Avzu: Biznes tsikllari
Download 103.5 Kb.
|
Biznes tsikllari
Mavzu: Biznes tsikllari Bozor munosabatlari sharoitida mamlakat iqtisodiyotini taraqqiy etishining asosiy omillaridan biri kichik biznes va xususiy tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishdan iborat. Bozor va tadbirkorlik o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir. Bozor - bu muayyan tovar yoki xizmatlarning sotuvchilari va xaridorlarini bir joyda birlashtiradigan xar qanday institut yoki mexanizm. (K. McConnel, S. Brew. Economics: Principles, problems and policy, 1992). Bozor (inglizcha - market, ruscha - рынок) - tovarlar bilan pullarning harakatini ta’minlovchi ishlab chiqarish va iste’mol o‘rtasidagi munosabatlar tizimidir. Demak, bozorda tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida mustaqil ravishda qarorlar qabul qilishdagi erkin munosabatlar amalga oshiriladi. Bozor tadbirkorlik subyektlarining erkin faoliyat olib borishlari uchun keng shart- sharoitlar yaratib, erkin raqobat muxitining, eksport va import imkoniyatlarining bozor qonuniyatlari asosida amalga oshirilishini ta’minlaydi. “Bozor iqtisodiyotiga o‘tish muammolariga tik ko‘z bilan qarash kerak. Bozor iqtisodiyotining faqat ijobiy tomoninigina emas, balki uning salbiy tomonini ham ko‘ra bilish kerak. Bozorga, ayniqsa uning shakllanish bosqichida uzoq va chuqur iqtisodiy inqirozlar, ishsizlikning o‘sishi, pulning qadrsizlanishi, ko‘pgina korxonalarning sinishi va ishbilarmonlarning xonavayron bo‘lishi, axolining moddiy ta’minot jihatidan keskin tabaqalashuvi, huquqqa zid xatti-harakatlar va jinoyatlarning o‘sishi xosdir. Bozorning bu illatlarini bilish, ularga tayyor turish, ularni bartaraf etish yuzasidan to‘g‘ri yechimlar topa bilish kerak”. Xo‘sh, “tadbirkor”, “tadbirkorlik” tushunchalari qanday mazmunga ega va nimani anglatadi? Bu tushunchalarni birinchi bo‘lib XVII asr oxiri va XVIII asr boshlarida ingliz iqtisodchisi Richard Kantilon qo‘llagan. Uning fikricha, tadbirkor - tavakkalchilik sharoitida faoliyat ko‘rsatuvchi kishidir. Shu boisdan u yer va mehnat omilini iqtisodiy farovonlikni belgilab beruvchi boylik manbai deb bilgan. Keyinchalik, XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshida mashxur fransuz iqtisodchisi J.B.Sey (1767-1832) “Siyosiy iqtisod risolasi” kitobida (1803) tadbirkorlik faoliyatini ishlab chiqarishning uch mumtoz omillari - yer, kapital, mehnatning yaxlitligi deb ta’riflagan edi. Tadbirkorlik (inglizcha - enterprise, enterprising, ruscha - предпринимательство) - foyda olish maqsadida fuqarolar va yuridik shaxslarning o‘z tashabbusi asosida mustaqil faoliyatidir. Tadbirkorlik va biznes tushunchalari o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, bir birini to‘ldiradi. “Biznes” - so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib, u tadbirkorlik faoliyati yoki boshqacha so‘z bilan aytganda kishilarni foyda olishga qaratilgan tadbirkorlik faoliyatidir. Tadbirkorlik sohasida biznes foyda beradigan iqtisodiy faoliyat bo‘lib, ushbu faoliyat bilan shug‘ullanuvchi shaxslar biznesmen sifatida mamlakat iqtisodiyotini mustahkamlashga, yalpi ichki maxsulotning ko‘payishiga, axoli faravonligining oshishiga xizmat qiladi. Biznesmen (tadbirkorlik) so‘zi birinchi marotaba Angliya iqtisodiyotida XVIII asrda paydo bo‘lib, u “mulk egasi” degan ma’noni bildirgan. Xozirgi kunda biznesmen - bu o‘z mulki yoki boshqa shaxslar mulkidan foydalangan holda o‘z ishbilarmonligi va tajribasiga hamda tavakkalchilikka asoslanib, foyda olishni ko‘zlab ish olib boruvchi shaxsdir. Biznes (inglizcha - business; ruscha - дело, антерпренерство - ish, mashg‘ulot) - tavakkalchilik va o‘zining javobgarligi ostida xususiy yoki qarzga olingan vositalari hisobidan amalga oshiriladigan, asosiy maqsadi foyda olish va o‘z faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan tashabbuskor iqtisodiy faoliyatdir. Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq munosabatlarni davlatning vakolatli organlari tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy xujjatlar va tadbirkorlik faoliyatidagi ish muomala odatlari asosida tartibga solinishini tadbirkorlik huquqi fani o‘rganadi. Download 103.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling