Avtotransformatorlar. Payvandlash transformatorlari hamda o‘lchov transformatorlar


Download 42.29 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi42.29 Kb.
#1350337
Bog'liq
АВТОТРАНСФОРМАТОРЛАР. ПАЙВАНДЛАШ ТРАНСФОРМАТОРЛАРИ ҲАМДА ЎЛЧОВ ТРАНСФОРМАТОРЛАР. uz-assistant.uz


AVTOTRANSFORMATORLAR. PAYVANDLASH TRANSFORMATORLARI HAMDA O‘LCHOV TRANSFORMATORLAR.

MAQSAD: Transformatorlarning ishlatilishi, va kullanilishini o‘rganish.




REJA:

  1. Avtotransformatorlar haqida umumiy tushuncha

  2. Bir fazali avtotransformatorning sxemasi

  3. Avtotransformatorlarni xalk xujaligidagi urni

  4. Payvandlash transformatori haqida umumiy maʼlumotlar.


Avtotransformatorlar haqida umumiy tushuncha.
Kuch transformatorlarida past kuchlanishli cho‘lg‘am bilan yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amlar o‘rtasida faqat elektromagnit bog‘lanish mavjud.
Avtotransformatorlar deb past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli cho‘lg‘amlari orasida magnit bog‘lanishdan tashqari elektr bog‘lanishlar ham mavjud bo‘lgan transformatorlarga aytiladi.
Avtotransformatorlarning birlamchi cho‘lg‘amlari past kuchlanishli va yuqori kuchlanishli manbalariga ulanishi mumkin (27-rasm). Ikkala holda ham

Uyu=Up+U2 (9-1)


Buni quyidagi rasmdan ham ko‘rish mumkin





27-rasm. Bir fazali avtotransformatorning sxemasi

Avtotransformatorlardan kuchlanishni oshirish va pasaytirish maqsadlarida foydalanish mumkin. Avtotransformatorlarda elektr yurituvchi kuch va toklar umumiy holdagi transformatorlarga o‘xshash nisbatlarda bo‘ladi.




(9-2)

bu yerda Kat –avtotransformatorning transformatsiyalash koeffitsiyenti.


Avtotransformatorlarda ikki xil quvvat hisoblanadi:
ichki quvvat yoki hisoblangan quvvat

Si=E1I1=E2I2 (9-3)


va tashqi (o‘tuvchi) quvvat
St =UpIp=UyuIyu (9-4)

Birlamchi cho‘lg‘amdan ikkilamchi cho‘lg‘amga magnit maydon yordamida uzatiladigan quvvatga avtotransformatorning ichki quvvati deb ataladi. Sit chunki quvvatning bir qismi tashqi zanjirga (isteomolchilarga) cho‘lg‘amlar orasidagi elektrik bog‘lanish orqali oqib o‘tadi. Avtotransformatorlarni tayyorlash uchun sarflanadigan elektrotexnik materiallar va avtotransformatorning o‘lchamlari ichki quvvatga asosan aniqlanadi, shuning uchun Sit avtotransformatorlardan foydalanish Si=St bo‘lgan kuch transformatorlarga nisbatan foydali. O‘tkazilgan amaliy tajribalar va hisoblashlar transformatsiyalash koeffitsiyenti birga yaqin bo‘lgan avtotrans-formatorlarni qo‘llash afzalligini ko‘rsatdi.


Keyingi paytlarda avtotransformatorlardan yuqori kuchlanishli (110, 154, 220, 500kV) elektr tarmoqlarni bir-biriga ulashda qo‘llanilmoqda. Uch fazali avto-transformatorlarning cho‘lg‘amlari yulduz shaklida ulanib, magnit oqim tarkibidagi uchinchi garmonikani yo‘qotish uchun shu garmonikaning quvvatiga nisbatan hisoblangan uchinchi cho‘lg‘am magnit o‘zakka o‘rnatiladi. Avtotransformatorlarda cho‘lg‘amlarni uchburchak sxemada ulash kam qo‘llaniladi. Bu trans-formatorlardagi quvvat isroflari va qisqa tutashuv kuchlanishlari kuch transformatorlarnikiga o‘xshash bo‘ladi. Agar quvvat isroflarini va qisqa tutashuv kuchlanishlarini avtotransformatorning «o‘tish» quvvatiga nisbatan hisoblansa, bu kattaliklar kuch transformatorlariga nisbatan St/Si marta kichik bo‘ladi. Shuning uchun elektr energiyani uzatishda ko‘llanilgan avtotransformatorlarning foydali ish koe-ffitsiyentlari ortib ketadi, kuchlanishning pasayishi esa kamayadi.

Avtotransformatorlar asosan kuchlanishi uncha ko‘p o‘zgartirilmaydigan dvigatellarni yurgizib yuborishda kuch-lanishni pasaytiruvchi element sifatida qo‘llaniladi. Cho‘lg‘amlar orasida elektrik bog‘lanish mavjud bo‘lganligi uchun past kuchlanishli cho‘lg‘am va unga ulangan apparatlarni himoyalovchi materiallari yuqori kuchlanishli cho‘lg‘am kuch-lanishiga nisbatan hisoblangan bo‘lishi shart.


Avtotransformatorlarning nominal yuklanish rejimi deb cho‘lg‘amlarni zavod shitokida ko‘rsatilgan nominal tok bilan ikki minutli yuklanishiga aytiladi.
Avtotransformator cho‘lg‘amlarining harorati 135S dan oshmasligi shart. Avtotransformatorlarning f.i.k. lari i 99.7% ga yetib boradi.
Download 42.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling