Автотранспортлни ишлатиш ва таъмирлаш йыналиши быйича ы=ув амалиёти =ыллнмаси


Download 0.65 Mb.
bet1/9
Sana21.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1369486
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
А - 55. Injektorga


«Avtotransportni ishlatish va ta’mirlash» tayyorlov yo‘nalishi bo‘yicha
o‘quv amaliyoti qo‘llanmasi



  1. MODUL RAQAMI: A.55.

  2. MAVZU: «Injektorli ta’minlash tizimiga TXK».

  3. MAQSAD: O‘quvchilar nazariy bilimlarini mustahkamlash, chuqurlashtirish, injektorli ta’minlash tizimiga tashhis qo‘yish, TXK, nosozliklarni aniqlash va bartaraf etish ko‘nikmalarini shakllantirish.

  4. O‘QUV SOATLARI: 6 soat (240 daqiqa).

  5. MODULNI O‘RGANISH JARAYONIDA EGALLANADIGAN AMALIY KO‘NIKMALAR:

    • Mehnat muhofazasi va sanitariya qoidalariga rioya qilish;

    • Injektorli tizimga tashhis qo‘yish;

    • Nosozliklarni bartaraf etish;

    • TXK;

    • Asbob-uskunalardan to‘g‘ri foydalanish;




  1. MODULNI O‘RGANISH DAVOMIDA SHAKLLANADIGAN NAZARIY BILIMLAR;

    • Xavfsiz ishlash usullari;

    • Injektorli tizimning asosiy nosozliklari va bartaraf etish usullari;

    • Injektorli tizimni sinash usullari.




  1. MAVZU DOIRASIDAGI ASOSIY MA’LUMOTLAR:

Texnika xavfsizligi choralari

Yonilg‘i tizimida doimiy bosim 0,38 kPa shu sababli, shikastlanish, kuyib qolishni oldini olish va yonilg‘ining oqmasligi uchun, yonilg‘i quvurlari hamda shlanglarini ajratishdan oldin yonilg‘i tizimidagi bosimi atmosfera bosimigacha pasaytirilishi lozim. (texnologik ketma-ketlikni 2 bandi).

Yonilg‘i shlanglarini siqish yoki qayirish, ularning shikastlanishiga olib keladi, natijada yonilg‘ini oqishi va yong‘in sodir bo‘lishi mumkin.


Yonilg‘ini purkash tizimi


Yonilg‘ini purkash tizimining ayrim nosozliklari startyorning me’yorda ishlayotganida dvigatelning ishga tushmasligida kuzatiladi.
Yonilg‘i tizimining nosozligi asosan dvigatelni kambag‘al yoki boy aralashmada ishlashiga sabab bo‘ladi. Elektron blok boshqaruvi (EBB) kislorod konsentratsiyasi datchigi signallari asosida yonilg‘i forsunkalarini ochilish fazalarining davomiyligini o‘zgartirib rostlab turadi.
Moslashish bloki esa yonilg‘i-havo aralashmasini tarkibini moslab turadi. Moslashish bloki ko‘rsatgichlari o‘zgarishi skaner priborlari yordamida aniqlanadi.
Moslashish blokining yonilg‘i aralashmasi optimal tarkibi 12 V kuchlanishli ko‘rsatgichga moslashgan. Aralashma tarkibi kambag‘allashganda EBB yonilg‘i uzatishni ko‘paytiradi va moslashish bloki ko‘rsatgichi oshadi. Aralashma tarkibi haddan tashqari boyiganida EBB yonilg‘i miqdorini kamaytiradi va moslashish bloki ko‘rsatgichi pasayadi.
Moslashish bloki ko‘rsatgichlari harorat, dvigatelning individual xususiyatlariga qarab, keng oraliqda o‘zgarishi mumkin. EBB 58 dan 198 oraliqda o‘zgarishga dasturlangan.
Agar avtomobil normal sharoitlarda ishlatilganida ko‘rsatgichlar belgilangan chegaralar ichida bo‘lsa va dvigatelda boshqa nosozlik belgilari kuzatilsa, yonilg‘ini purkash tizimi tekshirilishi kerak.
Yonilg‘i havo aralashmasi tarkibining kambag‘allashishi va boyish sabablari «Kod 44» va «Kod 45» tashhis sxemalarida keltirilgan.
Salt ishlash klapani sozligini to‘siq elementining qadamiga qarab aniqlanadi. Salt ishlash klapanining to‘liq yopilgan holati «0» raqamiga to‘g‘ri keladi. Qadam soni qancha katta bo‘lsa havo sarfi shuncha ko‘p bo‘ladi. Bunda havo vakuum shlanglari va uning tutashmalaridan so‘riladi.
Bosim ko‘rsatgich relesi yonilg‘i nasosi relesi bilan parallel ulangan bo‘lib, yonilg‘i nasosining zahiraviy ulagichi bo‘lib hisoblanadi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling