Avtotraktor energiya manbai-ichki yonuv dvigatellarining yaratilish tarixi, turlari, umumiy tuzilishi va ish jarayoni


To‘rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish sikli


Download 99.02 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi99.02 Kb.
#1501479
1   2   3   4
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish 14 мавзу

To‘rt taktli karbyuratorli dvigatelning ish sikli. Zamonaviy avtomobillarga o‘rnatiladigan karbyuratorli dvigatellar asosan to‘rt taktli sikl bo‘yicha ishlaydi. Taktlar quyidagacha nomlanadi:
1) kiritish takti;
2) siqish takti;
3) kengayish takti (ish yo‘li);
4) chiqarish takti.
Birinchi takt—kiritish. Bu takt silindrni yonuvchi aralashma bilan to‘ldirish uchun zarur. Kiritish klapani ochiq, Porshen 4 Yu. Ch. N dan P. Ch. N. ga yetganda silindr 5 yonilg‘i aralashmasi bilan to‘ladi, kiritish klapani 1 yopiladi.
Hosil bo‘lgan aralashma ish aralashmasi deyiladi. Kiritish taktining oxirida bosim 70...90 kPa (0,7...0,9 kg k/sm2, ish aralashmasining harorati 340... 380 K (70... 110°S ).

13.3-rasm. To‘rt taktli karbyuratorli dvigatel ish sikli
Ikkinchi takt — siqish. Kiritish xamda chiqarish klapanlari 1 va 3 yopiq. Porshen P. Ch. N. dan Yu. Ch. N. ga harakatlanganda ish aralashmasi siqila boshlashi hisobiga uning ichki energiyasi oshadi va yonish uchun tayyor holga keladi. Aralashmaning bosimi 1200... 1700 kPa (12... 17 kgk/sm2), harorati esa 300...400°S. Takt oxirida svecha 2 elektrodlari orasida elektr uchquni paydo bo‘ladi va silindrda siqilgan ish aralashmasi alangalanadi.
Uchinchi takt — ish yo’li yoki yonish va kengayish takti. Kiritish hamda chiqarish klapanlari 1 va 3 yopiq. Bu taktda ishchi aralashmaning yonishidan hosil bo‘lgan issiqlik energiyasi foydali mexanik energiyaga aylantiriladi. Takt boshida yongan gazlarning bosimi 3500...5000 kPa (35...50 kgk/sm2 ), harorati esa 2000.. .2400°S gacha ko‘tariladi. Bosim ta’sirida porshen Yu. Ch. N. dan P. Ch. N.ga harakatlanadi, bunda ish yo’li takti bajariladi. Takt oxirida silindrdagi gaz bosimi 400...500 kPa (4,0...5,0 kgk/sm2) gacha, harorati esa 1030...1830°S gacha pasayadi.
To’rtinchi takt chiqarish. silindrni ishlatilgan gazlardan tozalash takti. Chiqarish klapani ochiq. Porshen 4 P. Ch. N. dan Yu. Ch. N.ga harakatlanadi va yongan mahsulotlar tashqi muhitga siqib chiqariladi. Bu taktning oxirida silindr ichida qolgan gazlarning bosimi 11O... 120 kPa (1,1—1,2 kgk/sm2), harorati 500...830°S. Keyin esa sikl takrorlanadi

Download 99.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling