Awr1112 O‘zbek va rus tillari kafedrasi o‘qituvchisi
Konspekt yozish qoidalari
Download 1.57 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Konspekt turlari
- Rejali konspekt
Konspekt yozish qoidalari
agar talaba ma’ruzachi bergan axborotlarni yozishga ulgurmasa, ma’ruzadan keyin tinch muhitda to‘ldirish uchun joy qoldirishi hamda kalit so‘zlarni yozib olishi kerak; agar o‘qituvchi doskada bir nimalarni yozsa yoki chizsa, talaba bu axborotni albatta yozib olishi kerak; konspektlashtirishda ma’ruza mazmunini to‘liqroq qamrab olish uchun o‘ziga ma’lum bo‘lgan qisqartirishlar, abbreviaturalarni qo‘llash muhim. A K A D E M I K YO Z U V 1 6 Konspekt turlari rejali; m аtnli; erkin; tematik. A K A D E M I K YO Z U V 1 7 Rejali konspekt Rejali konspektni oldindan asarga tuzilgan reja yordamida oson yozish mumkin. Bunda reja konspekt yozilishi uchun maxsus tuziladi yoki mustaqil yozuv sifatida oldindan tuzilganidan foydalaniladi. Bunday yozuvda rejaning har bir savoliga konspektning ma’lum bir qismi to‘g‘ri keladi. Biroq rejaning qismi qo‘shimcha va tushuntirishlarni talab qilmasa, u matn bilan berilmaydi. Bu aniq, qisqa, ixcham reja- konspektning o‘ziga xos xususiyatidan biri. Konspektlashtirish maqsadlarini e’tiborga olib o‘qiganlarini qayta bayon qiladigan, reja shaklida qisqa bo‘lgan konspekt o‘rganish jarayonida materialni yaxshiroq o‘zlashtirishga yordam beradi. Kitobning mazmuni konspekt yozishda esda qoladi. U o‘z fikrini ketma-ket va aniq ifodalay olish, reja tuzishda uning mazmunini umumlashtirib kitob ustida ishlashga o‘rgatadi. A K A D E M I K YO Z U V 1 8 Rejali konspekt Ko‘nikma bo‘lganda konspekt o‘z shaklida tez, qisqa, oddiy va tushunarli tuziladi. Bunday afzalliklari doklad yoki chiqishlar tez tayyorlashda eng yaxshi yordamchi bo‘ladi. Agar kitob orasiga belgilar qo‘yilgan varoqlar qo‘yilsa, ular asosida konspekt tuzish osonroq bo‘ladi. Biroq vaqt o‘tishi bilan u bilan ishlash qiyinchilik tug‘dirishi mumkin, chunki har doim ham manbaning mazmuni xotirada saqlanib qolmaydi. Bu holda kitobni o‘qish davomida belgilar qo‘yilgan varoqlar yordamga keladi. Shu sababli belgilar qo‘yilgan varoqlar saqlab qo‘yiladi. Savol-javobli konspekt eng sodda rejali konspekt sanaladi. Bunda savollar shaklida tuzilgan rejaga konspekt ko‘rinishida aniq javoblar beriladi. Ishlab chiqish, o‘zgarish kiritish jarayonlarida rejali konspekt sxema rejali konspekt bo‘lishi mumkin, ya’ni mantiqiy tuzilish va alohida mazmunlarning o‘zaro aloqasini aks ettiruvchi konspekt. Mantiqan to‘g‘ri ma’noga ega bo‘lishi uchun yozuvda asl nusxadagi ketma-ketlik o‘zgarishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling