Ax-11-20 guruh talabasining


elektron raqamli imzo kalitining sertifikati -


Download 1.04 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/20
Sana18.06.2023
Hajmi1.04 Mb.
#1568043
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
1-Mustaqil ish L Dilmurodov Kriptografiya(2)

elektron raqamli imzo kalitining sertifikati - elektron raqamli imzoning ochiq 
kaliti elektron raqamli imzoning yopiq kalitiga mosligini tasdiqlaydigan va elektron 
raqamli imzo yopiq kalitining egasiga vakolatli organ tomonidan berilgan elektron 
yoki qog‘oz shaklidagi hujjat; 


elektron raqamli imzo yopiq kalitining paroli - elektron raqamli imzoning yopiq 
kalitidan ruxsatsiz tarzda foydalanishdan himoya qilish uchun mo‘ljallangan shartli 
belgilar ketma-ketligi. 
elektron raqamli imzoning yopiq kaliti egasi - elektron raqamli imzo kalitini 
yaratgan (elektron hujjatga imzo qo‘ygan) va vakolatli organ tomonidan uning 
nomiga elektron raqamli imzo kaliti sertifikati berilgan jismoniy shaxs. 
elektron raqamli imzo kalit sertifikatini boshqarish - elektron raqamli imzo 
kalitining sertifikati amal qilishini to‘xtatib turish yoki qayta tiklash yoxud uni bekor 
qilish. 
elektron raqamli imzo kalit sertifikatining amal qilish muddati - elektron raqamli 
imzo kaliti ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak.


Elektron raqamli imzo to’g’risidagi O’zbekiston Respublikasining 
Konstitutsiyasida qabul qabul qilingan qonunlar.
 
1- 
modda. Ushbu Qonunning maqsadi
 
Ushbu Qonunning maqsadi elektron raqamli imzodan foydalanish 
sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Izoh: 1-moddada Elektron raqamli imzodan foydalanishni yo’lga qoyish, uni aholi 
o’rtasida tatbiq qilish, aholi uchun qulayliklar yaratish maqsadida electron raqamli 
imzodan foydalanish munosabatlari belgilab berilgan. 
2- 
modda. Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va 
boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston 
Respublikasining elektron raqamli imzo to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari 
qo‘llaniladi. 
Izoh: elektron raqamli imzodan foydalanish to’g’risidagi qonun hujjatlari avvalo 
Konstitutsiyada keltirilgan qonun hujjatlaridan va boshqa qonun hujjatlaridan 
iboratdir. O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun xujjatlarida elektron 
raqamli imzoga tegishli qabul qilingan qarorlardan yoki qoidalardan o’zgacha 
qonun-qoidalar belgilangan bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining xalqaro qonun 
xujjatlaridagi qonun-qoidalarga amal qilinadi. 

Download 1.04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling