Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobini tashkil qilish asoslari


Download 27.36 Kb.
bet1/4
Sana11.03.2023
Hajmi27.36 Kb.
#1261128
  1   2   3   4
Bog'liq
11-mavzu


11-mavzu: AVTOTRANSPORT KORXONALARIDA BUXGALTERIYA
HISOBINI TASHKIL QILISH ASOSLARI

Reja
1.Avtotransport korxonalarining buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatidagi tavsifi va ular
faoliyatiningtashkiliy-huquqiy asoslari
2. Avtotransport korxonalari hisob siyosatining xususiyatlari
3. Avtotransport korxonalarida buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari


1.Avtotransport korxonalarining buxgalteriya hisobi sub’ektisifatidagi tavsifi va ular faoliyatiningtashkiliy-huquqiy asoslari
Respublikamiz xalq xo‘jaligini rivojlantirishda transport tarmog‘i muhim ahamiyatga ega. Bu tarmoq o‘z ichiga temir yo‘l, havo yo‘llari, daryo, dengiz, er osti va er usti avtomobil yo‘llari transportlarini oladi.
Respublikamizning geografik o‘rni, tabiiy-iqlimiy sharoiti, uni dunyoning boshqa mamlakatlari bilan bog‘lovchi daryo va dengiz yo‘llarining yo‘qligi, shuningdek boshqa ob’ektiv va sub’ektiv sharoitlar sababli mamlakatimiz transport tarmog‘ida avtotransport o‘ziga xos o‘rin egallaydi. CHunonchi, respublikamizda tashilayotgan yuk hajmining 85 foizi, yo‘lovchi tashish hajmining 96 foizi aynan avtotransportga to‘g‘ri keladi. Bu, o‘z navbatida, avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi korxonalarni xalq xo‘jaligida katta ahamiyat kasb etishini, shuningdek ularni buxgalteriya hisobining muhim sub’ektlaridan biri ekanligini bildiradi.
Avtotransport korxonalarini buxgalteriya hisobi sub’ekti sifatida turli belgilari bo‘yicha tasniflash va tavsiflash mumkin.
Mulkiy shakliga ko‘ra avtotransport korxonalari davlat, nodavlat hamda aralash mulk shaklidagi korxonalarga bo‘linadi.
Tashkiliy-huquqiy maqomiga ko‘ra avtotransport korxonalari ochiq va yopiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyat, xususiy korxona hamda davlat unitar korxonasi kabi turlarga bo‘linadi. Bu turdagi korxonalarni tuzish va ular faoliyatini yuritish tartibi respublikamizning maxsus qonunlari va davlat korxonalari to‘g‘risida Nizom bilan belgilangan.

Download 27.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling