Avtotransport vositalari servisi asoslari


Download 6.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/192
Sana06.11.2023
Hajmi6.78 Mb.
#1752304
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192
Bog'liq
avtotransport vositalari servisi asoslari

1-rasm. Respublika miqyosida avtomobillar sonini o’sish surati (1000 kishiga tug’ri keladigan) xukumat
qaroriga asosan, O’zbekiston aholisiga maishiy xizmat ko’rsatish vazirligi tashkil etilib, uning tarkibidagi
«O’zavtoxizmat» boshqarmasiga o’tkazilgan.


Mavjud ishlab turgan avtoservis korxonalari qatoriga 1974 yildan boshlab firma usulida xizmat
ko’rsatuvchi «AvtoVAZtexxizmat», «KAMAZtexxizmat», «AvtoZAZtexxizmat», «Moskvichtexxizmat»
va boshqa avtomobil zavodlariga qarashli avtoservis korxonalari qo’shila boshladi. Firma usulidagi
avtoservis o’sha paytdagi davlatda va shu jumladan, O’zbekiston uchun ham yangilik bo’lib, bu sohada
yangi davr boshlanganidan darak berar edi. Endi mamlakat avtomobil zavodlari dunyo avtomobilsoz
kompaniyalari izidan ketib, o’z mahsulotlariga o’zlari xizmat ko’rsatish majburiyatlarini olishi
boshlashdi. Avtoservis yangi bosqichga ko’tarildi, uning moddiy-texnik bazasi mustahkamlanadigan,
xizmat ko’rsatishning
texnik va madaniy saviyasi yaxshilanadigan bo’ldi.
Fuqarolarga tegishli yengil avtomobillarga xizmatlar ko’rsatadigan avtoservis markazlarini
birlashtiruvchi eng yirik bo’linma «O’zavtotexobslujivnie» ishlab chiqarish birlashmasi (ICHB) bo’lgan.
O’tgan asrning 90-yillarida, yuk tashuvchi avtomobillar hamda avtobuslarga xizmatlar ko’rsatish va
ta’mirlash uchun kichik va hususiy korxonalar tomonidan foydalaniladigan servis markazlarining
yetishmasligi natijasida, xizmatlarni rivojlangan ishlab chiqarish bazalariga ega avtotransport
korxonalarining avtomobil ta’mirlash ustaxonalari va avtomobil ta’mirlash zavodlari ko’rsata boshladi.
O’zbekistonni avtomobil ishlab chiqarishuvchi davlatga aylanishi bilan avtomobil servisini rivojlanishi
sifat jihatidan yangi bosqichga o’tdi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 17 mart 1994 yilgi qarori bo’yicha
O’zbekistonada avtomobil sanoatini yaratish maqsadida avtomobil ishlab chiqarish korxonalari
assotsiatsiyasi «O’zavtosanoat» tashkil etilgan.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 5 noyabrdagi qaroriga [7] asosan
avtomobil ishlab chiqarish o’zbek-koreys qo’shma korxonasi «O’zDEUavto» tashkil qilindi.
Mamlakatimizning avtomobil qurish yetakchisi, birinchi bo’lib Markaziy Osiyoda yengil avtomobillar
ishlab chiqarishni yo’lga qo’ygan Asaka zavodi bo’ldi. 1996 yil martida Asaka zavodi konveeridan
birinchi Damas avtomobil modeli tushdi, 2008 yil 27 noyabrida esa konveerdan millioninchi avtomobil
tushdi. 2008 yil Asaka zavodi loyixa quvvatiga yetdi – bir yilda 200 ming yengil avtomobil ishlab
chiqarildi.
Hozirgi vaqtda Asaka zavodi «General Motors-Uzbekistan» qo’shma korxonasiga o’zgartirilgan
va mamlakatimizda avtosanoat korxonalarni birlashtiruvchi «O’zavtosanoat» ochiq aktsionerlik
kompaniyasining eng yirik korxonasidir. Asaka avtomobil zavodi ishga tushirilishi bilan turli yengil
avtomobillar uchun qismlar, detallar ishlab chiqaruvchi yana 20dan ortiq korxona va lak-bo’yoq zavodlari
qurilgan. Hozirgi kunda «General Motors-Uzbekistan» qo’shma korxonsi yengil avtomobillarning
iste’molchilarning turli did va havaslariga mo’ljallangan oltita modelini ishlab chiqaradi, mahsulotning
salmoqli qismi eksportga ketmoqda. Asaka zavodi ishlab chiqargan yengil avtomobillar servisi va sotish
uchun keng tarmoq yaratildi. MDH mamlakatlarining 104 shaharida 144 ta kompaniyadan tashkil bo’lgan
keng yoyilgan tarmoq va respublikada -«O’zavtotexxizmat» ochiq aktsionerlik birlashmasi korxonalari
orqali xududiy tarmoqlar faoliyat ko’rsatmoqda.
Yiliga 4 ming donagacha kichik sig’imli avtobus (16-32 o’rinli) va 1000 ta 1,5-10 tonna yuk
ko’tarish qobiliyatiga ega avtomobil ishlab chiqarish quvvatga ega Samarqand avtomobil zavodi ishga
tushdi. 2006 yili «SamKochAvto» MCHJ «SamAvto» MCHJsiga o’zgartirildi, zavoda «ISUZU»
kompaniyasi(Yaponiya) ishlab chiqargan shassida avtobus va kichik tonnajli yuk tashuvchi avtomobillar
seriyali ishlab chiqarila boshlandi. «SamAvto» MCHJ Toshkent, Asaka, Buxoro, Jizzax, Qo’qon,
Namangan, Nukus, Samarqand, Termiz, Xiva, SHahrixon shaharlarida avtobuslarga xizmatlar ko’rsatish
va ehtiyot qismlar sotish bo’yicha servis shahobchalari tarmog’ini tashkil qilgan.
Respublika xukumati «O’zavtotexxizmat» OAJ tizimining rivojlanishiga ulkan e’tibor bermoqda.
Respublikada zamonaviy servis va xizmatlar ko’rsatish majmuini yaratish maqsadida qator xukumat
qarorlari qabul qilindi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 27 fevraldagi qarori bo’yicha [8]
«O’zavtotexobslujivnie» ICHBning hamma tarkibiy bo’linmalari joylardagi «Avtotexxizmat»ochiq
aktsionerlik jamiyatlariga aylantirildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 26 mart 1996
yilgi qarori bo’yicha [9] «O’zavtotexxizmat» OAJ joylardagi korxonalari quvvatlari asosida
«O’zDEUavto» qo’shma korxonasi bilan birgalikda servisli xizmatlar ko’rsatish va Asaka avtomobil
zavodi yengil avtomobillarini sotish tarmog’ini tashkil qilish haqida qaror qabul qilindi. Bu qarorni,
hamda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar


Mahkamasining 3 sentyabr 1996 yilgi qarorni [10] bajarish uchun qisqa muddatda joylardagi
«Avtotexxizmat» ochiq aktsionerlik jamiyatlarining texnik xizmatlar ko’rsatish shahobchalari qayta
qurildi va texnik qayta jihozlandi, zamonaviy avtosalonlar, yangi avtomobillar uchun yopiq saqlash
joylari qurildi. Ana shu maqsadlarga respublika xukumati 1 mlrd. so’mdan ortiq uzoq muddatli maqsadli
kreditlar ajratdi.
SHuningdek, qayta quriladigan texnik xizmatlar ko’rsatish shahobchalarini yangi texnik jixozlari
bilan ta’minlash uchun hamda «O’zDEUavto» aktsionerlik jamiyatining Asaka avtomobil zavodi ishlab
chiqaradigan avtomobillarga texnik xizmatlar ko’rsatish va ta’mirlashga mo’ljallangan zamonaviy
uskunalar va maxsus asboblar sotib olish uchun 2,5 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratildi. qayta
qurilgan texnik xizmatlar ko’rsatish shahobchalarida 473 dona uskuna o’rnatilgan, shulardan 97 donasi
qo’shaloq tirkovichli ko’targichlar, 274 donasi tashxislash va 88 donasi shina o’rnatish uskunalari, 14
donasi ishlarilgan gazlarni toksik zaharlilik darajasini tekshirish uchun gazanalizatorlar, 38 donasi yig’ma
mahsus asboblar.
Joylardagi «Avtotexxizmat» aktsionerlik jamiyatlarining texnik xizmatlar ko’rsatish shahobchalari qayta
qurildi va texnik qayta jihozlash ishlari «O’zavtosanoat» assotsiatsiyasining ma’muriyati nazorati ostida
amalga oshirildi, «O’zDEUavto» aktsionerlik jamiyatining ishlab chiqaradigan avtomobillarga texnik
xizmatlar ko’rsatadigan yuqori malakali mutahassislar tayyorlash masalalariga alohida e’tibor berildi.
Janubiy Koreyaning «DEU» korporatsiyasi korxonalarida «Avtotexxizmat» OAJ korxonalarining 150 ta
mutaxassislari o’qib kelishdi, gazaballon uskunalar o’rnatish va avtotransport vositalarni harakatlanuvchi
bo’linmalarda ta’mirlash bo’yicha texnologik xujjatlar sotib olindi.
Hozirgi kunda «O’zavtotexxizmat» OAJ korxonalari kuchli texnik imkoniyatlarga va kadrlarga
ega. Respublikaning barcha xududlarida 26ta zamonaviy texnik xizmatlar ko’rsatish shahobchalari, 3ta
avtota’mirlash ustaxonalari, 27 ta avtosalonlar va 36ta ehtiyot qismlarni sotish do’konlari, 3000ta sig’imli
avtomobillar uchun yopiq saqlash joylari faoliyat ko’rsatmoqda. Tizimdagi ishlaydiganlar soni 2113
kishini tashkil qiladi.
Avtomobillarni sotish miqdori, uni tashkil qilishga va keyingi servisga bog’liq. Hozirgi vaqtda
«O’zavtotexxizmat» tizimi aktsionerlik jamiyatlari, avvallari «O’zDEUavto» YoAJ deb nomlangan
«General Motors-Uzbekistan» yopiq aktsionerlik jamiyatining avtomobillarni sotish bo’yicha diler
hisoblanadi. Dilerlik faoliyati boshlanganda to shu kungacha «O’zavtotexxizmat» OAJ joylardagi
korxonalari orqali Asaka avtomobil zavodi ishlab chiqaradigan 337047 dona avtomobil sotilgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ««O’zDEUavto» yangi modellar ishlab chiqarish
choralari haqida» 24 iyul 2007 yil qarorni [6] bajarish bo’yicha «O’zavtotexxizmat» aktsionerlik
kompaniyasi «General Motors» kompaniyasi bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomobilning
«SHevrolet» modelini ishlab chiqarish bo’yicha ulkan ishlarni amalga oshirdi. Mamlakatimiz avtomobil
zavodi konveeridan tushgan birinchi «SHevrolet» modeli avtomobillarini sotish xuquqi
«O’zavtotexxizmat» OAJga berildi. Hozirda «SHevrolet» avtomobillari bizning tizim avtosalonlarda
«Neksiya», «Matiz» va «Damas» modellari qatorida talab qilinmoqda. Respublika aholisiga 2008 yil
sentyabr oyi boshigacha 723 dona «Kaptiva», 1290 dona «Epika» va 242 dona «Takuma» markasida
avtomobillari sotilgan. «O’zavtotexxizmat» ochiq aktsionerlik jamiyati tarkibiga kiruvchi aktsioner
jamiyatlar servis sohasiga katta e’tibor berishmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
«O’zbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2006-2010 yillarda jadal rivojlantirish choralari
haqida» 2006 yil 17 aprel [3] va «O’zbekiston Respublikasida xizmatlar va servis sohasini 2010-yilgacha
bo’lgan davrda jadal rivojlantirish qo’shimcha choralari haqida» 2007 yil 21 maydagi qarorlarini [5]
bajarish bo’yicha salmoqli ishlar qilindi, natijada avtomobillarga texnik xizmatlar ko’rsatish va ta’mirlash
ishlari xajmi 2 marta oshdi, shulardan aholiga xizmatlar ko’rsatish 1,7 marta. 2006-2008 yillarda
avtotransport vositalari texnik xizmatlar ko’rsatish va ta’mirlash 14 mlrd. 479 mln. 158 ming so’mga
yetdi. 10ta texnik xizmatlar ko’rsatish kichik shahobchalari avtosalonlari bilan, qishloq joylarda 4ta
avtoustaxona qurildi. Yangi xizmat turlar rivojlandi, bular: gazaballon uskunalar o’rnatish va
avtotransport vositalarni harakatlanuvchi bo’linmalarda ta’mirlash. qo’shimcha 285ta ishchi o’rinlar
yaratildi. 30 yanvar 1997 yil O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 19 dekabr 1996 yilgi
qarori bo’yicha «O’zavtosanoatservis» OAJ tashkil etildi. «O’zavtosanoatservis» faoliyatining asosiy
yo’nalishi avotoservis majmua shahobchalaridan foydalanish, O’zbekiston Respublikasi magistral
avtomobil yo’llarida xizmatlar ko’rsatishdir. Majmuali xizmatlar ko’rsatishga avtomobillarga yoqilg’i
to’ldirish, texnik xizmatlari ko’rsatish, ehtiyot qismlar do’koni, avtomobillarni yuvish va kafe kiradi.


SHunday avtomobillarni yuvish va kafe-bar kabi qo’shimcha xizmatlarni bo’lishi, xaydovchilarga dam
olish, mijozlarga har tomonlama xizmatlar ko’rsatish imkoniyatini beradi, korxonalar ishini
samaradorligini oshiradi.
O’zbekiston Respublikasida xalqaro yuk tashishlarga va mamlakatning tranzit-transport
imkoniyatlarini rivojlanish imkoniyatini tarkibiy qismi bo’lgan shunga mos infrastrukturani rivojlanishiga
katta ahamiyat beriladi. Avtomobil yo’llar yoqasidagi servis asta-asta yaxshilanib bormoqda, yo’l harakati
qatnashchilariga xizmatlar ko’rsatishga bo’lgan talab O’zbekiston Respublikasi yo’l tarmog’ining
salmoqli qismida qondirilgan. avtomobillarga yoqilg’i to’ldirish, texnik xizmatlari ko’rsatish, yo’l
yoqasida savdo va ovqatlanish korxonalari tarmog’i yaratildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
“2009 - 2014 yillarda

Download 6.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling