- O‘ZBEKISTОN RESPUBLIKАSI
- ОLIY VА O‘RTА MАХSUS TА’LIM VАZIRLIGI
- АNDIJОN MASHINASOZLIK INSTITUTI
- “Transport va logistika” fаkulteti Аvtоmоbillаr teхnik ekspluatatsiyasi va servisi fаnidаn
- TAQDIMOT
Avtoservis xizmatiga qo‘yiladigan talablar va ularni belgilovchi xujjatlar Reja: 1. Avtomobil servisi xizmatining sifati to‘g‘risida tushuncha. Ishlar sifati va xizmat madaniyati. 2. Davlat, tarmoq va korxonalarning xizmatlari sifatini belgilovchi va kafolatlovchi standartlari, xavfsizlik va ekologik talablari. 3. Avtoservis xizmati sifatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan texnik- texnologik hujjatlar. Mamlakat avtomobil transportining keskin o‘sishi sharoitida moddiy-texnika va mehnat resurslarini tejashni ta’minlovchi omillardan biri - bu avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sifatini oshirishdir. Bozor munosabatlarining chuqurlashishida bu yo‘nalish o‘z ahamiyatini yanada oshiradi, chunki sifatsiz TXK va JT qo‘shimcha xarajatlarga olib keladi, avtoservis korxonasining obro‘sini tushiradi va mijozni yo‘qotishga olib keladi. Maxsulotning navi, sinfi uning ajralmas xususiyati bo‘l-gani holda sifat – bu mahsulotni xaridor talabiga qanday javob berishini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkichdir. Mahsulotning sifati deganda uning nimaga m o‘ljallan-ganligiga qarab, belgilangan talablarni qoniqtiruvchi xususiyatlar majmuasi tushuniladi. “Yomon”, “yaxshi” va “a’lo sifatli” terminlar qo‘llanishi mumkin. Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash sifatini boshqarishda asosiy ko‘rsatkich bo‘lib, avtomobil va uning agregat hamda tizimlarining texnik holat darajasi qabul qilinadi. olib borishning asosiy shartlaridan biri bozorga qo‘yilgan tovar yoki xizmatning
Do'stlaringiz bilan baham: |