Avzu: Biznes tsikllari


Biznes huquqining asosiy prisiplari


Download 103.5 Kb.
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi103.5 Kb.
#1029964
1   2   3   4   5
Bog'liq
Biznes tsikllari

3. Biznes huquqining asosiy prisiplari
Barcha huquq sohalari kabi tadbirkorlik huquqining ham asosiy va eng muhim printsiplari O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan asosiy qoidalardir. Ushbu tadbirkorlik huquqiga oid asosiy printsiplar respublikamizda bozor munosabatlarining rivojlanishida barcha tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyatini ma’lum bir maqsad sari yo‘naltirib, huquqiy tartibga solib turadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy printsiplaridan biri tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy faoliyat erkinligidir. Ushbu printsip:
“...Davlat iste’molchilarning huquqi ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muxofaza etilishini kafolatlaydi”. (Konstitutsiyaning 53-moddasi).
Tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish printsipi.
Bu printsipning mohiyati xar bir moddiy tovar ishlab chiqaruvchi, ishlarni bajaruvchi yoki xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlik subyektining iqtisodiy manfaati qonunlarda belgilangan tartibda tegishli organlar orqali himoya qilinadi.
Tadbirkorlik munosabatlariga iqtisodiy uslublarni qo‘llash asosida davlatning ta’sir etish printsipi.
Ushbu printsip mamlakatimizning iqtisodiy rivojlanishiga direktiva, buyruq orqali ta’sir etish usulining iqtisodiy usuliga, ya’ni mehnat jamoasining, yakka shaxsning tovar ishlab chiqarish, ish va xizmat ko‘rsatish, uning assortimentini kengaytirish va sifatini oshirishda manfaatlarini hisobga olishga qaratilgani bilan izohlanadi.
Respublikamizning mustaqil taraqqiyotini belgilovchi asosiy printsiplaridan biri narxlarni erkinlashtirish va bozor infrastrukturasini shakllantirishdir.
Bu, eng avvalo, bozorni tovarlar va xizmatlar bilan to‘ldirishga qaratilgan iqtisodiy omillardan biri hisoblanadi.
Tadbirkorlik huquqining asosiy printsiplaridan yana biri tovar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarning o‘zaro raqobatidir.
Bu printsipning asosiy mazmuni va mohiyati shundan iboratki, bozor iqtisodiyoti sharoitida kim kam mehnat va xarajat sarf qilib, ko‘p va yuqori sifatli maxsulot (ish va xizmat) ishlab chiqarsa, u ijtimoiy hamda iqtisodiy taraqqiyotda imtiyozga ega bo‘la oladi.

Download 103.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling