Axborot haqida tushuncha


Download 3.46 Mb.
bet4/41
Sana16.09.2023
Hajmi3.46 Mb.
#1679581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41
Bog'liq
Axborot haqida tushuncha (1)

Savol va topshiriqlar.

1. Insoniyat tarixida sanoat sohasida qanday keskin o’zgarishlar ro’y bergan?


2. Axborot sohasida keskin o’zgarishlar necha marta ro’y bergan? Bu o’zgarishlarni tavsiflab bering.
3. Axborotlashtirish deganda nimani tushunasiz?
4. Axborotlashgan jamiyat ta'rifini keltiring.
5. Informatika nimani o’rganadi?
6. Qanday jarayonlar axboriy jarayonlar deyiladi?
7. Axboriy jarayonlarga misollar toping va ularni tushuntirib bering.


3-Mavzu: Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.


Reja:
1.Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
2.Axborot uzatish usullari va vositalari.
3.Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o‘rni.


Tayanch iboralar: Axborotlar, axborot texnologiyasining ichki va tashqi omillari, axborot uzatish usullari, o‘qitishda axborot texnologiyalari


Axborot texnologiyalari haqida tushuncha
Yangi o‘quv fani bo‘lgan «Axborot texnologiyalari» fanida axborotlar, ularning xossalari, axborot tizimlari va vazifalari, axborotlarni qayta ishlash, axborotlarning amaliy ahamiyati va boshqa xususiyatlari o‘rgatiladi. «Axborot texnologiyasi» fani matematika, fizika, informatika va boshqa qator fanlar bilan bevosita bog‘liq.
«Axborot texnologiyalari» iborasidagi «texnologiya» so‘zi lotincha «thexnos» — san’at, hunar, soha va «logos» — fan degan ma’noni bildiradi. ya’ni texnologiya — biror vazifani bajarishda uning turli xil usullari ko‘rinishini bildiradi.
Axborot texnologiyalari axborotlarni yig‘ish, saqlash, uzatish, qayta ishlash usul va vositalari majmuidir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin:
Ichki omillar — bu axborotlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari, axborotlar bilan turli amallarni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.

Download 3.46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling