Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari
Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining asosiy
Download 27.36 Kb.
|
11-mavzu
3. Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining asosiy
vazifalari Avtotransport korxonalarida boshqa korxonalar singari buxgalteriya hisobining ob’ektlari bo‘lib asosiy va asosiy bo‘lmagan faoliyat turlari, ularni tashkil qiluvchi jarayon va operatsiyalar, faoliyat turlarining olib borilishini ta’minlovchi aktivlar, aktivlarni tashkil topish manbalari, shuningdek erishilgan moliyaviy natijalar hisoblanadi. Buxgalteriya hisobining ushbu ob’ektlari avtotransport korxonalarida, bir tomondan, o‘ziga xos xususiyatlarga, ikkinchi tomondan esa, barcha korxonalardagi kabi umumiy jihatlarga ega. Avtotransport korxonalari asosiy faoliyatini bevosita avtotransport vositalari bilan bog‘liqligi buxgalteriya hisobidan eng avvalambor ushbu vositalarning mavjud holati va harakati, ular yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar, olingan daromad va qilingan xarajatlar, avtotransport xizmatidan erishilgan moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi axborotlarni yig‘ish, qayd etish, guruhlash, jamlash kabi funksiyalarni bajarishni taqozo etadi. Bundan tashqari hisob xodimlari avtotransport vositalari ish faoliyatini soniy va sifat jihatdan ifodalovchi ko‘rsatkichlarni doimiy nazorat va tahlil qilish, nazorat va tahlil natijalarini tegishli boshqaruv qarorlarini qabul qilish maqsadida rahbariyatga hamda boshqa foydalanuvchilarga o‘z vaqtida etkazib berish kabi funksiyalarni ham bajarishlari lozim. Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)lar naqd hamda naqdsiz pulga amalga oshiriladi. Avtotransport korxonalari tomonidan naqd pulga ko‘rsatilgan xizmatlar aholiga ko‘rsatilgan pullik xizmatlarning muhim turlaridan biri hisoblanadi. Ushbu pullik xizmatlarning hajmi avtotransport korxonalarining kassasiga topshirilgan pul miqdori bilan, shuningdek sotilgan yo‘l chiptalari, talonlar hamda haydovchilar tomonidan yo‘lda yoqilg‘i sotib olish uchun sarflangan yo‘l puli miqdoridan iborat bo‘ladi. Naqdsiz pulga avtotransport xizmatlari tuzilgan shartnomalar asosida ko‘rsatiladi. Ushbu xizmatlar hajmi buyurtmachilarga taqdim etilgan va ular tomonidan to‘lov uchun qabul qilingan schyot-fakturalar asosida aniqlanadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)lar hajmini hisob-kitob va to‘lov turlari bo‘yicha alohida-alohida hisobga olish zarurati borligidan darak beradi. Avtotransport yordamida bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmat)larni qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS)ga tortishda ham o‘ziga xos xususiyatlar mavjud. CHunonchi, birgina avtotransport yordamida yo‘lovchi tashishda shaharichi marshrutlaridan tushgan tushumlar QQSga tortilmaydi. SHaharlararo va shahar hududidan 10 kilometrdan ortiq masofdagi manzillarga yo‘lovchi tashishdan tushgan tushumlar QQSga tortiladi. YUk tashishdan tushumlar ularning shaharichi yoki shaharlararo qatnovidan qat’iy nazar QQS to‘lovchi avtotransport korxonalarida QQSga tortiladi. Avtotransport tomonidan bajariladigan ish (ko‘rsatiladigan xizmat)larni QQSga tortishdagi ushbu xususiyatlar buxgalteriya hisobi oldiga avtotransport korxonalarida QQSga tortiladigan hamda unga tortilmaydigan daromadlarni alohida-alohida hisobga olish talabini qo‘yadi. Avtotransport korxonalari faoliyatida transport vositalarining muhim ahamiyatga molikligi haydovchilar hamda boshqa texnik xodimlar mehnati va ular mehnatiga haq to‘lashni tashkil qilishda o‘ziga xos yondashishni talab qiladi. CHunonchi, avtotransport vositalarini ekspluatatsiya qilish hamda ular butligini va ishga loyiqligini ta’minlash zarurati, avtotransportning turlari, markalari, ularning yuk tashish imkoniyatlari, boshqarish darajasining murakkabligi, maxsus razryadlarni talab qilishligi yoki qilmasligi, ishlash rejimlari va shu kabi boshqa omillar avtoxo‘jaliklarda mehnatni tashkil qilishning, mos ravishda moddiy javobgarlikning yakka hamda brigada shakllaridan keng foydalanishni, shuningdek mehnatga haq to‘lashning ishbay va vaqtbay turlarini keng qo‘llashni taqozo etadi. Ushbu xususiyatlar avtoxo‘jaliklarda mehnat va mehnatga haq to‘lash hisobini tashkil qilishda maxsus yondashishni zarurat qilib qo‘yadi. Download 27.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling