, 4. Joriy ta’mirlash, 5. Avtomobillarni texnik ko’rikdan o’tkazishga tayyorlash, 6. Avtomobillar va ehtiyot qismlar sotish, 7.Texnik ekspluatatsiya bo’yicha maslahatlar berish, 8. Kuzovning zanglashiga qarshi ishlov berish,
9. Sotish oldi tayyorgarligi, 10. Tashxislash, 11. Yo’lda texnik xizmat ko’rsatish, 12. Agregatlarni mukammal ta’mirlash. 1.5. Yo’l sharoitida ish qobiliyatini sinash
- o’t oldirish qulfi, eshik, kapot, yuk xona qopqog’i qulfi va osmalari;
- tormozlar (ishchi va to’xtab turish);
- dvigatel va transmissiya;
- rul boshqarmasi;
- oldi va orqa osmalar;
- burilish ko’rsatkichlari va halokat xabarlagichlar;
- nazorat-o’lchov asboblari;
- salonni isitish, shamollatish va xavo almashtirish;
- orqa oyna isitgichi;
- qo’shimcha jixozlar;
- shovqin chiqishi;
- yonilg’i moy va suyuqliklarning tomishi.
1.6. Yakunlovchi nazorat.
- kuzovga yopishtirilgan ko’rsatmalarni olib tashlash;
- salonni nazorat qilish va yig’ishtirish;
- avtomobilni yuvish;
- kuzov bo’yog’i holatini nazorat qilish, zarurat tug’ilsa nuqsonlarni
bartaraf etish;
- zahira g’ildirak va asbob-uskunalar to’plamini tekshirish.
II. Uchragan nuqsonlarni bartaraf etish.
Sotish oldi xizmati vaqtida aniqlangan nosozliklarni mahkamlash, sozlash va mayda joriy ta’mir amallarini bajarish orqali, kuzovning kapotlar va eshiklar qirrasi bo’yoqlarining notekisligi va chuqur qirilmagan qismlari mayin jilvirlash va yaltiratish amallari orqali bartaraf etiladi.
III. Qo’shimcha bajariladigan ishlar. Avtomobilga qo’shimcha jihozlar, anjomlar standart talabi asosida, konstruktsiyani o’zgartirmay o’rnatiladi. Masalan, avtomobilni olib qochishga qarshi qurilmalar, eshik oynalarining haydovchi salondan chiqqanidan so’ng avtomat ravishda ko’tarilishini ta’minlaydigan jihozlar, ruxsat berilgan tashqi bezaklar va boshqalar. Mijoz bajarilgan qo’shimcha ishlar haqini to’laydi. Majburiy va uchragan nuqsonlarni bartaraf etish uchun esa haqni avtomobil ishlab chiqaruvchi korxona to’laydi. Sobiq ittifoq avtomobil zavodlarida chiqarilgan yengil avtomobillarning sotish oldi xizmati ish hajmi -
3,5 soatni, UzDEU avtomobillariniki - 0,77 soatni tashkil etgan. “DjiEm Uz” da chiqarilgan avtomobillar uchun esa ma’lumot-“Ish hajmi bo’yicha so’rovnoma”da keltirilgan. Bajarilgan ishlar sanasi servis kitobchaga yoziladi va TXKS muxri bilan tasdiqlanadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling