Axborot kommunikasion vositalar bilan ishlash
Download 66 Kb.
|
OMMAVIY OCHIQ ONLINE KURSLAR BILAN ISHLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o’rganish
OMMAVIY OCHIQ ONLINE KURSLAR BILAN ISHLASH Reja 1. Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish. 2. Multimediya vositalarini o’kitish jarayonida tadbiq etish. 3. Internet dan foydalanish 4. Elektron pochta xizmatidan foydalanishni o’rganish 1.Multimediya vositalari bilan yaqindan tanishish va ularda ishlashni o’rganish Multimediya vositalari o’qitish jarayonida foydalanish o’qitishning sifatini va samarasini oshirib o’rgatishning eng qulay usullaridan biri hisoblanadi. Multimediya vositalari bilan olib borilgan dars o’quvchining darsga bo’lgan qiziqishini va bilim olish saviyasini oshiradi. Multimediya vositalari - kerakli fan, mavzu, darsni o’quvchining o’zi tanlab o’rganish imkonini beradi. O’qituvchining bevosita ishtirokisiz xam o’quvchi o’z ustida ishlash mumkin bo’ladi. Hozirda multimediya degan so’z kundalik faoliyatimizda juda ko’p ishlatilmokda. Ta’limda multimediya texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, "Multimediya nima o’zi?" degan savolga javob beraylik. Кo’pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediyaga shunday ta’rif berish mumkin: Multimediya - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an’anaviy va original turlari asosida o’quv materiallarini tinglovchilarga etkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko’rinishidir. Multimediya hozirda juda tez rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo’lib, u quyidagilarni o’z ichiga oladi: - an’anaviy axborot turlari: matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari (nutq, musiqa, videofilmlardan parchalar, telekadrlar, animasiya ko’rinishidagi axborot turlari); - video va audio axborotlarni kompyuterda qayta ishlash va aks ettirish uchun markaziy prosessorning xarakatchanligi, ma’lumotlarni uzatish shinasining o’tkazish qobiliyati, tezkor va video-xotira, katta si\imli tashqi xotira, hajm va kompyuter kirish-chiqish kanallari bo’yicha almashuvi tezligini taxminan ikki baravar oshirish talab etiladi; - "inson-kompyuter- inson" interaktiv muloqotining yangi darajasining ta’minlanishi, muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni olishdir. Ta’lim jarayonida multimediya vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish asosida tinglovchilarga ta’lim berish va kadrlarni qayta tayyorlashni yo’lga qo’yish hozirgi kunning dolzarb masalalaridan biridir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o’qitishning bu usulini ta’lim sohasining yo’nalishlari buyicha tadbiq qilmoqda. Hozirda sotilayotgan har bir kompyuterni multimediya vositalarisiz tasavvur etish qiyin. Кasbiy ta’limda multimediya vositalarining afzalliklari va muammolari Ta’lim sohasiga 70-yillarda ilk bor kompyuterlarning tatbiq etilishi ancha samarasiz bo’ldi. Bu samarasizlik o’sha paytlarda texnikaviy va dasturiy vositalarni ishlab chiqarish sifatini nihoyatda pastligi hamda dasturiy vositalar unchalik ham moslanuvchan emasligi bilan izohlanar edi. Hozirda amaliyot shuni ko’rsatmoqdaki, multimediya vositalari yordamida tingloavchilarni o’qitish ikki barobar samarali bo’lmoqda. Ma’lumki, eshitgan materialning to’rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo’lsa, tinglovchilarga berilayotgan materiallarni video orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyati 35-70 foizgacha oshadi. Shuningdek, mazkur o’quv dasturlar audio, video va grafika ko’rinishida mujassamlashtirilgan xolatda tinglovchilarga berilsa, materialarni xotirada saqlab qolish 70-95 foizga oshishi kuzatilmokda. 2.Ta’lim sohasida multimediya vositalari yordamida tinglovchilarga bilim berish afzalliklari: 1. Ta’lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o’zlashtirish imkoniyatining mavjudligi. 2. Ta’lim olishning yangi sohalari bilan yaqindan aloqa qilish ishtiyoqini yanada oshishi. 3. Dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash imkoniyatiga erishilishi. 4. Olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlab qolinishi va uni amaliyotda qo’llash mumkinligi. O’quv materiallarini ishlab chiqishda hozirda Respublikamizda ma’lum bir ishlar qilinmokda. Bunga etakchi mutaxassislar jalb qilingan va o’quv materiallari ta’lim yo’nalishlari bo’yicha yaratilmoqda. Multimediya texnologiyasini texnik ta’minoti va ularga qo’yiladigan talablar Multimediya texnologiyasini ta’limda qo’llash uchun quyidagilarga asosiy e’tiborni qaratish lozim: 1. Кamida 80486 mikroprosessorli shaxsiy kompyuter. 2. Mikroproseesorning taktli chastotasi kamida 66 mGs 3. bo’lishi kerak. 4. Operativ xotira kamida 4 Mbayt bo’lishi kerak. 5. Vinchesterning xajmi kamida 400 Mbayt bo’lishi kerak. 6. 1.44 Mbaytli disketa. 7. Ikki tugmali "Sichqon" tipidagi manipulyator. 8. 101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo’yicha ulash uchun bo’linma. 9. 640x480 piksel (256 rang bo’lganda) yoki 800x600 piksel (16 rang bo’lganda) grafik rejimini ta’minlay oluvchi VGA tipidagi displey va adapter. 10. Кompakt disklar uchun CD-ROM diskovodi. 11. Кamida parallel ikkita yo’nalishli bitta interfeys. 12. Shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo’lgan bo’sh telefonlar yoki ovoz kuchaytirgich. 13. Кirish va chikish MIDI porti. 14. MPC (Multimedia Personal Computer) bilan mos keluvchi 15. audioadapter. Qayd etilgan talablar kerakli multimediya ilovasini ishini amalga oshirish imkonini beradi. Multimediya vositalari bilan ishlash Video yoki audio multimediya vositalarini kompyuterda juda ko’p dasturlar orqali ishlatiladi. Video, audio bilan ishlovchi dasturlar Windows Media Player Winamp va boshqalar. Windows Media Player dasturini ishlatishni ko’rib o’tamiz. Windows o’rnatilgan barcha kompyuterlarda Windows Media Player dasturi Windows bilan birgalikda o’rnatilgan bo’ladi. Windows Media Player dasturini ishga tushirish uchun Windows ning pusk tugmasi bosiladi, menyuning programmo’ menyu ostining standartno’y qismidan ishga tushiriladi. 3.INTERNETda ishlash Internet (International Network – xalqaro kompyuter tarmo\i)-butun dunyoni kamrab olgan global kompyuter tarmo\idir. hozirgi kunda Internet dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida 100 millionlab abonentlarga ega. har oyda tarmoq miqdori 5-10% ortib bormoqda. Internet dunyodagi turli xil ma’lumotga oid axborot tarmoqlari o’rtasidagi o’zaro aloqani amalga oshiruvchi yadroni tashkil qiladi. Internet qachonlardir faqat tadqiqot va o’quv guruhlarigagina xizmat qilgan bo’lsa, hozirgi kunga kelib, u ishlab chiqarish doiralari orasida keng tarqalmokda. Кompaniyalarni Internet tarmo\ining tezkorligi, arzon, keng qamrovdagi aloqa, hamkorlik ishlaridagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi programma hamda ma’lumotlarning noyob bazasi ekanligi o’ziga tortmoqda. Arzon xizmat narxi evaziga (faqat Internet tarmo\idan yoki telefondan foydalanganliklari uchun oyma-oy to’lanuvchi doimiy to’lovni nazarda tutmasa) foydalanuvchilar AQSh, Кanada, Avstraliya va boshqa ko’pgina Evropa mamlakatlarining tijorat yoki notijorat axborot xizmatlariga yo’l topadilar. Internet ning erkin kiriladigan arxivida insoniyat faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oladigan axborotlarga, yangi ilmiy yangiliklardan tortib, to ertangi kungi ob-havo ma’lumotigacha bilib olish mumkin. Ayniqsa, kommunikasiyaga muhtoj shaxslar, tashkilot, muassasalar uchun ko’pincha telefon orqali to’g’ridan-to’g’ri aloqaga nisbatan Internet infraСТРУКТУРАsidan foydalanish anchagina arzon tushadi. Bu narsa, ayniqsa, chet ellarda filiallari mavjud bo’lgan firmalar uchun qulaydir, chunki Internet ning konfidensial noyob aloqalari butun dunyo bo’yicha imkoniyatga ega. Shu bilan birga yana bir narsani aytish lozimki, yaqindan beri bosma nashrlarni kompyuter tarmog’i kanali orqali tarqatish boshlandi. Tez-tez bizga kerakli gazeta va jurnallarimizning oxirgi ma’lumotlarini WWW so’zlaridan boshlangan manzilda ko’rish va uni shu manzildan nusxasini ko’rib olish mumkin degan so’zlar ko’proq uchrab turibdi. Shu bilan birga elektron nashrlar tushunchalarining qamrovi oyma-oy kengayib bormoqda. Yangi-yangi elektron usulda chop etilgan jurnallar paydo bo’lmoqda. Internet bilan ishlash uchun biz ishlayotgan kompyuter avvalom bor internet tarmog’iga ulangan bo’lishi kerak. Ushbu qismda internetga ulanish usullari ko’riladi. Internetga telefon orqali ulanish. Internetga ulanish usullari ko’p va ular takomillashib turadi. Telefon orqali internet bilan ishlashni ikki yuli bor. Кommutasiya qilinuvchi kanalga terminal orqali kirish (conventional dialup, shell account) va Internet qaydnomasiga kommutasiya orqali kirish (IP over dial – up). Ba’zi provayderlar terminal kirishni taklif qilsa, boshqa provayderlar ikkalasini xam taklif qilishi mumkin. Terminal kirishda foydalanuvchi kompyuteri go’yoki terminaldek (ma’lumotlarni kompyuterga kirituvchi qurilma) bo’lib, uzoqdagi kompyuter (Internet orqali ulangan) bo’lsa, sizning kompyuteringizday bo’ladi. Internet qaydnomasiga kommutasiya qilingan kirishda foydalanuvchi kompyuteri RRR (Point to Point Protocol – nuqtama – nuqta qaydnoma) qaydnomasining qo’shimcha imkoniyatidan foydalaniladi. Internetga ulanishning ikkala usuli birgalikda ishlasa, u albatta yaxshi natija beradi. Terminal kirishda foydalunuvchi o’z kompyuteridagi modem va kommunikasiya programmalari (terminalni emmulyasiya qiluvchi) yordamida o’z provayderiga uy telefonidan qo’ng’iroq qilinadi va uzoqlashgan kompyuter modemi javobidan so’ng u bilan ulanadi. Bu xolda foydalanuvchi kompyuteri endi uzoqlashgan kompyuterga ulangan terminaldek ishlaydi va uzoqdagi kompyuter bilan bog’lanib, o’z nomingiz (log bilan) va parolingizni kiritasiz. Internetga kirgandan so’ng undan butun dunyoga oid sizni qiziqtirgan barcha masalalar buyicha sayoxat qilish imkoniyati paydo bo’ladi. HTML va boshqa programma vositalari yordamida tayyorlangan Web saxifalarida foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda tasvirlash uchun maxsus programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, bunday programmalar brauzer programmalar deb ataladi. Hozirda bir necha shunday programmalar ishlab chiqilgan bo’lib, ular tabiiy ravishda hujjatlarni ko’rishni turlicha tahrir qiladilar. Brauzer programmalar orasida keng tarqalgan Microsoft Internet Explorer va Netscape Navigator programmalaridir. Birinchi programma tekinga berilsa (albatta, Windows lisenzion programmasi mavjud bo’lsa), ikkinchisi tijorat shaklida (pulli) tarqatiladigan programmadir. Biz asosan Microsoft Internet Explorerga to’xtaymiz, chunki hozirda u Web sahifalarni ko’rishning yuksak quroliga aylandi. U Windows da brauzer emas, hatto shaxrlovchi deb ham yuritiladi. Buning asosiy sababi, HTML va boshqa programma vositalaridan (Java, java Script) foydalanib tuzilgan Web sahifalarini uning foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda sharxlab berishidadir. Shunday qilib, brauzerning asosiy vazifasi URL adreslarda joylashgan Web sahifalarni kompyuterga yuklash va uni foydalanuvchiga tushunarli ko’rinishda monitor ekranida ko’rsatib berishdir. Biz quyida Microsoft Internet Explorer brauzeriga to’xtaymiz. Internet bilan ishlash uchun Internet Explorer dasturi ishga tushiriladi. Internetning Explorerda ishlashi uchun Windowsning programma menyusidan yoki bevosita ish stolidan kompyuterga yuklanadi. Natijada ekranda quyidagi Microsoft Internet Explorer oynasi paydo bo’ladi INTERNETning ba’zi foydali manzillari ruyxati http:www.w3.org - internetning rasmiy hujjatlar saqlanadigan serveri, hususan, siz bu erda HTML tilining amaldagi andozalarini va uning yangi namuna versiyalari bayonini, internet ishi masalalari muhokama qilingan konferensiya (anjuman)larga murojaatlarni, global kompyuter tarmo\ining boshqa manbalariga murojaatlarini topasiz. http://www.tsau.uz. Bu Toshkent Davlat Agrar Universiteti sayti bo’lib, undan universitet xaqida to’liq ma’lumot olishingiz mumkin. http://www.machaon.ru/digest/. Agar siz ingliz tilini yaxshi bilmasangiz, bu sahifada internetda ishlash haqidagi rus tilida yozilgan hujjatlarga murojaatlarni topasiz. http://web.canlink.com/helpdesk/window.htmlda ishlab chi-qaruvchi kompaniya -larning WWW adreslar ko’rsatilgan. HTML muharrirlarining ro’yxati. Bunda erkin tarqatiladigan programmalarni ko’rsatilgan serverlardan yuklab olishingiz mumkin. http:www.javasoft.com - Java programmalari ta’minotining serveri. http://www.javaword.com/javaword/javatips/jwjavatips/index.html. Bu erda qiziqarli Yava apletlarni topish mumkin. http://www.neystadt.org/winnt/site.htmda ma’lumot serveri-ni Windows NT asosida tashkil qilishning asosiy prinsiplari haqida etarlicha katta hajmdagi maqola taqdim etilgan. - 500 kilobaytli bepul WWW sahifalari. To’lov sifatida har bir sahifaga server tomonidan tashkil qilingan reklama kiritiladi. Pochta qutisi havola qilinadi. http://www/i - connect.ru sahifa o’lchami 2 mb gacha bo’lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. http://www.chat.ru sahifa o’lchami 3 mb gacha bo’lishi mumkin. Pochta qutisi havola qilinadi. http://www.real.com/. Bu server Internet orqali “jonli” va video uzatish muammolariga bagishlangan. Tarmoq orqali radio eshitishni va video ko’rishni xoxlovchilar uchun juda ko’p tavsiyalarni o’z ichiga olgan. Internetning qulay sohalaridan biri elektron pochtadir. EP kompyuterlar orqali o’zaro ma’lumotlar ayirboshlash vazifasini bajaruvchi vositadir. U Internetning eng keng tarqalgan xizmat ko’rsatish turidir. Hozirgi kunda elektron pochtada o’z adresiga ega bo’lganlar soni 100 million kishidan oshib ketdi va foydalanuvchilar soni soat, kun sayin oshib bormoqda. Elektron pochta orqali xat jo’natish oddiy pochta orqali jo’natishdan ko’ra ham arzon, ham tez amalga oshiriladi (elektron pochta orqali ko’p hollarda xabar bir necha minutlarda kerakli manzilga etib boradi.Elektron pochta bu kompyuter orqali muloqatning eng universal vositasidir. Elektron Pochta imkoniyatlari EP orqali faqat matnlarni emas, balki rasm, grafik, video, tovushlardan tashkil topgan ma’lumotlarni ham jo’natish va qabul qilish imkoniyati paydo bo’ldi. EP orqali olingan fayllarni disketlarga yozib olish, vinchester, disklarda saqlash va u bilan boshqa fayllar ustida bajariladigan amallarni: tahrirlash, nusxa olish va boshqalarni bemalol amalga oshirish mumkin. Agar ingliz tilida yozilgan adabiyot va jurnallarni o’qimokchi bo’lsangiz va ingliz tilini bilmasangiz, sizga yordamchi tarjimon programmalardan foydalanishni maslahat beramiz. Buning uchun avvalo bu faylni kompyuterning qattiq diskiga yoki disketaga ko’chirib olishingiz, so’ng Styles, Socrat, Promt 98 yoki boshqa tarjimon programmalar yordamida rus tiliga (hozircha) tarjima qilishingiz mumkin. Кeyinchalik o’zbek tiliga tarjima qiladigan programmalar ham albatta paydo bo’ladi. Elektron pochtani o’rnatish uchun quyidagilar mavjud bo’lishi lozim: IBM PCga muvofiq kompyuter Ichki yki tashqi modem Dasturiy a’minot EP hizmati ko’rsatuvchi provayderda ro’yhatdan o’tish Kompyuter (ing . computer - hisoblayman), EHM (Elektron Hisoblash Mashinasi) - oldindan berilgan dastur (programma) boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Bugun butun dunyoda millionlab kishilar qariyb barcha sohalar: huquq, muhandislik, dasturlash, til o‘rganish va boshqa yo‘nalishlarda masofadan ta’lim olmoqda. Onlayn ta’lim bepulligi, hammabopligi va qulayligi bilan tobora keng yoyilmoqda. Bular orasida so‘nggi yillarda elektron ta’lim rivojlanishining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri — ommaviy ochiq onlayn kurslarlarning shakllanishi bo‘ldi, ularning asosida esa ommaviy va barchaga teng imkoniyatlar mavjud bo‘lgan ta’lim g‘oyasi yotadi. Ommaviy ochiq onlayn kurslar bo‘yicha butun dunyodagi xohlagan kishida ushbu kursda bepul ta’lim olish imkoniyati mavjud Ommaviy ochiq onlayn kurs(OOOK)lar jahonning ko‘plab universitetlari tomonidan Yer sharining istalgan nuqtasida bo‘lgan har qanday insonga masofaviy texnologiyalar yordamida professor-o‘qituvchilar va yuz minglab talabalar (kurs tinglovchilari)ga erkin muloqotni tashkil qilish imkoniyatini beruvchi akademik kurslarni taqdim etadi. Bugungi kunda OOOK imkoniyatidan foydalanganlar soni bir necha million nafarni tashkil etmoqda. Dunyoning boshqa yetakchi universitetlari, ta’lim markazlari ham onlayn ta’limga katta urg‘u qaratmoqda. Onlayn muhitda qimmat darsliklarni bepul o‘qish imkoniyati ham mavjud, Hozirda internetda ma’lum bir guruhlar bo‘lib ishlash imkoniyati bor. Ta’limda ham bu muhim ahamiyatga ega. Guruh bo‘lib ishlagan ma’lumotlar onlayn saqlab qolish imkoniyatiga ega. Ulardan keyingi yilgi tinglovchilar ham foydalanishi mumkin. An’anaviy ta’limda esa bu imkoniyat cheklangan. OOOK atamasi 2008-yilda AQShda paydo bo‘lib, ammo hozirgi ta’lim OOOK yo‘nalishiga 2011-yilda Stenford shahrida yaratilgan Coursera asos solgan va u dastlab AQSHning uchta yirik universitetlarning ochiq resurslarini birlashtirdi, eng yaxshi ta’lim sayti bo‘lgan. Amerika Qoʻshma Shtatlari (AQSh, ingl. United States of America) - Shimoliy Amerikadagi mamlakat. Poytaxti - Vashington shahri, BMT aʼzosi. Amerika Qoʻshma Shtatlari Sharqdan Atlantika, gʻarbdan Tinch okeani, janubi-sharqdan Meksika qoʻltigʻi bilan oʻralgan. Coursera asoschilari Endryu Ng va Dafna Koller o‘z loyihasini ommaviy onlayn o‘qitish g‘oyasida («bir dunyodan bir kurs») shakllantirib, barcha xohlovchilarga jahonning yetakchi universitetlari ma’ruzalarini tinglash imkoniyatini berdi.[2] Ommaviy ochiq onlayn kurslarning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini tinglovchining o`zi bеlgilaydi, yani talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. Tinglovchi bеrilgan programmani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz o`qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi. Mustaqillik - davlatning ichki va tashqi ishlarda boshqa davlatlarga qaram boʻlmay faoliyat koʻrsatishi. M. tamoyillariga rioya etish davlatlararo oʻzaro munosabatlarda yetakchi, hukmron qoidadir. Har bir davlatning mustaqilligini tan olish oʻzaro tinchtotuv yashashning prinsiplaridan biridir. ОOOKning asosiy xususiyatlari ta’limning uzluksizlik va shaxsga yo‘naltirilgan tamoyillarini amalga oshirish, tushunish uchun qulay bo‘lgan shaklga keltirib, zamonaviy ilmiy g‘oyalarni keng targ‘ib etish kabi vazifalar bilan bog‘liq: 1) ommaviylik, ya’ni kurs tinglovchilari soni cheksizligi; 2) ochiqlik, ya’ni istagan kishiga, unga qulay joyda va vaqtda bilimlarni bepul berishi; 3) kurslarning yaxlitligi, ya’ni kurslar nafaqat o‘quv material parchalari, balki amaliy mashg‘ulotlar, kommunikatsiya, olingan bilimlarni nazorat qiluvchi materillarni o‘z ichiga oladi; 4) kurs muvaffaqiyatli o‘zlashtirilganda sertifikat olish imkoniyati. Ommaviy ochiq onlayn kurslarda о‘qitish о‘qituvchi bilan о‘quvchi ma’lum bir masofada joylashgan holda ta’lim berish tizimidir. Bunda о‘qituvchini dars jarayonida kompyuterlar, sun’iy yо‘ldosh aloqasi, kabelli televideniye kabi vositalar asosida tashkil qilishini talab qiladi. Televideniye (yunon. τήλε - uzoq va lot. video - koʻraman) harakatlanayotgan tasvir va tovushni masofadan uzatish tizimidir. Televideniyening ishlash prinsipi tasvir kadrini satrlarga boʻlib uzatishga asoslangan. Ommaviy ochiq onlayn o’qitish: - ochiq ta’limning zamonaviy shaklidan iborat; - kompyuterli ta’limni foydalanishga qaratilgan; - о‘qituvchilar va boshqa о‘quvchi (talaba)lar bilan faol muloqat qilish uchun zamonaviy - kommunikatsiya texnologiyasidan foydalaniladi. Oliy ta’lim dargohlari, korporatsiyalar, davlat tashkilotlari uchun onlayn ta’lim tizimi ko‘plab imkoniyatlarni beradi. Darslardan keyin qo‘shimcha vazifalarni berish, global darajada almashinuv dasturlarini amalga oshirish mumkin. Sinf xonasida o‘quvchilar soni cheklangan bo‘lsa, onlayn ta’limda bir vaqtning o‘zida ko‘plab insonlarga ta’lim berish imkoniyati paydo bo‘ladi. Onlayn ta’lim uyatchang talabalarning faolroq bilim olishlariga imkon beradi. An’anaviy darslarda berilgan ma’lumotlarni to‘liq eslab qolish qiyin bo‘lishi mumkin. Download 66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling