Avtotraktor energiya manbai-ichki yonuv dvigatellarining yaratilish tarixi, turlari, umumiy tuzilishi va ish jarayoni


IYoD ish jarayonini o‘rganish va baholash uchun bir nechta muhim parametrlarni bilish kerak


Download 99.02 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi99.02 Kb.
#1501479
1   2   3   4
Bog'liq
Yo\'nalishga kirish 14 мавзу

IYoD ish jarayonini o‘rganish va baholash uchun bir nechta muhim parametrlarni bilish kerak.

13.2-rasm. IYoD asosiy parametrlari

Yuqorigi chekka nuqta (yu. ch. n) porshenning silindr ichida dvigatel tirsakli vali o‘qidan eng uzoqlashgan yuqori vaziyatda turish holati.


Pastki chekka nuqta (p. ch. n.) — porshenning silindr ichidagi tirsakli val o‘qiga eng yaqinlashgan pastki vaziyatda turish holati.
Porshen yo’li — porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtaga harakatlanganda bosib o‘tilgan yo‘l.
Silindrning ish hajmi Vn porshen yuqorigi chekka nuqtadan pastki chekka nuqtagacha harakatlanganda hosil bo‘lgan hajm. U quyidagi formula orqali aniqlanadi:
[m3]
bu yerda D silindr diametri, m; S — porshen yo‘li, m.
Siqish bo‘linmasi (kamerasi)ning hajmi porshen yuqorigi chekka nuqtada turganda, uning ustki qismida hosil bo‘lgan hajm. Vs harfi bilan belgilanadi.
Silindrning to‘la hajmi — porshen pastki chekka nuqtada turganda uning ustki qismida hosil bo‘lgan bo‘shliq. 13.2-rasmdan ko‘ramizki, silindrning to‘la hajmi IYoD silindri ish hajmi Vh va siqish bo‘linmasi hajmi Vs ning yig‘indisiga teng,
Va = Vh + Vs (m3)
Silindr to‘la hajmining siqish kamerasining hajmiga nisbati siqilish darajasi deb ataladi va quyidagicha ifodalanadi:

Siqilish darajasi porshen pastki chekka nuqtadan yuqorigi chekka nuqtaga yetib borganda, silindr ichidagi ish aralashmasining hajmi siqilish tufayli necha marta kamayishini ko‘rsatadi.
Ish sikli deb IYoD foydali ish bajarishi uchun zarur so‘rish, siqish, ish bajarish (ish y’o’li) va chiqarish jarayonlarining ketma-ket sodir bo‘lishidir.
Takt dvigatel ish siklining bir qismi bo‘lib, porshen bir chekka nuqtadan ikkinchi chekka nuqtaga harakatlanganda sodir bo‘luvchi jarayon.

Download 99.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling