Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

Reja:
1. Avtomobil servisini tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha hukumat qarorlari.
2. Avtotransport vositalariga servis usulida xizmat ko’rsatish to’g’risida tushuncha, uning
mohiyati, dunyoda va mamlakatimizda paydo bo’lishi va rivojlanishi to’g’risida
ma’lumotlar.
3. Avtotransport vositalari servisining iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati.
4. Avtomobil servisining turlari. Avtomobil servisiga qo’yiladigan talablar.
5. Avtomobillarga servis korxonalaridan tashqarida xizmat ko’rsatish.
Tayanch iboralar: servis, avtoservis, texnik xizmat korsatish, mehnat, jamoa, sifat, texnik soz va nosoz,
avtomobil, trasnport, texnik servis, tarmoq, diller, qonun, qoidalar, qonun osmti hujjatlari.
1. Avtomobil servisini tashkil etish va rivojlantirish bo’yicha hukumat qarorlari
Oxirgi o’n yillikdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar avtomobillarga xizmat ko’rsatishda keskin
tarkibiy o’zgarishlarga olib keldi, xizmat iste’molchilarining talabalarini sifatli va to’liq qondirishga
yo’naltirilgan iqtisodiyotdan, hamda xizmat ko’rsatishlarga hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan
holda avtoservis oldiga yangi vazifalarni qo’ydi.
Servis – xizmat ko’rsatishga qaratilgan faoliyatdir. Uning alohida xususiyati shundaki, xizmat
ko’rsatish jarayonida ba’zi material resurslar sarf qilinsada, servis material ko’rinishida emas, balki
ehtiyojini faoliyat orqali qondirishidadir. Xizmat ko’rsatish ishlab chiqarish jarayonidan ajralmasdir, u
saqlanmaydi va doimiy bo’lmagan sifat xususiyatiga ega. Xizmatning ishlab chiqarish jarayonidan
ajralmasligi uni shu jarayonda iste’mol qilinishidadir. Xizmatni amalga oshirilgandan so’ng uni saqlab
qolish, yig’ishning yoki sotishning iloji yo’q, shuning uchun xizmatni ko’rsatish jarayonida kerakli
material, moliyaviy va mehnat resurslari hajmini rejalashtirishda xizmatga bo’lgan talabni aniq bashorat
qilish vazifasi turadi.
Xizmat sifatining doimiy emasligi shundaki, iste’molchi xizmat ko’rsatilgunga qadar uni sifatini
baholay olmaydi. Buni xizmatni amalga oshirilgandan so’nggina imkoni bor. SHuning uchun, mijozga
xizmat ko’rsatilgunga qadar xizmat haqida to’liq tasavvur hosil qilish imkonini beruvchi xizmat turlari va
sifati to’g’risidagi ma’lumotlar katta ahamiyatga ega.
Odatda, xizmat ko’rsatishda qo’l mehnatining ulushi katta bo’lganligi uchun servis sifati xizmat
ko’rsatuvchining malakasiga bog’liq. Avtotransport vositalarining ekspluatatsiyasi ularni texnik soz
holatini, hamda bu vositalardan foydalanish jarayonini ta’minlovchi tadbirlarni o’z ichiga olgan
majmuadir. Texnik foydalanish avtotransport vositalarini ishga yaroqli holda saqlashda resurslarni
oqilona xarajat qilishni ifodalaydi.
Avtomobil servisi iste’molchilarning avtotransport vositalarini sotib yoki ijaraga olish, texnik soz
holda saqlash, kerakli ekspluatatsion xususiyatlarga ega transport vositalariga qulay ishlash sharoitlarini
yaratish bo’yicha bo’lgan talab va ehtiyojlarini qondirishga yo’naltirilgan. Texnik servis avtotransport
vositalari egalarini talabini qondirish, yo’lovchi va yuk tashishning maromda va xavfsizligini
ta’minlashga, loyihalash va ishlab chiqarishda nazarda tutilgan me’yorlarni qoniqtirilishini ta’minlaydi.
Avtomobil transportidan foydalanishning tuzilish tarkibida, ishlab chiqarish majmualari orasida
texnik servis alohida o’ringa ega. Uning holati va samarador faoliyati sifatli transport xizmatlarni
rivojlanishining muhim shartidir. Avtotransport vositalarining texnik servisi iste’molchilar talablarni
qondiradigan, avtomobillarni ishga yaroqli holda saqlab turadigan, harakatlanuvchi tarkibning holatini
ekologik va xarakat xavfsizligi shartlariga muvofiq bo’lishini ta’minlaydigan yuqori sifatli xizmatlarni
bajaradi.
Texnik xizmat ko’rsatishning shahar va yo’l yoqasidagi shahobchalari, avtomobil zavodining
o’ziga tegishli va diler tarmoqlari, avtomobil yuvish joylari, davlat texnik ko’rigini o’tkazish uchun
tashxis bo’linmalari, alohida avtomobil qismlari va agregatlarni ta’mirlashga ixtisoslashtirilgan
ustaxonalar, avtomobillar tyuningiga ixtisoslashtirilgan korxonalar, o’z o’ziga xizmat ko’rsatish o’rinlari,
avtotransport vositalarini, ehtiyot qismlarni va avtomobil bezaklarini sotish bo’yicha avtosalonlar va
avtodo’konlar, motellar va kempinglar, avtomobillarni ijaraga berish shahobchalari, garajlar va
avtomobillarning saqlash joylari, axborotlar beruvchi va maslahat berish izmatlarini ko’rsatish


korxonalari mavjud. Keltirilgan avtoservis korxonalari ro’yxati avtoservis xizmatlarining qanchalik
xilma-hil turlarini iste’molchilar tomonidan talab qilinishini va foydalish manbai ekanligini ko’rsatadi.
Xizmatlar bozoriga jahon savdosining 20 - 25% i to’g’ri keladi, shunga ko’ra, bu bozor ayniqsa taraqqiy
etgan mamlakatlarda umumiy tovar bozorining rivojlanishidan ko’ra tezroq sur’at bilan o’smoqda.
O’rtacha hisobda, jahonda xizmat ko’rsatish bozorining o’sish sur’ati o’tgan asrning 80-90 yillarida
umumiy tovar bozorini o’sish sur’atidan taxminan ikki marta yuqori bo’lgan – o’rtacha 8,7 va 4,5
munosabatda. 1995 yili jahon bozorida xizmat ko’rsatish taxminan 1 trln. AQSH dollarini yoki umumiy
jahon tovar aylanmasining chorak qismini tashkil qildi. Jahonning rivojlangan mamlakatlar ichki yalpi
mahsulotida xizmatlar hissasi 60-80% tashkil etadi, xizmatlar sohasida iqtisodiyotda band bo’lganlarning
70%i mehnat qiladi.
Oxirgi yillarda respublikada servis sohasida izchil choralar ko’rilmoqda. Xizmat ko’rsatish
bozorining tarkibi xizmatlarning yangi istiqbolli turlari – bank, moliya, sug’urta, axborot-aloqa va
boshqalar hisobiga takomillashib bormoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 14
apreldagi PP-325-sonli «O’zbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2006-2010 yillarda
jadal rivojlantirish choralari haqida» va 2007 yil 21maydagi PP-640-sonli «O’zbekiston Respublikasida
xizmatlar va servis sohasini 2010-yilgacha bo’lgan davrda jadal rivojlantirish qo’shimcha choralari
haqida» qarorlariga xizmatlar va servis sohasini jadal rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratish, uning
iqtisodiyotdagi hissasini oshirish, xizmat ko’rsatish sohasi tarmoqlarida band bo’lganlar sonini
ko’paytirish va shuni asosida aholi daromadlarini o’stirish maqsadida xizmatlar va servis sohasini
rivojlanishning asosiy yo’nalishlarni belgilagan, ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
- xizmatlar sohasida tadbirkorlik tashabbusini tobora kengaytirish uchun qulay sharoit yaratish,
shuningdek, rasmiyatchilik to’siqlarini bartaraf etish va uning asosida xizmatlar xajmini yuqari sur’atlar
bilan o’sishini ta’minlash, hamda ularning ichki yalpi mahsulotda hissasini 2010 yilgacha 49 %ga
yetkazish;
- xizmat ko’rsatish sohasida band bo’lganlar sonini 2006-2010 yillarda 1,6 marta ko’paytirish;
- an’anaviy xizmatlar ko’rsatish bilan bir qatorda yangi istiqbolli turlari - huquqiy, maslahatlar berish,
bank, moliya, sug’urta, lizing, baholash xizmatlarni jadal rivojlantirish;
- mamlakat korxonalarining xizmatlarini xalqaro bozordagi hissasini va sifatini ko’tarish, shu asosda
xizmatlarni eksport qilishni o’stirish;
- xizmatlar va servis sohasida ishlash uchun malakali kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni har
tomonlama quvvatlash.
“2006-2010 yillarda xizmatlar va servis sohasini rivojlantirish” dasturini amalga oshirish
natijasida 2006 yilda aholiga ko’rsatilgan to’lovli xizmatlar 19,3 %ga oshdi, xizmatlar sohasi hissasiga
respublikada yaratilgan ichki yalpi mahsulotning 39,5% to’g’ri keldi, bu dasturda belgilangan bashorat
ko’rsatkichlaridan ancha yuqori. Xizmatlarning istiqbolli turlari - telekommunikatsiya xizmatlar, uyali
telefon xizmatlari, bank va moliya xizmatlari, sug’urta, turizm va ekskursiya xizmatlari jadal sur’atlar
bilan rivojlanmoqda. Xizmatlar sohasida 2006 yili 137 ming yangi ish joylari yaratildi.
Prezident Islom Karimov 2009 yilning asosiy yakunlari va 2010 yilda O’zbekistonni ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Maxkamasining
majlisidagi «Asosiy vazifamiz - vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirishdir»
ma’ruzalarida [2]:
«Aholiga xizmat ko’rsatish sohasini yanada kengaytirish g’oyat muhim ahamiyatga ega. Bunday
tarmoqlar tashqi kon’yunkturaga ham, ob-havo sharoitiga ham bog’liq emas, ya’ni, tashqi omillarning
o’zgarishi ularga ta’sir ko’rsata olmaydi. Ayni paytda bu xizmatlar o’zimizda ishlab chiqarilgan
mahsulotlarning ko’plab turlariga ichki talabni oshiradi, shuningdek, iste’mol bozorida mutanosiblikni
saqlashda muhim rol o’ynaydi. Bularning barchasini nazarda tutgan holda, xizmat ko’rsatish sohasining
yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 2009 yildagi 47 foizdan 2010 yilda 49 foizga yetkazish zarur» deb
ta’kidlab o’tdilar.
Avtomobil parkining hozirgi sur’atda o’sishi avtotransport vositalariga sifatli texnik servis
muammosini ustivor yo’nalishlar qatoriga qo’yadi. Yo’lovchilar va yuk tashishda eng ko’p hissa
avtotransportga to’g’ri keladi. 2009 yili yo’lovchilarni transportning hamma turlari tashigan umumiy
soniing (5575,4 mln. kishi bo’lgan) 98,0 % ni avtotransport tashigan, yo’lovchi aylanmasining (62833,6
mln. yo’lovchi) 89,0% yo’lovchi avtotransportga to’g’ri keladi. Avtomobil transporti 2009 yili 976887,6
ming tonna yuk tashigan, bu transportning hamma turlari tashigan yuklarining 94,0 %ni tashkil etadi
(truboprovodlarni hisobga olmaganda). Avtotransportning yuk aylanmasi 23185,4 mln. tonna km. yoki
umumiy transport yuk aylanmasining 49,0 % ga to’g’ri keladi (truboprovodlarni hisobga olmaganda).


Mamlakat iqtisodiyotida avtomobil transportining muhim o’rni bor, u katta ijtimoiy ahamiyatga
ega, eng qulay va foydalanish oson harakatlanish vositasi sifatida fuqarolarning hayotiga mahkam
joylashib olgan. Transportning boshqa turlariga nisbatan avtotransport vositasining soddaligi va
foydalanishda osonligi avtomobil yo’llarida yuqori tezliklarda va jadal harakatlarda undan
foydalanishning xavfsizligiga alohida talablar qo’yiladi. Boshqa tomondan avtotransport vositalarini
tuzilishi, birinchi navbatda ishonchliligi, tashxislash vositalari bilan to’la jixozlaganligi, mikroprotsessor
texnika keng qo’llanishi, murakkabligi va qiymatini oshib borishi texnik servisning foydalanish
xavfsizligini ta’minlashga javobgarligini kuchaytiradi.
O’zbekistonda avtomobil servisi sifatli va keng turda xizmatlar ko’rsatish bo’yicha davomli
an’analariga ega. Avtoservis tarmog’i turli xildagi avtoservis korxonalaridan tashkil topgan: avtomobillar
ishlab chiqaruvchi zavodlarning servis markazlaridan to uncha katta bo’lmagan avtomobil ta’mirlash
ustaxonalari va mayda ta’mirlash postlarigacha. Mamlakatda avtoservisning paydo bo’lishiga aholi
shaxsiy avtomobillar parkini o’sishi asosiy turtki bo’lgan. O’tgan asrning to 60-yillariga qadar mamlakat
aholisining avtomobil parki juda kichik (1965 yili O’zbekistonda har bir 1000 kishiga 3 ta avtomobil
to’g’ri kelgan) va faqat oilaga xizmat qiluvchi yengil avtomobillardan iborat bo’lgan. Davlat siyosati,
hamma sohada bo’lgandek, avtomobil transportida ham asosan o’ziga qarashli jamoat transportini
rivojlantirishga qaratilgan edi. SHaxsiy fuqarolar transporti, qadrlanmas, unga xizmat ko’rsatish
avtomobil egalarining o’z muammolari bo’lib qolgan edi.
Faqat 60-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab mahsus, aholi avtomobillariga xizmat ko’rsatuvchi
korxonalar tashkil qilinib, ishga tushirila boshlandi. 1968 yilda hukumatning «Fuqarolar transport
vositalariga texnik xizmat ko’rsatishni yaxshilash choralari» to’g’risidagi qarori bu sohaga davlat
ahamiyatiga ega masala sifatida yondoshish boshlanganidan darak berdi. Aholi avtomobil parki ham
ayniqsa 1970-yillardan boshlab tez sur’atlar bilan o’sa boshladi. O’sha paytdagi statistik ma’lumotlarga
qaraganda, aholining avtomobillashgani, ya’ni har bir 1000 kishiga to’g’ri keladigan avtomobillar soni
mamlakatimizda o’sib borish dinamikasi quyidagi diagrammada keltirilgan. O’zbekiston aholisi
avtomobil parki 1991 yil boshida 1 mln.ga yaqinlashib qolgan va markalariga qarab quyidagicha
taqsimlangan edi (% hisobida):
«ZAZ» 15,6
«Moskvich» 26,9
«VAZ» 47,4
«Volga» barcha modellari 2,9
«UAZ»-469 barcha modellari 0,05
Boshqalar (chet el avtomobillari) 7,15
Dastlabki tashkil etilgan avtoservis korxonalari – avtomobillarga xizmat ko’rsatish stantsiyalari,
avtoustaxonalar, avtomobil prokat (ijaraga berish) punktlari, avtosaqlash joylari mahalliy hokimiyatlar -
tuman va shaharlar ijroiya qo’mitalari tasarruflarida bo’lgan, so’ngra (1969 yildan)

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling