Axborot kommunikatsion texnologiyalar
§ Parol orqali himoyalash usullari
Download 1.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Axborot kommunikatsion texnologiyalar
2.7§ Parol orqali himoyalash usullari
Foydalanuvchi nuqtai nazaridan qaralganda, hujjat xavfsizligini ta’minlashning yagona yo‘li – unga parol qo‘yishdir. Paroli hujjatning o‘zida saqlanadigan usul. Eng oddiy usul shundan iboratki, bunda foydalanuvchi tomonidan o‘rnatilgan parol hujjat faylining o‘zida saqlanadi. Bu holatda hujjatga kirish ruxsati foydalanuvchiga faqatgina kiritiladigan va o‘rnatilgan parollar o‘zaro bir-biriga mos tushgan holdagina beriladi. Ammo, parol orqali himoyalashning ushbu usulini yengib o‘tish oson – axir agar parol hujjatning o‘zida ochiq holda saqlanadigan bo‘lsa, uni u yerdan chiqarib olish qiyinchilik tug‘dirmaydi. Shunday bo‘lsada, ushbu usulning ishonchsizligiga qaramasdan, ba’zi paytlarda qo‘llanib turiladi. Xususan, MS Office (Word, Excel) hujjatlarida, parolni hujjatning o‘zida sof (unicode kodirovkasida) ko‘rinishda saqlab, uni o‘zgartirishlardan himoyalash ko‘zda tutilgan. 49 Parolli autentifikatsiya. Parolli autentifikatsiyaning asosiy afzalligi uning oddiyligi va ko‘nikmaning mavjudligidir. Parollar to‘g‘ri ishlatilishi bilan ko‘pgina tashkilotlarning ishonchli xavfsizlik darajasini ta’minlashi mumkin. Shunday bo‘lsada, parollarni haqiqiylikni tekshirishning eng zaif vositasi deb qaraladi. Parol oson yodga tushishi uchun uni oddiy nomlashadi (telefon raqami, mashina raqami, tug‘ilgan kuni sanasi, sport komandasi nomi va shu kabilar). Biroq oddiy parolni topish qiyin emas, ayniqsa foydalanuvchining yaxshi ko‘radigan narsalarini bilgan hollarda. Hujjatlarda ko‘rsatilgan standart ko‘rsatmalar bo‘lsa ham, ko‘pchilik hollarda parollar oldindan sir saqlanmaydi va ular o‘rnatilgandan biroz vaqtdan keyin ham ular almashtirilmaydi. Parol kiritayotgan paytda kuzatish mumkin. Ayrim paytlarda unga qarshi optik vositalar ishlatiladi. Parollar ko‘p hollarda hamkasblarga aytiladi, chunki parol egasini qandaydir vaqtgacha almashtirib turish zaruriyati tug‘iladi. Agar parol shifrlangan bo‘lsa, uni alfavit yordamida topish mumkin. Shunday bo‘lsada, quyidagi usullar parolli himoya ishonchliligini oshirishga imkon beradi: texnik cheklanishlar qo‘yish (parol juda qisqa bo‘lmasligi kerak, u harf, son, tinish belgilaridan tashkil topishi kerak va hakazo); parollar amal qilish sanasini va ularni almashtirib turishni boshqarish; parollar fayliga ruxsatni cheklash; tizimga omadsiz kirishlar sonini cheklash; foydalanuvchilarni malakasini oshirib borish; parollar generatori dasturlaridan foydalanish. Parol xesh-funksiyasining qo‘llanilish usuli: Hujjat yoki faylning o‘zida saqlanuvchi parolni kimdir bilib qolish imkoniyatini istisno qilish uchun ko‘pincha parollarning xesh-funksiyalari (hash) orqali amalga oshiriluvchi himoyaning birmuncha ishonchliroq usuli foydalaniladi. Xesh-funksiya parolni mahsus algoritm yordamida bir tomonlama o‘zgartirish natijasida hosil bo‘ladi, bunda, 50 ma’lumotlarning muayyan (ixtiyoriy) uzunlikdagi boshlang‘ich ma’lumotlar bloki uchun fiksirlangan uzunlikdagi unikal identifikator hisoblab chiqiladi. Parollarni xeshlash algoritmining o‘ziga xos xususiyati shundaki, parol xeshini (o‘zgartirishlar natijasini) bilgan holda boshlang‘ich ma’lumotlar blokini, ya’ni parolning o‘zini topib (hisoblab) bo‘lmaydi. Aslini olganda, parolni uning xesh funksiyasi orqali hisoblash, topish (teskari tomonlama o‘zgartirib chiqish) imkonining yo‘qligi, aynan shu bir tomonlama o‘zgartirib chiqish (ya’ni faqat bir tomonga) tushunchasidan kelib chiqadi. Ta’kidlab o‘tilganidek, parol uzunligidan qat’iy nazar, xesh-funksiya fiksirlangan uzunlikka ega bo‘ladi. Parolni bir tomonlama o‘zgartirib chiqish (xeshlash) algoritmlari soni ko‘p miqdorni tashkil etadi, chunki, bunday algoritmni mustaqil tarzda ishlab chiqish jarayoni unchalik qiyinchilik tug‘dirmaydi. Parol xeshlarining qo‘llanilishi parolni hujjatning o‘zida saqlash zaruriyatidan ozod qiladi. Ushbu joyda parol emas, balki, parolning xeshi saqlanadi. Foydalanuvchi hujjatdan foydalanmoqchi bo‘lsa, u parolni kiritadi, dastur esa uning xesh-funksiyasini hisoblaydi – agar u faylda saqlangan xesh funksiya bilan mos tushsa, parol to‘g‘ri kiritilgan bo‘ladi va fayldan foydalanishga ruxsat beriladi. Himoyaning ushbu usulini ham aylanib o‘tish unchalik qiyin emas. Birinchidan, hujjatning o‘zida, tegishli utilita (kichik dastur)lar yordamida boshlang‘ich xesh funksiyani oldindan ma’lum bo‘lgan parolning xesh- funksiyasiga almashtirib qo‘yish mumkin. Bundan keyin esa oldindan ma’lum bo‘lgan parol orqali hujjatga kirib, undan tegishlicha foydalanishimiz mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan, himoyaning ushbu usulini qo‘llash jarayonida hujjat shifrlanmagan tarzda qolaveradi va hujjatni, u yaratilgan dasturda ochmasdan boshqa dasturda ochish orqali uning matnini bilib olish mumkin bo‘ladi. Uchinchidan, parolni barcha kombinatsiyalarni tanlov orqali qo‘yib chiqish yo‘li bilan aniqlab olish mumkin. Bunda himoyaning barqarorligi xesh- funksiyaning uzunligiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, agar xesh-funksiyaning uzunligi 32 bit bo‘lsa, bo‘lishi mumkin bo‘lgan xesh-funksiyalar soni = 4 294 967 296 51 taga tengdir va bu u darajada katta ko‘rsatkich hisoblanmaydi. Tabiiyki, bitta xesh- funksiyaga bir nechta parollar mos kelishi mumkin, shuning uchun xeshning bunday uzunligida kerakli parolni kombinatsiyalar orqali tanlab topib olish qiyin emas, chunonchi, topilgan parol foydalanuvchi o‘rnatgan boshlang‘ich parol bilan o‘zaro bir-biriga mos kelishi shart emas. Parol orqali himoyani shifrlash usuli. Parol orqali himoyani yana bir ko‘p qo‘llaniladigan usullaridan biri – fayl ichidagi barcha ma’lumotlarni simmetrik ravishda shifrlash hisoblanadi. Bu usulda ma’lumotlarni shifrlash uchun ham va shifrdan chiqarish uchun ham bitta maxfiy kalit ishlatiladi. Maxfiy kalit parol asosida hisoblab chiqiladi va shakllantiriladi. Bu holatda himoya algoritmi quyidagichadir: har bir shifrlangan hujjatda (faylda) ikkita nazorat ketma-ketligi tartibi saqlanadi. Birinchisi – ixtiyoriy tasodifiy ketma-ketlik, ikkinchisi – birinchi nazorat ketma-ketligini, parol asosida hisoblab chiqilgandagi shifrlash kaliti bilan birgalikda xeshlash natijasida hosil bo‘ladigan ketma-ketlikdir. Ya’ni, ikkinchi nazorat ketma-ketligi birinchi ketma- ketlikni shifrlash kaliti asosidagi xesh-funksiyasidir. Parol tekshirilganda shifrlash kaliti va nazorat ketma-ketliklarining bir-biriga mosligi aniqlanadi. Shunday tarzda, hujjatning o‘zida parol ham, maxfiy kalit ham ochiq holda oshkora saqlanmaydi. Hujjatda saqlanuvchi nazorat ketma-ketliklarini tashqariga olish va hatto almashtirib qo‘yish mumkin, lekin, bu amal maxfiy kalitni aniqlashga yordam bermaydi. Bundan kelib chiqadiki, hujjatni shifrdan ochishning iloji bo‘lmaydi. Shifrlash orqali parolli himoya algoritmi ancha bardoshli hisoblanadi va bunday himoyani yengib o‘tishning ilojisi yo‘q. Download 1.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling