Axborot erkinligi


Download 468.5 Kb.
bet1/2
Sana02.05.2020
Hajmi468.5 Kb.
#102749
  1   2
Bog'liq
12-VARIYANT (2)


12-VARIANT

  1. Atama lug’atlarni bajaring:

Axborot erkinligi -fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlaridan biri bо‘lib, sо‘z, matbuot va boshqa ommaviy axborotga ega bо‘lgan axborotni olish huquqi va qonuniy asosda olingan axborotlarni tarqatish huquqi axborot erkinligi hisoblanadi. О‘z.Res. Konstitusiyasiga asosan, ommoviy axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning tо‘g‘riligi uchun belgilangan tartibda javobgardirlar, senzuraga yо‘l qо‘yilmaydi (67-modda).

G‘oya inson tafakkurida vujudga keladigan, ijtimoiy xarakterga ega bо‘lgan, ruhiyatga kuchli ta’sir о‘tkazib, jamiyat va odamlarni harakatga chorlaydigan, maqsad-muddao sariyetaklaydigan kuchli, teran fikr

Mustaqil bosma OAV lari –davlat boshqaruvidan holi bо‘lgan, о‘zining fikr va sо‘z erkinligini rо‘yobga chiqaruvchi, lekin bunda о‘z faoliyatini amaldagi qonunchilik doirasidagina olib boruvchi ommaviy axborot vositalaridir.

Sо‘z erkinligini ta’minlash – insonning fundamental va tabiiy huquqlaridan biri – о‘z fikrini (hayolini) oshkora (og‘zaki, yozma ravishda va/yoki ommaviy axborot vositalardan foydalangan holda) ifoda etish huquqini amalga oshirish uchun kompleksli shart-sharoitlarni yaratish.

Tabaqa(qatlam)-о‘xshash kasb-hunar,mashg‘ulot, holati va ahvoli bilan manfatlar umumiyligi asosida birlashgan shaxslarning yirik guruhi.

Taraqqiyotjamiyat rivojlanishining oddiydan murakkabga,quyidan yuqoriga yо‘nalgan, bir sifat bosqichidan yangi sifat bosqichiga о‘tishi jarayoni.

Taraqqiyotning “О‘zbek modeli”- istiqlolning dastlabki yillarida Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov rahbarligida ishlab chiqilgani slohotlar strategiya bо‘lib, taraqqiy topgan mamlakatlarning bozor munosabatlariga о‘tish tajribasi, mamlakatimiz boshidan kechirgan tarixiy sinovlar va ularning saboqlari, xalqimizning turmush va tafakkur tarzi asos qilib olindi. Shu tariqa yurtboshimiz tomonidan jamiyatni isloh etishning chuquri lmiy asoslangan quyidagi besht amoyili vujudga keldi: Birinchi tamoyil: iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi; Ikkinchi tamoyil:davlat – bosh islohotchi; Uchinchi tamoyil: jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi; Tо‘rtinchi tamoyil: aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish; Beshinchi tamoyil: bozor iqtisodiyotiga obyektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, tadrijiy asosda, puxta о‘ylab, bosqichma-bosqich о‘tish.

Uklad- tartib, tarz; ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy tuzumning asosiy xо‘jalik shakli.

Umumbashariy qadriyat -dunyo xalqlarining kо‘pchiligi tomonidan tan olingan, huquqiy meyorlar tarkibiga kiritilgan yokiq adriyat, an’ana va mas’uliyatiga aylangan, voqe’lik va yohud munosabatlar tizimiga nisbatan qо‘llaniladigan tushuncha.

О‘ng- - siyosiy kuchlar joylashuvida jamiyatning ijtimoiy-siyosiy tuzilishini saqlanishini maqsad qilib olgan konservativ siyosiy oqim.


  1. Nazorat savollariga javob bering va savollarga muammo sifatida qarab uni pedagogik metod orqali muammoni hal qiling.

    1. Saylov tushunchasi va uning demakratik davlatlardagi o`rni.

Saylovlar, bu siyosiy hokimiyatni xalqning xohish-istagi va azmi-qarori asosida shakllantirish vositasi, fuqarolarning o’zlari tanlagan va saylagan vakillari orqali mamlakatni boshqarish usuli demakdir.

Vakillik demokratiyasi deb nom olgan xalq boshqaruvining ushbu shakli joriy etilganiga 2 asr bo’ldi. Jahon tarixida birinchi marta Niderlandiyada 1800 yili ijro qiluvchi hokimiyat organi, ya‘ni hukumat rahbarlari xalq tomonidan saylangan edi. To’g’ri, saylov marosimlari antik zamonlarda, ya‘ni quldorchilik tuzumi davrida ham Gretsiya va Rim davlatlarida o’tkazilganligi tarixdan ma‘lum. Quldorlar sinfi davlatning oliy hokimiyat organini shakllantirishda qatnashganlar. Ammo bunday siyosiy tadbirlarda mamlakat aholisining ko’pchilik qismini tashkil etgan ayollar va qullar ishtirok etmaganlar. Shu bois uni hozirgi ma‘nodagi saylovlar bilan tenglashtirish mumkin emas.

Endilikda umumiy saylov huquqi inson siyosiy huquqlarining eng muhim tarkibiy qismi bo’lib, unga ko’ra, kishilarning milliy, irqiy, jinsiy, diniy va mulkiy belgilariga qarab ovoz berish huquqidan mahrum etish yoki cheklash ma‘n qilingan.

Hozirgi demokratik davlatlarda amal qilayotgan saylov tizimi bir-biridan farq qiladi. Bunday xilma-xillik o’sha mamlakatlardagi demokratik an‘analarga, mavjud siyosiy kuchlarning jamiyat hayotida tutgan o’rni va roliga, fuqarolarning siyosiy ongi va siyosiy madaniyat darajasiga bog’liq, albatta. Savollarning quyidagi uchta turi mavjud:

1. Majoritar saylovlar;

2. Proportsional saylovlar;



3. Aralash saylovlar.
2.2 Mediatsiya nima? - баҳс-мунозараларни учинчи бетараф томон иштирокида тартибга солишга доир ҳуқуқий технология. Ушбу йўналиш ўзининг маълум бир шартлари ва тамойилларига эга. Масалан:

  • томонларнинг тенг ҳуқуқлилиги;

  • ихтиёрийлик;

  • ўзаро ҳурмат;

  • конфиденциаллик;

  • жараённинг шаффофлилиги;

  • медиаторнинг холислиги.




    1. Fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari faoliyatining konstitusiyaviy-huquqiy asoslari nimalardan iborat?

Фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари Ўзбекистон Республикаси Президенти Ислом Каримов томонидан илгари сурилган ―Кучли давлатдан кучли фуқаролик жамияти сари концепцияси‖ни ҳаѐтга татбиқ этишда энг муҳим ташкилий-институционал бўғинга айланди. Олиб борилган тадқиқотлар шундан далолат берадики, 2003 йилнинг ўзидаѐқ фуқароларнинг умумий ҳисобда 65,1%и ўз оиласи ѐки ўзларининг муаммоларини ҳал этиш борасида фуқаролар йиғинларига мурожаат қилиб турган1. Бу кўрсаткич бугун янада мустаҳкамланмоқда. Бир сўз билан айтганда маҳалла аҳолинингишончини тўла оқламоқда. Дарҳақиқат, маҳалла - Ўзбекистонда фуқаролик жамиятини барпо этишнинг муҳим институти. Айнан маҳаллий ҳокимият ваколатларини бир қисми ушбу институтга олиб берилгани, унинг аҳамияти ошиб бораѐтганидан далолат беради. Маҳалланинг бошқаруви миллий ва давлатчилигимиз тажрибасидан келиб чиқиб, раис, яъни оқсоқол томонидан амалга оширилмоқда. Оқсоқоллар ва унинг маслаҳатчилари ҳар 2,5 йилда бир неча нафар номзод орасидан аҳоли вакиллари томонидан демократик тарзда сайлов асосида ўз вазифасини бажаришга киришади. Чунончи, 2013 йил ноябрь-декабрь ойларида ўтказилган сайловлардаги вакиллар йиғилишларида 32292 нафар номзод кўриб чиқилгани, улардан 9756 нафар (бир ўринга ўртача 3,3 нафар номзод) энг муносиблари сайлангани ҳам фикримизни тасдиқлайди. 18 фоиз ҳолатда эса фуқаролар ѐпиқ овоз бериш ҳуқуқидан фойдаланишди. Шунингдек, 99618 нафар фуқаролар йиғинлари раислари маслаҳатчилари сайланди2. Ўтган давр мобайнида фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари таркибида бир қатор тузилмавий ўзгартишлар киритилди. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2004 йил 25 майдаги ―Ўзбекистон Хотинқизлар қўмитаси фаолиятини қўллаб-қувватлаш борасидаги қўшимча чоратадбирлар тўғрисида‖ги Фармони асосида 2004 йилнинг 1 июлидан бошлаб фуқаролар йиғинининг диний маърифат ва маънавий-ахлоқий тарбия масалалари бўйича маслаҳатчиси лавозими жорий этилди. Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 1999 йил 19 апрелдаги қарори асосида фуқаролар йиғинларида ―Маҳалла посбони‖ жамоатчилик тузилмалари фаолиятининг йўлга қўйилиши ҳудудларда осойишталикни мустаҳкамлаш, ҳуқуқбузарликларнинг олдини олишда, фуқаролар хавфсизлигини таъминлашда катта аҳамият касб этмоқда. Ўзбекистон Республикаси Конституциянинг 32моддасида мустаҳкамланган ―Ўзбекистон Республикасининг фуқаролари жамият ва давлат ишларини бошқаришда бевосита ҳамда ўз вакиллари орқали иштирок этиш ҳуқуқига эгадирлар. Бундай иштирок этиш ўзини-ўзи бошқариш, референдумлар ўтказиш ва давлат органларини демократик тарзда ташкил этиш йўли билан амалга оширилади‖1– каби меъѐрларни ҳаѐтга тўлиқ жорий этишдан иборат. Янги таҳрирда қабул қилинган ―Фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) ва унинг маслаҳатчилари сайлови тўғрисида‖ги қонунга киритилган ўзгартиш ва қўшимчалар сайлов тизимини янада демократлаштириш орқали фуқароларнинг сайлов ҳуқуқларини таъминлашга шарт-шароитлар яратиб сайловларни самарали ўтишига ва буларнинг натижаси сифатида фуқаролар йиғини раиси (оқсоқоли) ва унинг маслаҳатчиларини энг муносибларини сайлаб олишга хизмат қилмоқда.



    1. О‘zbekiston qonunchiligida saylov huquqining qanday prinsiplari belgilangan?

Oʻzbekiston Respublikasida Saylov huquqi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, "Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenta saylovi toʻgʻrisida" (1991 y., 18 noyabr), "Oʻzbekiston Respublikasining referendumi toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2001 y. 30 avg .), "Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov toʻgʻrisida" (yangi taxriri, 2003 y. 29 avg .), "Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlariga saylov toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may), "Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari toʻgʻrisida" (1999 y. 14 aprel), "Fukdrolar saylov huquklarining kafolatlari toʻgʻrisida" (1994 y. 5 may), "Oʻzbekiston Respublikasida deputatni chakirib olish tartibi toʻgʻrisida"gi (1996 y. 26 aprel) qonunlar va boshqa hujjatlarda oʻz ifodasini topgan; 2) Fuqaroning saylovda ovoz berishda ishtirok etish, saylash huquqi (faol Saylov huquqi) va saylov asosida tashkil etiladigan davlat hokimiyati va fuqarolarning oʻzini uzi boshqarish organlariga saylanish huquki (passiv Saylov huquqi). Oʻzbekistonda fuqarolarning faol S.h umumiy, teng , toʻgʻridan toʻgʻri va yashirin ovoz berish prinsiplari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Oʻzbekistonda saylash huquqiga OʻzR Konstitutsiyasining 117-moddasi 2-bandiga binoan, 18 yoshga yetgan barcha Oʻzbekiston fuqarolari egadirlar. Bu umumiy ovoz berish huquqi hisoblanadi. Teng saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqei, maʼlumoti, mashgʻulotining turi va xususiyatidan qatʼi nazar, teng ovoz berishda ishtirok etishi tushuniladi. Toʻgʻridan toʻgʻri S.hda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda shaxsan oʻzi ishtirok etib, biron bir shaxsning koʻrsatmasisiz oʻz xohish irodasini ifoda etib ovoz berishi taʼminlanadi. Yashirin ovoz berish Saylov huquqida Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining saylovda ovoz berayotganda boshqa biron bir shaxsning ishtirokisiz oʻz xohishini yashirin bildirish imkoniyati taʼminlanishi tushuniladi. Oʻzbekiston fuqarolarining passiv Saylov huquqi quyidagicha belgilangan: fuqarolar xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatligiga saylanish uchun 21 yoshga, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatligiga va Senatga saylanish uchun 25 yoshga, respublika Prezidentligiga saylanish uchun esa 35 yoshga yetgan boʻlishi kerak. Prezident boʻlib saylanish uchun nomzod saylovgacha kamida 10 yil Oʻzbekiston hududida muqim yashagan boʻlishi va davlat tilini yaxshi bilishi, Oliy Majlisning quyi va yuqori palatalariga deputatlikka saylanish uchun kamida soʻnggi 5 yilda Oʻzbekistonda doimiy yashagan, jinoyat qonunchiligi boʻyicha oldin ogʻir jinoyat sodir etib sudlanmagan boʻlishi kerak.

Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining raisligi (oqsoqol)ga tavsiya etilayotgan shaxs, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli boʻlishi, tashkilotchilik qobiliyatiga, rahbar lavozimida ish tajribasiga, aholi oʻrtasida hurmat va obroʻeʼtiborga ega boʻlmogʻi zarur.



Saylov huquqi siyosiy partiyalar, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarini shakllantirishda ham amal qiluvchi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining huquq va erkinliklari tizimiga kiradi. Bu OʻzRning Konstitutsiyasi va qonunlari bilan kafolatlangan.


    1. Taraqqiyotning “О‘zbek modeli”ni yaratilishining siyosiy-ijtimoiy, tarixiy asoslari. asosiy tamoyillari, mohiyati va о‘ziga xos xususiyatlari.

Birinchi Президентимиз И.А.Каримов таъкидлаганидек, ―Бирон-бир жамият маънавий имкониятларини, одамлар онгида маънавий ва аҳлоқий қадриятларни ривожлантирмай ҳамда мустаҳкамламай туриб ўз истиқболини тасаввур эта олмайди‖1. Халқимизнинг маънавий сарчашмаларига мурожаат қилиш, бой тарихий – маънавий меросдан янги жамият, янги ҳаѐтни барпо қилишда фойдаланиш ғоясининг юксак самарадорлигини мамлакатимиз тараққиѐти натижалари яққол намоѐн қилиб турибди. Тараққиѐтнинг ―ўзбек модели‖нинг улкан аҳамияти тўғрисида тўхталиб, birinchi Президентимиз И.А.Каримов шундай таъкидлаган эди: ―Биз ислоҳотларни инқилобий усулда, яъни ―шок терапияси‖ йўли билан амалга оширишдан онгли равишда воз кечиб, тадрижий тараққиѐт йўлини танлаб олганимиз туфайли халқимизни қандай оғир оқибатларга олиб келиши мумкин бўлган иқтисодий ва ижтимоий тўфонлардан асраб қолишга муваффақ бўлганимизни бугун ҳаѐтнинг ўзи тасдиқлаб бермоқда‖1. Тараққиѐтнинг ―ўзбек модели‖ мамлакатимизда янги фуқаролик жамиятини барпо этишнинг ҳар томонлама мукаммал ва самарали бўлган усули сифатида жамиятимиз тараққиѐтининг бугунги кундаги долзарб вазифаларини муваффақиятли амалга оширилишида ҳам мустаҳкам замин бўлиб ҳизмат қилмоқда. Давлатимиз birinchi раҳбари И.А.Каримов хулоса қилганидек: ―Ўзбекистоннинг бешта устувор йўналиш – тамойилдан иборат бўлган, дунѐда тараққиѐтнинг ―ўзбек модели‖ деб тан олинган ривожланиш йўли ҳар томонлама тўғри йўл эканини ўтган 24 йиллик истиқлол тарихимиз исботлади. Биз катта йўлга чиқиб олдик ва унинг амалий натижаларидан барчамиз ҳар куни баҳраманд бўлмоқдамиз. Шунинг учун ишончим комил: юртимизда хеч ким эски даврга қайтишни хоҳламайди... Биз эришган ютуқларимизни янада мустаҳкамлаш учун эртанги кунимиз ѐруғ келажагимиз ўз олдимизга мақсад қилиб қўйган юксак марраларга етиш йўлида чуқур ўйланган тараққиѐт стратегиямизнинг устувор йўналишларини амалга оширмоғимиз зарур‖1. Юртбошимиз раҳномолигида яратилган ва мамлакатимизда янги жамиятни барпо этишнинг ―ўзбек модели‖ мустақил юртимизнинг барча соҳаларида изчил тараққий қилишининг сиѐсий, ижтимоий, иқтисодий, ҳуқуқий ва маънавий замини бўлиб хизмат қилмоқда. Ушбу тамойил жамиятимизнинг истиқболдаги ривожи учун ҳам кафолатли манба ва фундаментал асосдир.

  1. Mustaqil ta’limni bajaring. (mustaqil ta’limni bajarishda Kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabyotlar royhati ko’rinishida bo’lishi kerak).

    1. Harakatlar strategiyasining “Xavfsizlik, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash hamda chuqur о‘ylangan, о‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yо‘nalishlar” yо‘nalishida qо‘yilgan masalalar mohiyati

2016 yilda Sh.M.Mirziyoevning mamlakat Prezidenti etibs aylanishi, Prezident tomonidan “xalq davlat organlariga emas, balki davlat organlari xalqimizga xizmat qilishi kerak” prinsipini e’lon qilinishi, davlat boshqaruvi va xizmatini fuqarolik jamiyati talablariga mos holga keltirish uchun “O‘zbekistonda Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi” ni qabul qilinishi O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichini boshlab berdi. Mamlakat Prezidenti Sh.M.Mirziyoev mamlakatda fuqarolik jamiyati qurish maqsad va vazifalari, bu sohadagi muammolar ustida to‘xtalib, quyidagi fikrlarni bildirdi: “Erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini himoya qilish borasida amalga oshirayotgan islohotlarimizda nodavlat notijorat tashkilotlarining o‘rni va roli beqiyos ekanini alohida ta’kidlash joiz. Hozirgi kunda yurtimizda 9 ming dan ortiq nodavlat notijorat tashkiloti mavjud, 29 ta xalqaro va xorijiy nohukumat tashkilotlarining filial va vakolatxonalari faoliyat yuritmoqda. 2017 yilda “Nuroniy” jamg‘armasi, Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston fermer, dehqonx o‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Savdo-sanoat palatasi, o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika kengashi kabi nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish, ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan alohida farmon va qarorlar qabul qilindi. Ammo ana shunday muhim sa’y-harakatlarga qaramasdan, aholining muammolarini tizimli o‘rganish, ularni aniq hal etish, ayniqsa, ijtimoiy sharoiti og‘ir ayollarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish, ularni ish bilan ta’minlash masalalarida bu tashkilotlarning ishtiroki yetarli darajada sezilmayapti. Ular faqat nomiga yig‘ilishla ro‘tkazish bilan mashg‘ul bo‘lib qolmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlari bugun aytilgan tanqidiy gaplardan xulosa chiqarib, o‘z faoliyatida burilish yasaydi, deb ishonamiz”1.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi farmoni bilan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ni tasdiqlanishi va uni hayotga tatbiq etilishi natijasida fuqarolik jamiyati institutlari demokratik prinsiplar asosida rivojlana boshladi.

“Harakatlar strategiyasi” ning “Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” nomli birinchi ustuvor yo‘nalishida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya qilishda Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish masalasi birinchi o‘rinda qo‘yilib, bir yilning o‘zida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish yo‘nalishida – 7 ta qonun, 3 ta farmon, 7 ta qaror va 4 ta dastur, jamoatchilik boshqaruvi tizimini takomillashtirish yo‘nalishida esa 6 ta qonun, bitta farmon, bitta qaror va 2 ta dastur ishlab chiqilishi belgilandi. “Harakatlar strategiyasi” ning birgina ustuvor yo‘nalishi – davlat va jamiyat qurilishi bo‘yicha 2017 yilning o‘zida 18 ta qonun loyihasini tayyorlandi.

“2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili» da amalga oshirishga oid Davlat dasturi ” ga binoan “hududlarda nodavlat notijorat tashkilotlari tomonidan ijtimoiy sheriklik loyihalari bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish ko‘lamini kengaytirish, viloyatlardagi mahalliy vakillik organlari huzurida fuqarolik jamiyatii nstitutlari va nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoatf ondlarini tashkil etish”, shuningdek, “hududlardan saylangan deputat vasenatorlar har oyda 10-12 kun davomida bir tumanda bo‘lib, davlat hokimiyati organlari faoliyatini o‘rganib, tahlil qilishi, tegishli rahbarlarning hisobotini xalq deputatlari Kengashlari sessiyasi muhokamasiga kiritishi hamda tegishli xulosalar berishi”, “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining joylarda ishlarning holatini o‘rganish va xalq bilan muloqot qilishga doir faoliyatini tubdan takomillashtirishga oid Oliy Majlis palatalari Kengashlarining qo‘shma qarori loyihasini ishlab chiqishi” kabi fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq huquqiy asoslar va amaliy o‘zgarishlar rejalari muhamahamiyat kasb eta boshladi.



Shuningdek, Harakatlar strategisiyaga muvofiq mamlakatda “Elektronparlament” tiziminiishlabchiqish, “Elektronhukumat” tiziminiyanadarivojlantirish, xalqdeputatlarimahalliyKengashlariningmahalliyijrohokimiyatiorganlarifaoliyatiustidannazoratinikuchaytirishmaqsadidasiyosiypartiyalardeputatlikguruhlarininghuquqvavakolatlarinikengaytirish, davlatvaxususiysherikliktushunchasi, vazifalarivaasosiyyo‘nalishlari, ishtirokchilaridoirasi, ularninghuquqvamajburiyatlari, buboradagiloyihalaramalgaoshiriladiganustuvorsohalarnitartibgasoladiganhuquqiyasoslarishlabchiqish, harbirtuman (shahar)dajismoniyvayuridikshaxslarningmurojaatlariniko‘ribchiqishbo‘yicha «Xalqqabulxonalari»nitashkiletishgaqaratilganchora-tadbirlarniamalgaoshirish, 2018-2020 yillardafuqarolarningo‘zinio‘ziboshqarishorganlarifaoliyatisamaradorliginiyanadaoshirishvarivojlantirishDasturiniishlabchiqishkabichora-tadbirlarniamalgaoshirishmamlakatdafuqarolikjamiyatiqurishuchunshart-sharoitlaryaratadi, mamlakatdafuqarolikjamiiyatiqurishningmuqarrarekanliginianglatadi.

«Kuchlidavlatdan - kuchlifuqarolikjamiyatsari» tamoyiliniijtimoiy-siyosiyhayotgaqo‘llashvositasidasiyosiyhokimiyatorganlariningmahalliytiziminimustahkamlash, ulargamarkaziyhokimiyatvakolatlarinibirqisminiberibborishasnosidanomarkazlashtirishislohotlarinio‘tkazish, ijroiyahokimiyattizimlarinivakillikorganlarivanodavlattashkilotlartomonidankuchlinazoratetishmexanizmivahuquqiyasoslariniyaratishgadoirislohotlarniamalgaoshirishfuqarolikjamiyatiqurishningshart-sharoitlariniyaratishyo‘lidagiilkqadamlardir.

Xulosaqilibaytganda, mustaqillikyillaridaO‘zbekistondadavlatningboshislohotchilikfaoliyatinatijasidanodavlatnotijorattashkilotlarningdemokratiktamoyillarasosidagihuquqiyasoslarishakllandi. Qisqadavrichidamamlakatdafuqarolikjamiyatiqurishningpoydevori - konstitutsiyaviyvahuquqiyshart-sharoitlaryaratildi. Islohotlarnatijasidamamlakatdanodavlatnotijorattashkilotlartizimishakllandi. Muhimi, «uchinchisektor»bilandavlathamkorliginatijasidamamlakatdanodavlatnotijorattashkilotlarningmustaqilfaoliyatyuritishi, davlatvajamiyatishlariniboshqarishiuchunkengimkoniyatlaryaratildi.

XXI asrboshlarigakelibO‘zbekistondavlativaxalqiilg‘orrivojlanganmamlakatlardafuqarolargaerkinlikbag‘ishlagan, shaxsningerkinkamoltopishiuchunbarchashart-sharoitlarniyaratgan, jamiyatninghammajabhalarinidemokratiyalashtirishgaqobilbo‘lgan, o‘zidaxalqchilmilliymerosvaan’analarniifodalaganfuqarolikjamiyatibarpoetishyo‘lidagiislohotlarningyangibosqichinichuqurlashtirishgakirishdi.

  1. Berilgan mavzu boyicha taqdimot slayd (prezentasiya)tayorlang:

    1. Fuqarolik jamiyati g‘oyalari evolyusiyasi





Download 468.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling