8-TAJRIBA ISHI
Mavzu: Avtomobil dvigatelini diagnostikalash texnologiyasi
1. Ishning maqsadi:
Dvigatelni krIVoship-shatunli(KSHM), gaz taqsimlash(GTM) mexanizmlarining texnik holatini
diagnostikalashni o’rganish ushbu mexanizmlar bo’yicha nosozliklarni aniqlash va sozlash ishlarini amalda
o’zlashtirish. O’rganilgan diagnostika uslublarini taqkoslash.
2. Umumiy ma’lumotlar
Dvigatelni diagnostikalash, kam harajat sarflab mexanizmlardagi ko’rinmas nosozliklarni topishni,
ta’mir hajmini aniqlash, buzulishlar bo’lmaganda soz mexanizmlar va ularga profilaktika lozimligini
aniqlaydi. dvigatelni 30 foizidan ko’proq buzulishlari KSHM va GTMlariga to’g’ri keladi, ularni bartaraf
qilishga esa joriy ta’mirni deyarli yarim mehnat sig’imi to’g’ri keladi.
KSHM va GTMlarning diagnostikalashni murakkabligi shundaki, texnik holatini aniqlash parametrlari
haqida aniq ma’lumot olishni qiyinligi mexanizm detallarini bir-biriga bog’liqligi bilan tushuntiriladi.
Ish boshlashdan oldin dvigatel haqida texnik ma’lumot bilan tanishish lozim (bosib o’tgan yo’li,
tarmoqlarini ishlash muddati, ularni o’rnatish vaqti, bajarilgan TXK va JT hajmi haqida ma’lumot).
Diagnostik parametrlar
Quvvat, tirsakli valning aylanishlar soni, kompressiya, karterga gazlarni o’tib ketishi, moy bosimi,
taqqillash, tebranish, kirishda siyraklashish, moy sarfi, moydagi yeyilish maxsulotlarini kontsentratsiyasi,
tsilinidrlarda siqilgan havoni sizib chiqishi, turtkich va klapan orasidagi tirqish.
3. Ishning mazmuni.
3.1. Dvigatelning texnik holatini diagnostikalash:
a) ko’zdan kechirish va eshitish bilan;
b) kirish kuvuridagi siyraklanish bilan;
v) tsilindrni ishlatmaslik usuli bilan;
g) siqish takti oxiridagi bosim bilan;
d) karterga o’tib ketayottan gaz miqdori bilan;
e) tsilindrdan sizib chikayotgan havo bilan.
3.2.Dvigatelni texnik holatini aniqlash uslublarini taqqoslash.
3.3. Dvigatel klapanlarini tekshirish va sozlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |