2-mavzu. Biznesning strategik holatlarini aniqlash Reja
Download 27.64 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Strategik sharoitlar: makro, mikro, tarmoqlararo va bozordagi sharoitlar
- Makrosharoitlar
2-mavzu. Biznesning strategik holatlarini aniqlash Reja: Strategik sharoitlar: makro, mikro, tarmoqlararo va bozordagi sharoitlar. Strategik holatlarning koordinatalari Strategik sharoitlaming auditi Strategik sharoitlar: makro, mikro, tarmoqlararo va bozordagi sharoitlar Biznes g‘oya korxona jalb qilingan (yoki jalb qilinishi kutilayotgan) ishlab chiqarish-tijorat faoliyatining mazmuni va mohiyatini o‘zida ifodalaydi. Unda korxona ko‘zlayotgan ehtiyoj- larni qondirish, tijorat omadiga erishish uchun zarurbo‘lgan qobi- liyatlar ma’lumoti ko‘r$atiladi. Lekin bunday omadga erishish usuli korxonaning muayyan davrdagi egallab turgan strategik holatlariga chambarchas bog‘liq bo‘ladi. Korxonaning strategik holatlari biznes g‘oyaning makro- sharoitlar, mikrosharoitlar, bozor sharoitlari va tarmoqlararo sharoitlar darajasming mosligi taalluqliligi biJan aniqlanadi. Makrosharoitlar, avvalo biznes g‘oyaning amalga oshirish maqsadini ko‘zda tutib, ularga quyidagilar kiradi: ijtimoiy sharoitlar; siyosiy sharoitlar; iqtisodiy sharoitlar; texnologik sharoitlar. Biznes g‘oyaning mikrosharoitlari korxonaning quyidagi tizimlariga asoslanib shakklanadi: ishlab chiqarish-texnologik tizim; moliyaviy-iqtisodiy tizim; boshqaruv tizimi; ishlab chiqarishga tayyorlash va marketing tizimi; korporativ madaniyat tizimi. Biznes g£oyaning tarmoqlar sharoitlarini amalga oshirish quyidagilar yordamida erishiladi: tarmoqning raqobatli muhit tuzilmasi va dinamikasi; kutilayotgan raqobatning xavf-xatari; tarmoqdagi iste’molchilaming holati; tarmoqdagi yetkazib beruvchilaning holati; mahsulot o‘mini bosuvchi ishlab chiqaruvchilarning bosimi. Biznes g‘oyaning bozor sharoitlarini amalga oshirish quyidagilar yordamida erishiladi: bozorning salohiyati (hajmi); bozorning tuzilmasi va biznes g‘oyaning salohiyatli segmenti; bozorning yoshi; talabning elastikligi; bozor omadining asosiy ko‘rsatkichlari. Psixologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, normal fikrlash jarayonida insonlar kiruvchi stimullami verbal harakatga aylantirishar ekan. Insonning absolyut fikrlash doirasi va qobiliyatlarining chek- langanligi shuni ko‘rsatadiki, inson faqatgina ma’lum miqdordagi ma’lumotlami yodlab qolish qobiliyatiga ega xolos. Ma’lum biznes g‘oyani amalga oshirishda, aniq ijtimoiy sharoitlami qay darajada yaxshiligini (yoki yomonligini) miqdor ko‘rsatkichi bilan aniqlash qiyin. Bunday savollarga javob topishda, ko‘pincha qiyosiy shakldagi «juda ko‘proq», «ko‘proq», «ozgina ko‘proq» kabi sifat ko‘rsatkichlariga tayangan holda ish yuritish o‘rinli boMadi. Masalan, hozirgi vaqtda biznes g‘oyani amalga oshirishda siyosiy sharoitlar juda yoqimli, yoqimli yoki yoqimsiz deb hisoblash mumkin. Inson psixologiyasi sohasidagi tadqiqot, tajriba va kuzatishlar natijasiga ko'Ta insonning fikrlashi ko‘pgina holatlarda tabiatdan aniq emas, balki taxminiy xarakterga ega boMadi deb aytish mumkin. Inson ma’lum darajada miqdor jihatdan ifodalashi lozim boMgan masalani qiyinchilik bilan yechadi, masalan, biznesga siyosiy sharoitlarning mos kelishi darajasini miqdoriy aniqlash misolida. Bu ko‘rsatkich 1 yoki 0,75 ni tashkil qilishini aniqlash qiyin. Shu bilan birgalikda, inson verbal vaziyatni juda yaxshi tasvirlaydi va «juda yaxshi» siyosiy voqealami «o‘rta» voqealardan qiyinchiliksiz ajratib bera oladi. Undan tashqari, inson quyidagi fikrlashlami osonlikcha hal qiladi: Agarda: siyosiy vaziyatlar yomon bo’lmasa va Agarda: iqtisodiy sharoitlar qoniqarsiz b’lsa U holda: biznes uchun imkoniyatlar, qiyinchiliklarga nisbatan kamroqdir. Yuqorida keltirilgan sistemaning yechimini tenglamalar soni yetarlicha boimaganda aniqlash jarayonini taxminiy izohlash deb yuritiladi. Taxminiy izohlash usulini korxona missiyasini aniqlash maqsadida uning tashqi va ichki sharoitlar holatini keltirib chiqa- rishda (hisoblashda) qoilaymiz. Yetarli darajada aniq bo‘lmagan (1) turdagi tenglamalar sistemasining yechimini yoritishda «yomon», «qoniqarsiz», «kam- roq» terminlar mos ravishda «siyosiy vaziyatlar», «iqtisodiy sharoitlar», «biznes uchun imkoniyatlar» kabi lingvistik o'zgaruv- chilarning qiymatini aks ettiradi. Bizning misolimizda lingvistik o'zgaruvci bo‘lmish «biznes g‘oyaning makrosharoitlari»ning qiymati quyida keltirilgan yetarlicha aniq bo‘lmagan tenglamalar ko£ri- nishida aniqlaniladi: Agar bozor sharoitlari = ? Agar tarmoqlar holati = ? Agar ijtimoiy sharoitlar = ? Agar siyosiy sharoitlar = ? (2) Agar iqtisodiy sharoitlar — ? Agar texnoiogik sharoitlar - ? U holda biznes g'oyaning makrosharoitlari — ? Lingvistik o‘zgaruvchi «biznes gloyaning mikrosharoitlari»ning qiymati quyida keltirilgan yetarlicha aniq bo‘lmagan tenglamalar ko'rinishida aniqlaniladi: Agar ishlab texnoiogik ishlab chiqarish tizimi = ? Agar moliyaviy-iqtisodiy tizim = ? Agar ishlab chiqarish va marketing tizimi = ? (3) Agar boshqaruv tizimi — ? Agar korporativ madaniyat tizimi = ? U holda biznes g‘oyaning mikrosharoitlari = ? Lingvistik o‘zgaruvchi «biznes g‘oyaning bozor sharoitlari»ning qiymati quyida keltirilgan yetarlicha aniq bo‘lmagan tenglamalar ko'rinishida aniqlaniladi: Agar bozor salohiyati = ? Agar bozor tuzilmasi == ? Agar bozor yoshi = ? (4) Agar talab eiastikliigi ~ ? Agar bozor muvaffaqiyatining asosiy omillari = ? U holda biznes g‘oyaning bozor sharoitlari = ? Lingvistik o£zgaruvchi «biznes g‘oyaning tarmoqlar sharoit- lari»ning qiymati quyida keltirilgan yetarlicha aniq boMmagan tenglamalar ko‘rinishida aniqlaniladi: Agar raqobat tuzilmasi va dinamikasi — ? Agar salohiyatli raqobatning xavf-xatari = ? Agar tarmoqdagi iste’molchilaming holati = ? (5) Agar tarmoqdagi yetkazib beruvchilarning holati = ? Agar o'mini bosuvchi mahsulotlar ishlab chiqaruvchilaming bosimi = ? U holda biznes g‘oyaning tarmoqlar sharoitlari = ? 0‘z navbatida (2), (3), (4) va (5) ifodalarda argument sifatida foydalanilayotgan lingvistik o‘zgaruvchilaming qiymati ham, mos ravishda yetarlicha aniq bo‘lmagan tenglamalar sistemasining yechimi orqali aniqlaniladi. Quyida argument sifatida foydalaniladigan lingvistik o'zga- ruvchilar va ularning qabul qiladigan qiymatlari keltirilgan: Download 27.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling