Axborot-boshqarish tizimlarni yechishning matematik apparatlarini real ob’ektlarda qo‘llanilishi. Reja: Iqtisodiy axborot tizimi. Iqtisodiy tizimlarni o’rganishda tizimli yondashuv
Umumiy xolda savdo sohasida kuyidagi funktsional tizimlar mavjud
Download 28.7 Kb.
|
tizimlar nazariyasi haqiqiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari Boshqaruv tizimi modeli.
Umumiy xolda savdo sohasida kuyidagi funktsional tizimlar mavjud:
1. Tovar aylanishini boshqarish. 2. Tovar xarakatini boshqarish. 3. Talab va taklifni boshqarish. 4. Buxgalteriya xisobi. 5. Ish xaki va mexnatni boshqarish. 6. Moddiy texnika ta’minotini boshqarish. 7. Kapital kurilishini boshqarish. 8. Mutaxassislarni boshqarish va boshkalar. Axborotli texnologiya umumiy xolda ikki guruxga ajratiladi: 1. Texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. 2. Tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi (avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari). Texnik jarayonlarni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimlari uzluksiz xususiyatdagi ishlab chikarish sohalarida tashkil qilinadi. Bunday tizimlarda 66 boshqarish ishlari jarayonlarga urnatilgan turli xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Inson bunday tizimlarda kuzatuvchi vazifasini utaydi. Tashkiliy boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarida inson birlamchi, texnik vositalar esa, ikkilamchi vazifasini utaydi. Tashkiliy boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi kuyidagi belgilarga kura turkumlanadi: Faoliyat kursatish darajasiga kura: 1. Umumdavlat mikyosidagi avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi. Tarmoqlararo avtomatlashtirilgan boshqarish tizimi (moliya). Tarmoqni boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. Korxonani boshqarishni avtomatlashtirilgan tizimi. 5. Avtomatlashtirilgan ish joylari. Funktsiyalarni boshqarishni avtomatlashtirilgan darajasiga kura. Axborot maslaxat beruvchi tizim. Axborot qidiruv tizim. 3. Axborot ma’lumotnoma beruvchi tizim. Axborot ukitish tizimi. Faoliyat yuritish usuliga kura: Davlat karamogidagi tizim.Xujalik xisobidagi tizim. Iqtisodiy axborot tizimlarining modellari Boshqaruv tizimi modeli. Boshqaruv tizimi o’zining tarkibiy nuqtai nazaridan ko’p sonli funktsional momentlardan (boshqaruv vazifalaridan) iborat bo’lib, boshqarishning to’liq davrini namoyon qiladi. Bular: boshqaruvni bashoratlash, rejalashtirish, dasturlash, tashkillashtirish, me’yorlash, qayd etish, nazorat, tahlil etish va tartibga solish (4.5-rasm). Quyidagi uchta asosiy boshqaruv darajasi farqlanadi. YUqori daraja tizimning kattaroq yoki kichikroq ma’lum bir istiqbolga mo’ljallangan asosiy yo’lini (rejalashtirish konturini) belgilab beradi. O’rta darajada berilgan strategik yo’nalishni amalga oshiruvchi tarkibi shakllanadi yoki ko’rinishini o’zgartiradi (tashkil etish konturi). Quyi darajada yuzaga kelgan og’ishlarni bartaraf etgan holda, tizimning tegishli rejimda bo’la olishini ta’minlaydi. Mazkur modelda boshqaruvchi qism va boshqaruv ob’ektining o’zaro aloqasi aniq nomoyon bo’ladi. Ular uch xil ko’rinishdagi buyruq oladi, ya’ni: hech bir ko’rsatmasiz bajariladigan dastur; ma’lum bir ehtimoliy voqealar sodir bo’lgan hollarda bajariladigan tashkiliy qoidalar; atrof–muhitning taxminiy ta’siri va tizim faoliyatining me’yoriy rejimdan chalg’ish bilan bog’’liq bo’lgan boshqaruv buyruqlari. I(v) – tashqi muxitning statsionar shart–sharoitlari xaqidagi axborot; I(b) – tashqi ta’sirlar haqidagi axborotlar; I(R) – boshqariladigan ob’ekt harakatlari to’g’risidagi axborot; I(i) – boshqariladigan ob’ekt holati to’g’risidagi axborot; I(a) – tahliliy axborot; I(y) – hisobot axboroti; I(q) – bashoratlash axboroti; I(k) – nazorat axboroti; I(n) – me’yoriy axborot ; W(n) – reja axboroti; W(m) – dasturiy axborot; W(p) – tartibga soluvchi axborot; W(o) – tashkiliy axborot. Quyida to’liq boshqaruv davri faoliyatining amaliy mohiyatini ko’rib chiqamiz. 1. Bashoratlash - bu tashqi muhitning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan holatini, boshqariladigan ob’ektning o’zini tutishini aniqlash maqsadida ma’lumotlarni qayta ishlash hamda ular har birining ehtimolligini baholashdan iborat. 2. Rejalashtirish – bu tizimning kelajakdagi orzu qilingan holatini ishlab chiqish (rejali modelini ishlab chiqish) va ushbu holatga erishish uchun mablag’larni taqsimlashga nisbatan qarorlar qabul qilishdan iborat. Rejalashtirish maqsad va mezonlarni tanlashni o’z ichiga oladi. SHu maqsad va mezonga nisbatan boshqaruv samaradorligi baholanadi. 3. Dasturlash rejasini amalga oshirish, ya’ni tizim faoliyatining algo-ritmini ishlab chiqish uchun boshqariladigan harakatlar ketma–ketligi hamda o’zaro aloqasini bayon etuvchi dasturlarni ishlab chiqishdan iborat. 4. Tashkil etish – mustahkam (bardoshli) ob’ektlar yoki jarayonlar tuzilmasini o’zgartirishi yoki ko’rishdan, ya’ni ma’lum bir holatlarida boshqariladigan ob’ektlar faoliyatini reglamentlashtirishda foydalanila-digan u yoki bu qoida, protsedura, usul, algoritmlarini belgilash yoki o’zgartirish demakdir. 5. Me’yorlashtirish - tizimning xususiyatlarini ifodalovchi statistik ma’lumotlarni doimiy ravishda yig’ish va ular asosida tizimning bir me’yorda faoliyat ko’rsatishini ta’minlab turish. 6. Hisobga olish boshqariladigan ob’ekt va tashqi muhit parametrlari majmuini qayd etishdan iborat. U yana keladigan ma’lumotlarni dastlab qayta ishlash, jumladan, tasniflash, guruhlash va hokazo arifmetik hamda mantiqiy operatsiyalarni o’z ichiga oladi. 7. Nazorat qilish – boshqariladigan ob’ektlarning me’yorida ishlashidan chalg’ishi to’g’risidagi ma’lumotlar mazmunini aniqlashdan iborat. 8. Operativ boshqarish – tasodifiy ta’sirlar sababli tizim ishining me’yoriy rejasidan chetlashishini bartaraf etish maqsadida qaror qabul qilish, ya’ni qayta aloqa asosida tuzatish, olinadigan samaraning sifat va miqdor o’lchovlari o’zgarishiga ko’ra boshqariluvchi ob’ektga ta’sir ko’rsatishidir. 9. Tahlil – tizimning joriy holatini o’rganishda ish samaradorligini oshirish uchun uning imkoniyatlarini tahlil etishdan iborat Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling