Konservativ faolatlar
Konservator
|
Korxona juda yuqori strategik salohiyatga ega va sharoitlarni to‘la boshqarish imkoniyatiga ega. Lekin o‘z biznesining eng yomon tarmoqlarining birida faoliyat olib boradi va deyarli hech qanday raqobatli ustunliklarga ega emas.
|
Ziqna ritsar
|
Yuqori strategik salohiyatga ega korxona o‘z biznesini juda ijobiy makro muhitda shakllantiradi. Lekin bu biznes juda past raqobatli ustunliklarga ega va ijobiy hisoblanmagan tarmoqda faoliyat olib boradi.
|
Begonalar yonida o‘ziniki, oLzinikilar yonida begona
|
Makromuhit korxona biznesiga to'laligicha mos keladi. Strategik salohiyat juda yuqori. Lekin korxona o‘z faoliyatini yoqimli hisoblanmagan tarmoqda olib boradi, yoki shu tarmoqdagi boshqa vakillarga nisbatan sust darajadagi raqobatli ustunliklarga ega.
|
Mushtum
|
Korxona o‘z biznesining eng yoqimli tarmoqlaridan birida faoliyat olib boradi ammo hech qanday raqobatli ustunliklarga ega emas. Shu bilan bir qatorda, yetarli darajadagi yuqori strategik salohiyatga ega va makromuhit sharoitlarni yetarli darajada to‘la boshqarish imkoniyatiga ega.
|
0‘rta sinf
|
Korxona yoqimlik darajasi past bo'lgan tarmoqlarga kiradi va uning raqobatli ustunliklari kam.
Ammo o‘zgaruvehan makromuhit sharoitlariga bardosh beraoladigan sezilarli darajadagi strategik salohiyatga ega.
|
Tasqar
o‘rdakcha
|
Strategik salohiyat makromuhit sharoitlan» yetarli darajada to‘la boshqarish imkoniyatini beradi. Salohiyat nisbatan yuqori, biznesni olib borish makro sharoitlan ijobiy hisoblanadi.
Ammo korxona faoliyat ko‘rsatayotgan tarmoq, yetarli darajada yoqimli emas yoki korxona zarur bo'lgan raqobatli ustunliklarga hali ega emas.
|
Xutoryanlik
|
Korxona o‘z biznesini eng yoqimsiz tarmoqiaridan birida faoliyat olib boradi va hech qanday raqobatli ustunliklarga hali ega emas. Shu bilan bir qatorda, korxonaning strategik salohiyati salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi o‘zgaruvchan makromuhit sharoitlarini qaysidir darajada muvozanatda saqlab turish imkoniyatiga ega.
|
Lyumpen
|
Korxonaning strategik salohiyati ijobiy makromuhit sharoitlarida yetarli darajada yuqori emas yoki asosan uning salbiy ta’sirini rad etishga sarflanadi. Korxona o‘z biznesini yoqimsiz tarmoqda olib boradi, raqobatchilarga nisbatan ustunliklarga ega emas.
|
BlekDjek
|
Korxona o‘z biznesini yoqimsiz tarmoqda faoliyat olib boradi yoki zarur raqobatli ustunliklarga hali ega emas. Ammo o‘zgaruvchan makromuhit sharoitlariga bardosh beraoladigan strategik salohiyatga ega.
|
|