To‘rt taktli dizel dvigatelning ish sikli. To‘rt taktli dizelning ish sikli ham karbyuratorli dvigateldagi kabi kechadi. Ammo dizelning ish jarayonida silindrga yonuvchi aralashma emas, balki havo va yonilgi ayrim-ayrim holatda maxsus qurilmalar yordamida kiritiladi.
Birinchi takt — kiritish. Kiritish klapani 1 ochiq. Porshen 4 Yu. Ch. N.. dan P. Ch. N. ga harakatlanganda silindrga changdan tozalangan havo so‘riladi. Kiritish taktining oxirida silindrdagi bosim 80...90 kPa (0,8...0,9 kgk/sm2), harorat esa 50...70oS.
Ikkinchi takt — siqish.. Ikkala klapan yopiq holatda, porshen P. Ch. N.dan Yu. Ch. N. ga harakatlanadi, natijada silindrdagi havo siqiladi. Siqish takti oxirida havo bosimi 3000...4000 kPa (30...40kgk/sm2) gacha, harorati esa 500.. .730°S gacha yetadi.Uchinchi takt — kengayish. Ikkala klapan yopiq holatda. Bu taktning boshlanishida siqish taktining oxirida alangalangan yonilg’ining yonish jarayoni davom etadi. silindrdagi bosim 5500...8000 kPa (55...80 kgk/sm2), harorat 1630...1930°S. silindr ichidagi yuqori bosimli gazlarning kengayishi natijasida porshen Yu. Ch. N.dan P. Ch. N. ga harakatlanib, shatun orqali tirsakli valning krivoshipini 180° burchakka buradi. Porshen P. Ch. N. ga yaqinlashganda, gazlarning kengayishi natijasida, ularning silindrdagi bosimi 3000...4000 kPa (30...40 kgk/sm2) ga, harorati esa 630...930°S ga pasayadi.
To’rtinchi takt — chiqarish. Chiqarish klapani 3 ochiq. Porshen P. Ch. N. dan Yu. Ch. N.. ga harakatlanib, chiqarish klapani orqali ishlatilgan gazlarni tashqi muhitga chiqarib yuboradi. Bu takt oxirida silindrda qolgan gazlarning bosimi 110—120 kPa (1,1...1,2 kgk/sm2 )ga, harorati esa 430...630°S ga teng.
Korbyuraterli dvigatellarning kamchiliklari.
Yoqilg’I sarfining kattaligi(dizel dvigateliga qaraganda 1,5-2 baravargacha);
Qizishga moyillik;
Kichik oborotlarda tortish kuchining kamligi;
Konstruksiyada qo’shimcha tizimlarning mavjudligi;
Resursning kamligi;
Ilashish mexanizmining tez eyilishi;
Yongin xavfining balandligi.
Dizel dvigatellarining kamchiliklari.
Tezligining pastligi;
Narxining qimmatligi;
Yoqilg’iga qo’yiladigan talabning yuqoriligi;
Ta’mirlashning qimmatligi va yuqori malaka talab qilishi;
Dvigatelni qizdirish uchun ko’p vaqt sarflanishi;
Ishlaganda shovqin va vibratiyaning balandligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |