Avtotransport vositalari servisi asoslari
Tayanch iboralar: Texnik xizmat ko’rsatish, rejaviy-ogohlantiruvchi, tizim, servis, avtomobil
Download 6.78 Mb. Pdf ko'rish
|
avtotransport vositalari servisi asoslari
Tayanch iboralar: Texnik xizmat ko’rsatish, rejaviy-ogohlantiruvchi, tizim, servis, avtomobil,
avtotransport, tuzilma, tarkib, nosozlik, kafolat, kafolat davri va shartlari, reklamatsiya, firma usulidagi avtoservis, diller, avtosavdo, bozor 1. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruvchi tizimining asoslari Avtotransport vositalarini ishlatish jarayonida buzilish va nosozliklar paydo bo’ladi, ular texnik xizmat ko’rsatish (TXK) va ta’mirlash (T) orqali bartaraf etiladi. TXK va T tizimining asosi uning tuzilmasi va me’yorlaridan iborat. TXK ning asosiy vazifasi buzilish va nosozliklarning paydo bo’lishi oldini olish amallarini, T ning vazifasi esa ularni bartaraf etish amallarini bajarib, avtomobilning qobiliyatini tiklashdan iborat. TXK reja asosida buzilishning oldini olish maqsadida, muntazam ravishda, belgilangan davriylik va ish xajmi bilan bajariladigan amallar majmuidan iborat. Avtomobillarga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlashning rejaviy-ogohlantiruv tizimi dunyo amaliyotida qabul qilingan. TXK va T tizimining quyidagi darajalari belgilangan: - davlat, tarmoqlararo va tarmoq ichi darajalaridagi tizim me’yorlari va talablari mulkchilik shaklidan va muassasaviy bo’ysunishidan qat’iy nazar barcha yoki aksariyat ta’kidlangan tashkilotlar uchun majburiy bo’ladi. Masalan, “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizom” [49], “Avtotransport korxonalarini texnologik loyihalashning tarmoq me’yorlari” [46] va boshqalar; - tarmoq ichi darajasidagi tizimda birlashmalar, holdinglar, xissadorlik jamiyatlari, transport kompaniyalari ekspluatatsiya xususiyatlari va to’plangan tajribalari asosida, rejaviy-ogohlantiruvchi tizim tamoyillarini saqlagan holda “Avtomobil transporti harakatdagi tarkibiga texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash haqidagi Nizomi” me’yorlaridan foydalanib, o’zlari uchun TXK va T tartibotlarini ishlab chiqadilar. Bunda shu birlashmaga kiruvchi korxonalar guruhi uchun tizim tavsiyalari majburiy bo’ladi. Masalan, o’z tarkibida ilmiy tadqiqot institutlari bo’lgan yoki ularning xizmatlaridan foydalangan yoki yirik mutaxassislar guruhiga ega bo’lgan yirik birikma va kompaniyalardan Mosshahartrans, Mosavtotrans, AQSH pochta xizmati avtotransport kompaniyasi, Angren “Avtoneftrans” korxonasi va boshqalar ishlab chiqqan TXK va T tartibotlari. Sobiq ittifoq avtomobil transportida TXK va T Nizomlari 1943 yildan boshlab, amaliyotga kiritilaboshlangan.1943 yilda “Avtomobillarga profilaktik xizmat ko’rsatish haqidagi Nizom” tasdiqlangan edi. 1947, 1949, 1954, 1963, 1974, 1989-1994 yillarda bu hujjat, avtomobillar konstruktsiyasi takomillashuvi, ishlash sharoitining o’zgarishi, to’plangan tajribalarni hisobga olgan holda takomillashib borgan. Nizomlardagi TXK davriyligining oshib borishi va ish xajmining kamayishi (1.1...1.6 - rasmlar) avtomobillar konstruktsiyasining takomillashuvi avtomobillar texnik ekspluatatsiyasi sohasidan olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarining amaliyotga tatbiq etilishi natijasidir. Download 6.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling