Axborot-boshqarish tizimlarni yechishning matematik apparatlarini real ob’ektlarda qo‘llanilishi. Reja: Iqtisodiy axborot tizimi. Iqtisodiy tizimlarni o’rganishda tizimli yondashuv
Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash axborot texnologiyasi
Download 28.7 Kb.
|
tizimlar nazariyasi haqiqiy
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rejalashtirish
Qaror qabul qilishni qo’llab-quvvatlash axborot texnologiyasi
Axborotlarga asoslangan, maqsadi oldindan belgilangan va shu maqsadga erishish dasturi ishlab chiq0ilgan boshqariluvchi jarayonga maqsadli ta’sir ko’rsatish - qaror qabul qilish deb ataladi. Qarorning shakllanish jarayoni esa – qaror qabul qilish jarayoni deb yuritiladi. Iqtisodiy ob’ektni boshqarish doirasida mehnat taqsimotiga muvofiq qabul qilinadigan qarorlar boshqaruvning u yoki bu vazifasiga kiradi. Qaror qabul qilish jarayonini ta’minlash, ya’ni aynan, kerakli axborotni kerakli vaqtda va kerakli joyga taqdim etish - iqtisodiy ob’ekt axborot tizimining asosiy vazifalaridan biridir. SHu bois ham qaror mohiyati, uni qabul qilish jarayoni, qaror qabul qilishning barbod bo’lishi iqtisodiy ob’ektning axborot tizimi faoliyatiga, u erda qo’llaniladigan texnologiyaga sezilarli ta’sir qiladi va xatto axborot tizimining butun boshli sinfi - qaror qabul qilish tizimini shakllantirish zaruriyatini keltirib chiqaradi. Boshqarish deb ob’ektning asosiy xossalarini saklab kolish yoki ma’lum bir maqsadga erishish uchun uni rivojlantiruvchi tizimning funktsiyasiga aytiladi. Tizimni boshqarish maqsadiga ma’lum bir funktsiyani amalga oshirish orqali erishiladi. Bunday funktsiyalarga: rejalashtirish; taxlil etish; nazorat; xisobot; karor qabul qilish funktsiyalari kiradi. Rejalashtirish deb boshqarishning maqsadi va unga erishish yullarini aniqlash, xarakat rejasini tuzish va uning istikbolini aniqlashga aytiladi. Taxlil etish deganda boshqarish tizimi tuzilishini tanlash va shakllantirish, tizim unsurlari urtasidagi munosabatni va bogliklikni aniqlash tushuniladi. Nazorat deb ishlab chikarish jarayonini kuzatish va xakikatda bajarilgan ishning reja buyicha belgilanganligi tugriligini tekshirishga aytiladi. Xisobot deganda reja bajarilishining yoki uning ma’lum bir boskichi bajarilishining yakuniy xisoboti, boshqarish natijalarini baxolash tushuniladi. Boshqarish tizimida asosiy funktsiyalardan biri - karor qabul qilish funktsiyasidir. Boshqarish karorini ikki xil qabul qilish mumkin: 1.YAkka xolatda. 2.Kollegial. Karorni qabul qilish va uni tayyorlash uch boskichda amalga oshiriladi: 1. Maqsadni aniqlash. 2. Karorni ishlab chikish va qabul qilish. 3. Karor bajarilishini tashkil qilish va nazorat qilish. Birinchi boskichda xolatni taxlil qilish, xolat istikbolini aniqlash muammoli vaziyatni aniqlash, maqsadni aniqlash ishlari amalga oshiriladi. Ikkinchi boskichda masala kuyiladi va karorning variantlarini aniqlash, karorni tanlash va tasdiklash ishlari bajariladi. Uchinchi boskichda karorni bajarish rejasi aniklanadi, karorning bajarilishi xisoboti beriladi, u nazorat qilinadi xamda karor bajarilishi boshkariladi. Karor qabul qilish uchun boshqarish tizimida qo’llaniladigan axborot ob’ektiv tulik va uz vaqtida etkazilishi kerak. Boshqaruv jarayonlari axborot texnologiyasining maqsadi karor qabul qilish bilan boglik bulgan ishlarni bajaruvchi xodimlarning axborotga bulgan extiyojlarini kondirishdan iborat. U boshqaruvning xar qaysi boskichida xam foydali bulishi mumkin. Karorlarni qabul qilishni qo’llab-kuvvatlashga karatilgan axborot texnologiyasining asosiy xususiyati inson va kompyuterning uzaro munosabatini tashkil qilishning sifat jixatidan yangi usulidan iborat. Bu texnologiyaning asosiy maqsadi karorni ishlab chikish bulib, bunga interaktsion jarayon natijasida erishiladi. Bunday jarayon esa: Xisoblash zvenosi va boshqaruv ob’ekti sifatida kelgan karorlar qabul qilishni qo’llab-kuvvvatlash tizimi. kirish ma’lumotlarini berayotgan va kompyuterdan xisoblashdan olingan natijani baxolayotgan boshqaruvchi zveno sifatida kelgan inson katnashadi. Interaktsion jarayon insonning xoxishi bilan nixoyasiga etadi. a) ta’minlovchi kism b) funktsional kism Ta’minlovchi kism tarkibiga kirgan kuyi tizimlar axborotli texnologiyaning faoliyatini belgilaydi va mikdoriy jixatdan kat’iy belgilanadi. Bular kuyidagilardan iborat: Tashkiliy ta’minot. Axborot ta’minoti. Matematik va dasturiy ta’minot. Texnologik ta’minot. Lingvistik ta’minot. Ergonomik ta’minot. Xukukiy ta’minot. Texnik ta’minot. Mutaxassislik ta’minoti. 1. Tashkiliy ta’minotning asosiy vazifasi boshqarish sub’ektida axborotli texnologiyani tashkil qilish maqsadga muvofik yoki muvofikmasligi tugrisida karorni ishlab chikishga karatilgan. 2. Axborot ta’minoti boshqarish sub’ekti faoliyatida xizmat kiluvchi barcha ma’lumotlarning tuplamidan tashkil topadi. 3. Matematik va dasturiy ta’minot boshqarish sub’ekti masalalarining echilish yullarini ifodalaydi va tegishli dasturlardan iborat buladi. 4. Texnologik ta’minot tuplangan ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlarining boshqarish usullarini ifodalaydi. 5. Lingvistik ta’minot axborotlarni ifodalashdagi tegishli belgi va algoritmik tillardan tashkil topadi. 6. Ergonomik ta’minot axborotli texnologiya unsurlarining faoliyati uchun tegishli shart-sharoitlarni yaratadi. 7. Xukukiy ta’minot boshqarish sub’ekti va xodimlarning burchlari, majburiyat va xukuklarini belgilaydi. 8. Texnik ta’minot avtomatlarni qayta ishlash jarayonlariga mos xolda tegishli vositalar bilan ta’minlashni ifodalaydi. 9. Mutaxassislik ta’minoti axborotli texnologiya tizimlarini bilan ta’minlanadi. Axborotli texnologiyaning funktsional kismi u faoliyat ko’rsatayotgan sohaning moxiyatiga bog’lik bulib, echilayotgan masalalar tuplami orqali tashkil qilinadi. Funktsional kism tarkibiga kirgan kuyi tizimlar mikdoriy jixatdan kat’iy belgilanmagan va umumiy xolda boshqarish funktsiyalari asosida tashkil qilinadi. Download 28.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling