yuqori sifatli bo‘lishi va unga beriladigan kafolat hisoblanadi. Avtoservis xizmati ham bu qoidadan holi emas, chunki mijozlar avtomobillariga ko‘rsatila-yotgan xizmatlarning sifati xizmat ko‘rsatuvchilarning bozordagi, tadbirkorlik faoliyatidagi muvaffaqiyatlari garovidir. Avtomobillarga TXK va ularni ta’mirlash miqyosida bajariladigan ishlar texnik hujjatlarda ko‘rsatilgan texnologik tartibda, texnik talablar va shartlarga rioya qilingan holdagina bajarilsa, bunday bajarilgan ishlarni sifatli deb tan olish mumkin. Masalan, avtomobil motorining blok kallagi alyuminiy qotishmasidan tayyorlangan bloklarda sovuq holdaligida qotirilsa, ch o‘yan qotishmasidan tayorlangan bloklarda issiq holdaligida qotiriladi (bu texnik shart), qotirish o‘rtadagi shpilg’kadan boshlab shaxmat usulida bajariladi (bu texnologik talab), qotirish momentli “GAZ-53” motori uchun 67-72 Nm, “Zil-130” motori uchun 70-90 Nm va “GAZ-24” motorlari uchun 73-78 Nm bo‘lishi (bu texnik talab).. Har qanday ko‘rsatiladigan xizmatning sifatiga mijozlar qo‘yadigan talablar davlat qonunlarida aks ettiriladi va shu holatdagina ularning bajarilishiga huquqiy asos yaratiladi. O‘zbekistonda va Rossiyada bunday qonunlar hozircha ikkita: “Istehmolchilarning huquqini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonuni 1996 yil may qilish to‘g‘risida”gi qonun. Bu qonunlarda tovar (mol) ishlab chiqaruvchi yoki savdo javobgarliklari umumiy tarzda keltirilgan. Ikkinchi qonunda esa tovarni yoki tayyorlanganligi yoki bajarilganligini davlat tomonidan tasdiq-lanishi va shu to‘g‘risida hujjat yoki belgi berish belgilangan. Bu qonunlardan tashqari davlatning yana bir qancha standart-lari (GOSTlari)
Do'stlaringiz bilan baham: |