Avtotransport vositalari servisi asoslari


Ishlash jarayonida amortizatorda paydo buladigan nosozliklar


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Ishlash jarayonida amortizatorda paydo buladigan nosozliklar,
Podshipniklarning va gupchakning ichki qismi surkov moyi bilan to’ldiriladi va gupchak qalpog’i
o’rnatiladi. SHkvoren birikmasining yeyilishi T1 asbobi yordamida aniqlanadi. Asbob indikatori
avtomobilning oldingi ko’prigiga o’rnatiladi. G’ildirak osib qo’yiladi va indikatorning o’lchash sterjeni
tayanch tormoz diskining pastki qismiga keltiriladi.
Agarda shkvoren birikmasida yeyilish bo’lsa, g’ildirak tushirilganda indikator uning kattaligini
ko’rsatadi. Birikmadagi tirqish 1,5mm gacha bo’lsa, avtomobil foydalanishga yaroqli deb hisoblanadi.
Oldingi ko’priklar maxsus jihozlar yoki tagliklarda bo’laklarga ajratiladi. SHkvorenlarni, uning
barmoqlarini, tashqi va ichki podshipniklarini yechish uchun maxsus yechgichlardan foydalaniladi.
Yedirilgan podshipniklar va rul tortqilari sharnirlari yangisiga almashtiriladi. Oldingi ko’prik balkasini
egilganligini maxsus moslamalar, shablonlar, lineykalar va burchak o’lchagichlar yordamida aniqlanadi.
Edirilgan shkvoren vtulkalari yangisiga almashtiriladi. Avval vtulkaning bir tomoni, keyin esa
ikkinchi tomoni almashtiriladi. Almashtirish vaqtida o’rnida qolgan vtulka, o’rnatilayotgan vtulka uchun
markazlovchi rolini o’ynaydi. Oldingi ko’prik nosozliklarining eng ko’p uchraydigani g’ildirakni
o’rnatish burchaklarini buzilishidir. Tuzilishi jihatidan yuk avtomobillari va avtobuslar uchun faqat
yaqinlashuv burchagi, yengil avtomobillar uchun g’ildirakning og’ish burchagi, shkvorenning bo’ylama
og’ishi, burilish burchaklarining bir-biriga monandligi va yaqinlashuvi sozlanadi. Keltirilgan ketma-ketlik
texnologik zaruriy hisoblanadi. Bu ketma-ketlikka rioya qilmaslik avval sozlangan burchakni buzilishiga
olib keladi.
Yuk avtomobillari va avtobuslarda g’ildiraklarning og’ish burchagi hamda shkvorenni bo’ylama
og’ish burchagini buzilishi, balkani deformatsiyasi hisobiga o’zgaradi. Agar balkani to’g’rilashning
imkoni bo’lmasa uni yangisiga almashtiriladi. Hozirda ishlab chiqarilayotgan, oldingi osmasi 2 ta
richagdan iborat bo’lgan yengil avtomobil g’ildiraklarining og’ish burchagi yuqorigi yoki pastki richagni
siljitish yo’li bilan sozlanadi. Buning uchun har bir qotirish bolti tagiga bir xilda tiqinlar qo’shiladi (yoki
olinadi). SHkvorenni bo’ylama og’ish burchagini richag o’qlarini gorizontal tekislikda burash hisobiga
sozlanadi. Buning uchun sozlash tiqinlarini bir bolt tagidan olib ikkinchisiga qo’yiladi. Tiqinlarni
o’zgartirish soni sozlanuvchi burchakka bog’liq.
G’ildirakning og’ish burchagi va shkvorenni bo’ylama og’ish burchagini sozlash uchun bitta
operatsiya bajarilishi kerak. SHuning uchun maxsus tayyorlangan nomogrammalar ishlab chiqilgan.
Hozirda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy avtomobillarda (shu jumladan NEKSIYa, Lasetti, MATIZ
vah.k.) makferson (to’lg’anuvchi sham) turidagi osma qo’llaniladi. Bunday yengil avtomobillar uchun


g’ildirakning og’ish burchagi va burilish o’qining og’ishini sozlash ishlari bajarilmaydi, faqatgina
yaqinlashuv burchagigina sozlanadi xalos.
2-rasm. Boshqariladigan g’ildiraklarni o’rnatish shakli: a-og’ish
0
va shkvorenning ko’ndalang
qiyalik
0
burchaklari; b-shkvorenning bo’ylama qiyalik
0
burchagi; v-g’ildiraklarning yaqinlashuv
masofasi G’ildirakning yaqinlashuv burchagini to’g’ri sozlash eng muhim hisoblanib, uni me’yorida
bo’lmasligi shina protektorini juda tez va notekis yeyilishiga olib keladi.
Yaqinlashuv burchaklarigina sozlash ishlari K-463 turidagi teleskopik chizg’ich yordamida yoki
maxsus jihozlar yordamida amalga oshiriladi. quyida teleskopik lineykaning tuzilishi (3-rasm) keltirilgan.
Lineykaning (7)-tayanchli (6)-harakatlanuvchi uchi avtomobilning oldingi g’ildiraklari koleyasi
kattaligiga qarab suriladi va (5)-qotirgich bilan mahkamlanadi. CHizg’ichning ikki uchiga qotirilgan (8)-
zanjirlar chizg’ichni ikkala tomonini poldan bir hil balandlikda o’rnatishni ta’minlaydi.
3-rasm. Yaqinlashuv burchaklarini sozlash lineykasi.
Klassik modeldagi VAZ avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlash yon tortkilarning
uzunligini uzgartirish bilan bajariladi (4- rasm). SHaklda yakinlashuv burchagini sozlash uchun
tortkining uzunligini uzgartirilishi keltirilgan. Buning uchun (3)-xomutning (1)-gaykasi bushatiladi va
sozlovchi trubka buragich yordamida kerakli ulchamni xosil kilguncha buraladi.
XUNDAI avtomobillarida yakinlashuv burchagini sozlashda (5- rasm), sozlash trubkasining
xomuti(S) va gayka(V) bushatiladi. Sungra olti kirrali tortki(A) buralib, kerakli uzunlik xosil kilinadi.
Keyin esa, gayka kotirilib, yana yakinlashuv burchagi tekshiriladi.
Oldingi ko’prik birikmalarini diagnostikalash, sozlash va ta’mirlash ishlari TXK hamda JT
davrida bajariladi. Ishlash jarayonida eng ko’p yediriladigan oldingi ko’prik detallaridan shkvoren va
burash mushti vtulkasi hisoblanadi. Diagnostikalash natijalariga ko’ra bu detallar yangisiga yoki
ta’mirlanganiga almashtiriladi. Zamonaviy oldingi ko’prigi yetaklovchi avtomobillarda esa
g’ildiraklarning og’ish va kronshteynning o’rnatish burchaklari me’yoridan farq qilsa, kronshteyn
yangisiga almashtiriladi. Yuk avtomobillarining yaqinlashuv burchagini ko’ndalang rul tortqilari
uzunligini o’zgartirish yo’li bilan, chervyakli rul mexanizmli yengil avtomobillarni ikki yon tomondagi
tortqilardan birini, reykali rul mexanizmli yengil avtomobillar uchun har bir g’ildiragining og’ish
burchagi, ularni sozlovchi rul tortqilarining uzunligini o’zgartirish yo’li bilan sozlanadi.



Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling