Avtotransport va atmosfera havosi
Download 84.7 Kb.
|
garbalogiya 15 talik mavzu 3 list
AVTOTRANSPORT VA ATMOSFERA HAVOSI Tabiiy muhitda vujudga keladigan vulqovlar, shamol va yog’ingarchiliklar, tabiiy ofatlar (suv toshqini, zilzila) tufayli atmosfera havosi ifloslanadi. Bundan tashqari, atmosfera havosi tarkibigiga o’simliklar va hayvonot qoldiqlari, zaharli gazlar (SO2, NO2, SO2), uglevodorodlar (metan, etan, ammiak va boshqa gazlar va suyuqliklar), koinotdagi gazlar va chang zarrachalari tabiiy holda kelib qo’shiladi. Atmosfera havosining bunday ifloslanishiga tabiiy (biologik) ifloslanishi deyiladi. Ma’lumotlarga qaraganda, yiliga koinotdan 1 mlrd t dan ortiq turli xil gaz va chang zarrachalari atmosfera havosiga kelib qo’shiladi. Bundan tashqari, Er yuzida 500 dan ziyodroq doimiy otilib turuvchi vulqonlar mavjud bo’lib, ularning har biridan yiliga 75 mln t gacha turli xil iflosliklar va changlar atmosfera havosiga qo’shilib turadi. YOki Orol dengizi sohillarining chekinishi tufayli vujudga kelgan 3,5 mln gektardan ziyodroq dengiz tubining tuzli maydonidan yiliga 100 mln t dan ortiq chang va tuz zarrachalari atmoefera havosiga qo’shilmoqda. Bularning barchasi tabiiy holda vujudga keladi. Ammo shu erda bir narsani yodda saqlash kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi tabiiy changlarniig ma’lum bir miqdori Erda sodir bo’ladigan barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarning kechishi uchun katta ahamiyatga ega. Atmosfera havosi tarkibidagi changlar suv bug’lari uchun kondensasiya yadrosi hisoblanadi va yog’ing’archiliklarni vujudga keltirib turadi. Ular Quyosh nurlarini yutib, tirik organizmlarni ortiqcha nurlanishidan saqlaydi, SHuning uchun, atmosfera havosi tarkibidagi changlar ma’lum darajada uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi va atmosferada kechadigan barcha hodisa va jarayonlarni tartibga solib turadi. Atmosfera havosining asosiy ifloslantiruvchi manbalari quyidagilardan iborat: Sanoat korxonalari. Markazlashgan issiqlik va elektr tarmoqlari. Avtotransport vositalari. Qishloq xo’jaligi tarmoqlari. Maishiy xizmat ko’rsatish korxonalari. Atmosfera havosining sun’iy (antropogen) usulda ifloslanishi inson faoliyati bilan chambarchas bog’liqdir. Sanoat korxonalari, qurilish, energetika tarmoqlari, qishloq xo’jaligi, konchilik va maishiy xizmat ko’rsatish korxonalaridan chiqadigan zararli gazlar, bug’lar, changlar, bakteriya va mikroblar atmosfera havosini sun’iy ifloslantiradi. Atmosfera havosiga chiqariladigan iflos moddalarning asosiy qismini zaharli gazlar (SO2, SO2, NO2), uglevodorodlar, chang, qurum, metal birikmalari tashkil yetadi. Ular ko’pincha organik moddalar va yoqilg’ilarni yondirish paytida vujudga keladi. Har yili atmosfera havosiga 200 mln t chang, 210 mln t SO2, 300 mln t qo’rg’oshin birikmalari va qurum, 700 mln t SO2 chiqariladi. Qurum tarkibida 1,5-2,0% benzoprin va dioksin kabi kanserogen moddalar mavjud bo’lib, ular nafas olish yo’llari orqali inson organizmiga kirib, rak kasalligini keltirib chiqaradi. Yoqilg’i (ko’mir yoki mazut) bi lan ishlaydigan bitta elektr stansiyasi atmosfera havosiga sutkasiga o’rtacha 1,2 t SO2, 1,5 t NO2, 3-4 t SO2 va 10 t dan ziyodroq kul, chang va qurum chiqaradi. Toshkent GRES i 60% tabiiy gaz va 40% suyuq yoqilg’i bilan ishlab, sutkasida 154 ming m2 oltingugurt va 200 ming m2 azot oksidini havoga chiqarmoqda. Toshkentdagi “Kompressor” zavodi soatiga 400 ming m3 turli xil gazlarni atmosfera havosiga chiqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, Fransiyaning birgina “Elektisitel` Frans” issiqlik elektr stansiyasida bir oyda 51 ming t ko’mir yoqiladi. Natijada kuniga stansiya dudburonlaridan 33 t sul`fit angidrid gazi va 250 t kul va qurum havoga chiqadi. SHuni alohida ta’kidlash kerakki, texnologik jarayonlarning uzluksiz kechishi uchun kislorodning roli nihoyatda kattadir. Masalan, 1 t cho’yan olish uchun 150 m2, 1 t po’lat olish uchun 35-70 m2 va 1t asetilen olish uchun esa 3600 m2 kislorod sarflanadi. Atmosfera ifloslanishida tog’-kon sanoati, maishiy-kommunal xo’jaligi va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining ulushlari ham nihoyatda kattadir. Masalan, Toshkent shahridan bir sugkada 20 mln m3 ishlangan, iflos va tarkibida 4% SO2 bo’lgan gazlar atmosfera havosiga chiqariladi. CHorvachilik korxonalari atmosfera havosini changlar, gazlar (NN3, SO2, SO2, SN4), uglevodorodlar va xususan, yuqumlik kasalliklarni tarqatuvchi mikroblar va bakteriyalar bilan ifloslantiradi. Masalan, 100 ming bosh qora molga mo’ljallangan ferma atmosfera havosiga 1 sutkada 50-200 kg NH2, 10-15 kg gacha oltingugurtli vodorod (N2S), 0,3-2,0 t gacha chang va 1,5 mln gacha turli bakteriyalar chiqaradi. Ma’lumotlarga qaraganda, yiliga koinotdan 1 mlrd t dan ortiq turli xil gaz va chang zarrachalari atmosfera havosiga kelib qo’shiladi. Bundan tashqari, Er yuzida 500 dan ziyodroq doimiy otilib turuvchi vulqonlar mavjud bo’lib, ularning har biridan yiliga 75 mln t gacha turli xil iflosliklar va changlar atmosfera havosiga qo’shilib turadi. YOki Orol dengizi sohillarining chekinishi tufayli vujudga kelgan 3,5 mln gektardan ziyodroq dengiz tubining tuzli maydonidan yiliga 100 mln t dan ortiq chang va tuz zarrachalari atmoefera havosiga qo’shilmoqda. Bularning barchasi tabiiy holda vujudga keladi. Ammo shu erda bir narsani yodda saqlash kerakki, atmosfera havosi tarkibidagi tabiiy changlarniig ma’lum bir miqdori Erda sodir bo’ladigan barcha fizikaviy, kimyoviy va biologik jarayonlarning kechishi uchun Download 84.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling