Крупные значки yoki Мелкие значки o`zgartirgichlarini o`rnatish orqali menyudagi belgilar o`lchamini belgilang;
Ko`p murojaat qilinadigan dasturlar sonini ko`rsating;
Internetda ishlash uchun dasturlarni tanlang;
Asosiy menyudagi Недавние документы papkasini tozalamoqchi bo`lsangiz, Очистить список tugmasini bosing;
OK tugmasini bosing va muloqot oynasini yoping;
OK tugmasini bosing;
Amalga oshirilgan o`zgartirishlarni ko`rish uchun Пуск tugmasini bosing.
Bosh menyuning klassik ko`rinishi
Agar siz bosh menyu ko`rinishini Windows operatsion tizimining oldingi versiyalaridagi ko`rinishga o`zgartirishni istasangiz, quyidagi amallarni bajaring:
Пуск tugmasiga sichqoncha o`ng tugmasini bosing;
Kontext menyudan Свойства bo`limini tanlang;
Paydo bo`lgan muloqot oynasidan Классическое меню o`zgartirgichini o`rnating;
Klassik menyusiga qo`shimcha o`zgartirishlar kiritish uchun “Настроить” tugmasini bosing;
Navbatdagi muloqot oynasida bayroqchalar bilan ifodalangan parametrlar ro`yxatini ko`rasiz. Ayrim bayroqchalar odatdao`rnatilgan holda bo`ladi. Bular quyidagilar:
Использовать сокращенные меню bayroqchasi, bu Программы menyusidagi uzoq muddat foydalanilmagan dasturlarni berkitib qo`yishni ta`minlaydi;
Do'stlaringiz bilan baham: |